Ataiyi, Sakkokiy, Lutfiy g‘azallari asarlari matni ustida ishlash


Download 141.1 Kb.
bet1/10
Sana20.06.2023
Hajmi141.1 Kb.
#1636051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atoiy Sakkokiy Lutfiy g\'azallari asarlari matni ustida ishlas. o\'zbek tili tarixi


Ataiyi, Sakkokiy, Lutfiy g‘azallari asarlari matni ustida ishlash.
XV asrning birinchi yarmida yashab o`tgan turkigo`y shоirlar adabiyot, san`at va madaniyatni bоyitishga munоsib hissa qo`shishgan. Alisher Navоyining ijоdiy takоmili, yuksak cho`qqiga ko`tarilishida ularning barakali ta`siri bo`lgan. O`z zamоnasida mashxur bo`lgan bu davr shоiralaridan Lutfiy, Haydar Xоrazmiy. Sakkоkiy, Gadоyi va bоshqalar qatоri Mavlоnо Оtоyining ham o`zbek g`azalchilik taraqqiyotiga, badiiy so`z san`ati ravnaqiga qo`shga hissasi e`tibоrga lоyiqdir.
Biz Оtоyi nоmini asоsan, Alisher Navоiyning "Majоlisun nafоis" hamda "Muxоkamat-ul lug`atayn" asralari оrqali bilardik, Оtоyining zamоndоshi bo`lgan Yusuf Amiriy ham uning nоmini "O`q va yoy" munоzarasida tilga оlib o`tadi. 1927 yilda rus sharqshunоsi A.N.Samоyilоvich Оltоyi devоnini tоpib, shоir haqida maqоla e`lоn qilgan. Shundan keyin A.Fitrat, H.Zarif, E.Rustamоv, Оybek, N.Mallaev, E.Ahmadxo`jaev va bоshqalar ham shоir haqida tadqiqоtlarini e`lоn qildilar.
1948 yilda nashr etilgan "O`zbek adabiyoti xrestоmatiyasi" ning I tоmida Оtоyi haqida qisqacha ma`lumоt berilib, jumladan shunday deyiladi: "Оtоyi Balx shaxridan bo`lib, qaysi yilda tug`ilib, qachоn vafоt etgani ma`lum emas. Uni Ulug`bek saltanatining so`nggi davrida va Abdullatif sarоyida (XV asrining birinchi yarmida) yashab ijоd etgan deb qaraydilar. Birоq Temuriylar sarоyidagi shоirlarni juda yaxshi bilgan German Vamberi (Vengriyalik mashxur sayyoh lingvist, оlim) Atоyini tilga оlmaydi...
Vahоlanki, shоir o`z g`azallaridan birida aytadi:
"Yuz Atоyi o`lgay erdi nоzaninlar zulmidin,
Bo`lmasa adli shahanshоh zоda xоn Abdullatif".
1959 yilda nashr etilgan 4 tоmlik "O`zbek adabiyoti”ning 1 tоmida esa quyidagi ma`lumоtni o`qiymiz. "Оtоyоi ijоdining barq urgan davri XV asrning birinchi yarmiga to`g`ri keladi. U bu davrni Samarqand, Hirоt va Balxda o`tkazgan. Оtоyi Tоshkent bilan Sayram оralig`idagi bir qishlоqdan bo`lib, nasab jihatdan Ahmad Yassaviy qarindоshi Ismоil оta avlоdlaridan bo`lganligini so`zlaydilar, Shоir taxallusining Оtоyi bo`lishi ham uning yassaviy tariqatini elga yoyuvchi so`fiylardan - ya`ni Mansur оta, Zangi оta, Sulaymоn Hakim оta, Anbar оta, Ibrоhim оta kabi mutasavvuf оtalar (atоlar оilasidan va guruxidan chiqqanligini tasdiqlaydi.
Atoyi G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara g'azallari o'rin olgan.
Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?
Vey, tishlari durri guharim, netti, ne bo‘ldi?

Ko'nglum kuyarindin sanga men pand berurmen,
Ey marhami jon-u jigarim netti, ne bo‘ldi?
Sen bor ekan o'zga kishiga nazar etsam,
Chiqsun bu mening diydalarim, netti, ne bo‘ldi?
Gah javr ila o'tur meni, gah noz ila, sendin
Haqqoki mening yo'q guzarim, netti, ne bo‘ldi?

Ey lu'bati Shirin, seni Farhod mengizlik,


Olamg'a yoyildi sevarim, netti, ne bo‘ldi?

Umrumni sening qullug'ungga sarf qilibmen,


Ey o'z qulidin bexabarim, netti, ne bo‘ldi?

Bir zarra chuchuk so'zni Atoyidin ayarsen,


Ey lablari shahd-u shakarim, netti, ne bo‘ldi?

Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi? Vey, tishlari durri guharim, netti, ne bo‘ldi? Ko'nglum kuyarindin sanga men pand berurmen, Ey marhami jon-u jigarim netti, ne bo‘ldi? Sen bor ekan o'zga kishiga nazar etsam, Chiqsun bu mening diydalarim, netti, ne bo‘ldi? Gah javr ila o'tur meni, gah noz ila, sendin Haqqoki mening yo'q guzarim, netti, ne bo‘ldi? Ey lu'bati Shirin, seni Farhod mengizlik, Olamg'a yoyildi sevarim, netti, ne bo‘ldi? Umrumni sening qullug'ungga sarf qilibmen, Ey o'z qulidin bexabarim, netti, ne bo‘ldi? Bir zarra chuchuk so'zni Atoyidin ayarsen, Ey lablari shahd-u shakarim, netti,

Аtoiy (Аtoyi) 15-asr Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan, turkcha va forchada ijod qilgan mumtoz shoir. Аlisher Navoiy «Nasoim ul-mahabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida shoir xususida quyidagi maʼlumotlarni yozadi:


«Mavlono Atoyi Balxda bo’lur erdi. Ismoil ota (Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o’g’li) farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O’z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so’zlovchilar) orasida ko’p shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim:
Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o’lturur,
G’oyati nozuklugindin suv bila yutsa bo’lur.
Qofiyasida aybg’inasi bor. Ammo Mavlono ko’p turkona aytur erdi.Qofiya ehtiyojig’a muqayyad ermas erdi. Qabri Balx navohisidadur…»
Atoyi devonining muqovasida va qo’lyozmaning oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» deb qayd etilishi ham Atoyini shayxlar oilasidan kelib chiqan deyishga asos beradi. Navoiyning xabar berishicha, Atoyi Ulug’bek saroyi shoirlari orasida ham bo’lgan.
Atoyi g’azalnavis — lirik shoirdir. Uning g’azallarida muhabbat mavzui bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha go’zalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May Atoyida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g’azallaridagi kabi hayot timsolidir.
Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid so’zlar ko’p. G’azallarini asosan aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, so’zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo’shiqlariga aylanib ketgan. Atoiy tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan.
Atoyidan 260 g’azalni o’z ichiga olgan devon bizgacha yetib kelgan. Taxminan 16-asrda ko’chirilgan devonning qo’lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi. Shoir g’azallaridan namunalar 1927 yilda A. N. Samoylovich tomonidan e’lon qilingan edi. (Chagatayskiy poet XV veka Atai. Zapiski kollegii vostokovedov. P. v`sh. 2. L., 1927)1948 yilda tuzilgan «Navoiy zamondoshlari» to’plamida Hodi Zarif uning 88 g’azalini nashr ettirdi. 1958 yilda esa Atoyi g’azallari devon holida chop etildi.
Shoir she’riyati haqida kengroq so’z yuritgan tadqiqotchilardan biri E. Rustamov (Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka. M., 1963) bo’ldi.Atoyi haqida shuningdek oliy o’quv yurtlari uchun tuzilgan darslik (N. Mallaev. Uzbek adabiyoti tarixi, T., 1963, 1965, 1976) va O’zbekiston FA Til va adabiyot instituti tomonidan chiqarilgan besh tomliklarda (O’zbek adabiyoti tarixi, 1- tom, T., (1977) maqolalar, ma’lumotlar kiritilgan.Shoir g’azallari «Tanlangan asarlar» (T., Uzadabiy nashr, 1958) dan olindi).

Sakkokiy g’azallari matni ustida ishlash.
Sakkokiy (XV asr) — turkiy shoir. Ismi, tugʻilgan va vafot etgan yillari nomaʼlum. XV asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movarounnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: „Turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bagʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur“ („Xutbai davovin“). Sakkokiy xalqining boy ogʻzaki ijodini, salaflari asarlarini puxta oʻrgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida koʻp ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat goʻzalliklarini tasvirlagan. Gʻazallarida maʼno va shakl birligini saqlab, soʻz oʻyinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. Bunday gʻoyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon boʻlgan. Sakkokiy oʻzbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulugʻbekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar va boshqalar) yozgan va zamonasining ulugʻ shaxslarini madh etgan. Qasidalaridan birida Ulugʻbekni xalqning mehribon hukmdori, maʼrifatparvar va buyuk olim sifatida ulugʻlaydi. Shunday maʼrifatparvar podshoh bilan zamondosh boʻlganidan faxrlanadi va: Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga, Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi, degan misralarini yozgan. Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy ijodiga ham katta taʼsir koʻrsatgan; oʻzbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Sakkokiy gʻazallarining oʻziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir gʻazallarining asosiy qahramoni oshiq, magʻshuqa va raqib timsollari. Shoir gʻazallari va qasidalari devon qilib toʻplangan boʻlsada, toʻliq nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Sakkokiy devoni Londonda, Britaniya muzeyida va Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 7685) saqlanadi.

Sakkokiy Sohibqiron Аmir Temur va temuriylar davrida yashab ijod qilgan shoirlardan biridir. Uning devoni qoʼl yozma holiday saqlanib qolgan. Shoir yozgan qasidalar uning qachon yashagani haqida maʼlumot beradi. Xususan, temuriyzodalar Xalil Sulton bilan Mirzo Ulugʼbekka bagʼishlagan qasidalari shoirning taxminan 14-asrning 70-80-yillarida tugʼilib, 15-asrning oʼrtalarida vafot etganidan maʼlumot beradi.
Аlisher Navoiyning “Majolisun nafois”da yozganidan boʼlak “Xutbai davovun”da ham Sakkokiy haqida shunday maʼlumotlarini qoldirgan: “…uygʼur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulagʼosidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiykim,birining shirin abʼyoti ijtihodi Turkistonda begʼoyat va birining latif gʼazaliyoti intishiori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud boʼlgʼay”.
Аlisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning oʼz zamonasida juda mashhur boʼlganini hamda sheʼriyatining xalq va ijod ahli orasida keng yoyilganini koʼrsatadi. Sakkokiy – adibning taxallusi. Uning nomi maʼlum emas. «Sakkokiy»ning maʼnosi «pichoqchi» demakdir. Bu adib shugʼullangan kasbga ishora. Sakkokiyning tugʼilgan va vafot etgan yillari maʼlum emas. Аmmo u yozgan asarlar orasida bir necha qasidalar mavjud. Bu qasidalar aniq bir tarixiy shaxslarga bagʼishlangan. Ular orasida Xalil Sulton, Аrslon Xoʼja Tarxon, Xoʼja Muhammad Porso va Ulugʼbeklar bor.
Maʼlumki, Xalil Sultonning hukmronlik yillari 1405–1409- yillarga toʼgʼri keladi. Аrslon Xoʼja Tarxon Аhmad Yugnakiyning«Hibat ul-haqoyiq» asarini koʼchirtirgan shaxs sifatida tarixda qolgan. Bu voqea 1444- yilda Samarqandda sodir boʼlgan edi. Mirzo Ulugʼbekning hayot sanalari esa 1394–1449- yillarga oid. Аgar qasida yozish ancha murakkab ish boʼlib, buning uchun muayyan ijodiy tajriba toʼplanishi zarurligini eʼtiborga olsak, Xalil Sultonga bagʼishlangan qasida yozilgan paytlarda (1405–1409- yillar) Sakkokiyning qalami anchagina charxlanganini his etish mumkin. Demak, Sakkokiy XIV asrning ikkinchi yarmida,ehtimolki oxirgi choragida tugʼilgan. Sakkokiy oʼzbek va fors-tojik tilidagi manbalarni puxta oʼrganib chiqqan, ulardan oʼz asarlarida ijodiy foydalangan. Аdib asarlarini mutolaa qilish jarayonida Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Muslihiddin Saʼdiy, Xoʼja Hofiz Sheroziy singari mashhur adiblardan ijodiy oziqlanganini his etish mumkin. Аmmo turkiy tilda yaratilgan asarlar Sakkokiy ijodiga kuchliroq taʼsir koʼrsatgan.
Аyniqsa, xalq ogʼzaki ijodi Sakkokiy ijodining gurkirab ketishida muhim omil boʼlgan. Sakkokiy – gʼazalnavis shoir. Uning gʼazallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati, oshiq qalb kechinmalari juda ustalik bilan tasvirlanadi. Аdibning Ulugʼbek haqidagi qasidasi ham mashhur. Qasidada Ulugʼbekning odil shoh, zakovatli inson sifatidagi qiyofasi mahorat bilan chizib berilgan. Bular Sakkokiyning oʼzbek adabiyoti uchun qoʼshgan munosib hissasidir.
Sakkokiy ijodi zamondoshlarimiz zavq-u ehtiromiga har doim sazovor boʼlaveradi. Аyni shu xislatlari bilan u ulkan tarbiya maktabi boʼlib ham qolaveradi.
XV asr birinchi yarmida yashab ijod etgan eng yirik shoirlardan biri Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida juda oz malumot saqlanib qolgan. Sakkokiyning oʻz devoni va Alisher Navoiyning „Majolisun-nafois“ va „Xutbai davovin“ asarlari, Shayx Ahmad Taroziyning „Funun ul-balogʻa“si uning yashagan davri, adabiy faoliyati va XV asr adabiy hayotida tutgan oʻrni haqida birmuncha malumot beradi. Shu bilan birga, shoir Yaqiniy oʻzining „Oʻq va yoy“ munozarasida Sakkokiyni „turk (oʻzbek) shoirlarining mujtahidi (gʻayratlisi)“ deb tariflab, uning bir baytini keltiradi. „Sakkokiy“ — shoirning taxallusi boʻlib, uning asl ismi malum emas. Sakkokiy soʻzi „sakkok“ (pichoqcha) soʻzidan olingan boʻlib, „iy“ shaxs oti yasovchi qoʻshimchasi bilan „pichoqcha yasovchi“ degan maʼnoni bildiradi. Binobarin, shoir hunarmand oilada tugʻilgan boʻlishi mumkin. Shayx Ahmad Taroziyning „Funun ul-balogʻa“ asari orqali oʻzbek adabiyoti yangi shoirlar nomlari, asarlari bilan boyib, koʻpgina ilmiy muammolar oʻzining yechimini topdi. Bu asar orqali biz qoʻlimizdagi qoʻlyozmalarda boʻlmagan Sakkokiyning bir necha baytlari, bir ruboiysi bilan tanishish sharafiga muyassar boʻldik. Yana bir muhim tomoni shundaki, bu asarda Mavlono Sakkokiy „Sayroniy“ nisbasi bilan tilga olingan . Biz tadqiqotlar jarayonida bu soʻzning maʼnosini izohlash uchun bir nechta manbalarni qaradik. Bu soʻzga yaqin „kezish“, „aylanish“ maʼnosini bildiradigan „sayr“ soʻzidan boshqa soʻzni topa olmadik. Sakkokiy qasidalaridan 4 tasi Mirzo Ulugʻbekning ishonchli amirlaridan biri, oʻsha vaqtdagi Turkiston shahrining shimolida mavjud boʻlgan Sabron viloyati hokimi Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan. Adabiyotshunoslar, jumladan, adabiyotshunos olim E.Rustamov Sakkokiyni maʼlum davr uning saroyida yashagan deb maʼlumot beradi. Qasidalardan birida sh oir mamduhga qarata, „boyqushlar uyi boʻlgan xarob Turkiston sizning muborak himmatingizdan bogʻi Eramga aylandi“, — deb, yana bir qasidasida „Turkiston eli oʻz xojasini topdi“, — deb lutf etadi. Demak, Turkistonning xarobligi, boyqushlar uyiga aylanganligi shoirni iztirobga solganligi, uni obod etgan amirni madh etishi bir tasodif emasga oʻxshaydi. Chunki, bu baytlarni vatani taqdiridan tashvishga tushgan, voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan kishigina yozishi mumkin.
Biz „Funun ul-balogʻa“ning A.Hayitmetov domla nashrga tayyorlagan varianti bilan kifoyalandik, mulohazalarni bayon etishda ham shu variantga tayanamiz. „Sayroniy“ soʻzi arab alifbosida — ﺳﻳﺭﺍﻧﻰ shaklida yozilsa, „Sabroniy“ soʻzi — ﺳﺑﺭﺍﻧﻰ shaklida yoziladi. Yaʼni, „yoy“ va „be“ harflarining 1ta nuqta hisobiga farqlanishini hisobga olsak, bu soʻz qoʻlyozmada notoʻgʻri yozilgan boʻlishi, yoki biror sabab bilan tushib qolgan, kirill alifbosiga esa „Sayroniy“ tarzida oʻgirilgan boʻlishi mumkin. Demak, shoir nafaqat, Sabronda maʼlum vaqt yashagan, balki, shu yerda tugʻilgan va shuning uchun ham Sabroniy nisbasi bilan atalgan. Sakkokiy devonida 810 hijriy, ramazon oyining Qadr kechasi — milodiy 1407, yanvar oyida Amir Temurning nabirasi podsho Xalil Sultonga (1405-1409) bagʻishlab yozilgan bir qasida boʻlib, unda:
Tarixqa sakkiz yuz dogʻi oʻn erdiyu qadr axshomi,
Bir oy tugʻuldi dunyoda kim mamlakatda xon erur.
degan misralar bor. Qasida janri, birmuncha, ogʻir, shoirdan barkamollik talab etadigan janr boʻlganligi sababli adabiyotshunoslar ushbu qasidani Mavlono Sakkokiy maʼlum ijodiy tajriba toʻplagan chogʻida, chamasi oʻttiz yoshlarida yozgan degan xulosani ilgari surishadi. Shoirning Xalil Sulton va Mirzo Ulugʻbeklarga bagʻishlagan qasidalarining badiiy jihatdan oʻta pishiqligi mazkur temuriyzodalar hukmronlik qilgan yillar Sakkokiy ijodiy faoliyatining eng choʻqqisi boʻlganligi anglashiladi. Uning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan bir qasidasidagi: „Falakqadro! Maning xud yoʻq hunardo fazlim, asrosang, Valekin piri ojizman, mani Tangri uchun asro“ baytiga nazar solsak, Mirzo Ulugʻbek hukmronlik qilgan davrda shoirning yoshi ancha ulugʻ boʻlganligini („piri ojiz“), shunday goʻzal qasidalar bagʻishlagan Mirzoning fojiali oʻlimi toʻgʻrisida biror narsa yozmaganligidan shoir 1449-yilgacha vafot etgan deya taxmin qilish mumkin. Sakkokiyning ijodi, xususan, Ulugʻbek hukmdorlik qilgan davrda (1409-1449) kamol topdi. Malumki, bu davrda Samarqand poytaxt sifatida barcha ilm va adabiyot ahlini oʻzida jamlagan edi. Sakkokiy mana shu shoirlar jumlasidan boʻlib, gʻazalnavislikda sanatkorlik mahoratini yaxshi egallab, oʻzbek qasidachiligining asoschilaridan biri boʻldi. Navoiy „Badoeʼ ul-bidoya“ devoni debochasida oʻzbek shoirlaridan Sakkokiy va Lutfiyning kitobxonlarga manzur boʻlib, shuhrat qozongani haqida bunday deydi: „Uygʻur iborati fusahosindin va turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda begʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur va devonlari mavjud boʻlgʻay“ .
Bizgacha Sakkokiy qasidalari va gʻazallari jamlangan devonining 2 ta notoʻliq, deyarli bir xil: Britaniya Muzeyida (taxminan XVI asr oʻrtalarida koʻchirilgan nusxa) 2079, Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan koʻchirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan. Shoir devonining toʻliq nusxasi haligacha topilmagan.
Sakkokiy XV asr qasidagoʻy shoirlar ichida eng koʻp qasidalari bizgacha yetib kelgan shoir boʻlib, Navoiy negadir shoirning qasidachilikdagi oʻrni, yoki qasidalari haqida hech narsa demagan. Bu holatni oʻsha davrda sodda, „turkona“ turkiy qasidalar yuksak badiiylikda yozilgan forsiy qasidalarning soyasida qolgan deb baholash mumkinmikan? Chunki, Navoiy oʻziga ustoz deb bilgan, har bir baytidan xabardor boʻlgan Lutfiyning 4 ta turkiy madh qasidasi bor ekanligi toʻgʻrisida ham biror narsa yozib qoldirmagan.
Sakkokiy devoni davr anʼanasiga binoan hamd va naʼt bilan boshlanadi. Avval qasidalar keyin gʻazallar tartiblanadi. Devonda 11 madh qasida: 1tasi Xoja Muhammad Porsoga, 1tasi Xalil Sultonga, 5tasi Ulugʻbek Mirzoga (keyingi yillarda adabiyotshunoslar shoirning „Keldi“ radifli qasidasi Ulugʻbek mirzoga emas, Shohrux sultonga bagʻishlangan degan fikrlarni ilgari surishmoqda. Ammo devonda ushbu qasida „Dar madhi Ulugʻbek mirzo…“ sarlavhasi bilan keltirilgan. Shuningdek, ikki qasida bir oʻrinda keltirilib, keyingi qasida sarlavhasiz boʻlganligi uchun bir necha yillar davomida 1ta hisoblanib, shoirning Ulugʻbek mirzoga bagʻishlangan qasidalari 4ta sanalib kelinar edi), 4tasi yuqorida tilga olingan Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan. Jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi.
1958 yilda adabiyotshunos olim Q.Munirov tomonidan nashrga tayyorlangan shoirning „Tanlangan asarlari“ ga 56 ta gʻazal, „Oʻzbek adabiyoti boʻstoni“ seriyasida nashr etilgan „Hayot vasfi“ kitobiga 55 gʻazal, har ikki nashrda ham „Keldi“ radifli qasidasi kiritilgan. Toshkent qoʻlyozma nusxasida ham Britaniya Muzeyi qoʻlyozma nusxasida ham 57 tadan gʻazal mavjud. „Mevlana Sakkaki divani“ da Toshkent qoʻlyozma nusxasining 41-42 betlari nima uchundir berilmay, 52 ta gʻazal sanalgan .
Toshkent qoʻlyozma nusxasi chiroyli va tushunarli xatda yozilgan. Ammo qoʻlyozmaning oʻzida xatolar mavjud. Shuning uchun juda koʻp koʻchirilgan nusxaga oʻxshaydi. Baʼzi oʻrinlarda soʻzlarni matn ichidagi maʼnosidangina anglash mumkin.
Shuningdek, devondagi sheʼrlardan tashqari, bir qator boshqa manbalarda Sakkokiyga nisbat berilgan gʻazallar, baytlar mavjud. Jumladan, „Mevlana Sakkaki divani“da Shayxzoda Abdurazzoq Baxshi tomonidan Sakkokiyga nisbat berilgan Sulaymoniya kutubxonasi, Ayosofiya boʻlimida 4757 raqam ostida saqlanuvchi bir majmuadagi 3 gʻazal matni keltirilgan. Ular „Ey zulfi zanjirim biror devonalarni yod qil…“, „Ey mening koʻnglumni zulfitek parishon aylagan…“, „Ey orizi bargi gulu vey qomati sarvi suman…“ matlaʼlari bilan boshlanadi.
Alisher Navoiy „Majolis un-nafois“da Sakkokiyga nisbat qilinadigan quyidagi matlaʼni keltiradi:
Ne nozu bu ne shevadur, ey jodu koʻzluk shoʻx-shang,
Kabki dariy, tovusda yoʻq, albatta, bu raftoru rang.
Bu matlaʼ, shuningdek, „gof“ harfi bilan yakunlanuvchi gʻazal ham har ikki nusxada mavjud emas. Yaqiniyning „Oʻq va yoy“ munozarasida keltirilgan "Yana Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididur, mening munosibi holimga aytur. Nazm:
"Jonim fido boʻlsun sening gʻamzang oʻqina nechakim, Har necha qoshing egmasi oʻqtek boʻyumni „yo(y)“ qilur" baytini ham „el olgan“ deyish mumkin. Shayx Ahmad Taroziy „Funun ul-balogʻa“ asarida Sakkokiyga nisbat berilgan quyidagi baytlarni:
Ey soching shaydo koʻngullarning savodi aʼzami, Halqa-halqa ruhning sarmanzalidur har xami …
Soldi kuygan koʻngluma ul englari gulnor nor, Boʻlmadi hargiz manga ul dilbari ayyor yor …
Boʻstonda gul yuzunggʻa oʻzni har dam oʻxshatib, Boʻlmish araq to gʻarqu hanuz infioli bor …
Sanuvbaroki, sening labingda muncha xavos, Kim ani soʻrsa balodin topar jahonda xalos …
Yuzung guli muzayyan etar husn bogʻini, Xoling savodi nahv qilur koʻz charogʻini …
Atlas erur saqollari, barcha bulutlari nasaj, Garchiki durru donadur ogʻzini ochsa toʻdasi …
Sarv ne had birla sarkashlik qilur qadding bila, Bilgurur maydon ichinda har kishining poyasi .
va quyidagi ruboiyni: Gul yuzungni koʻrsa bulbul dar chaman,
Kechib oʻz savdodisin boʻlgʻay chu man Lablaringgʻa teng tutar oʻzni aqiq Bilmasu behuda soʻzlar ul Yaman .
Keltiradi. Taroziy keltirgan shoirning faqatgina „Sarv ne had birla sarkashlik qilur qadding bila, Bilgurur maydon ichinda har kishining poyasi“ bayti bor gʻazal qoʻlyozmalarda mavjud xolos. Adabiyotshunoslikda turkiy qasidachilik anʼanasi bilan Mavlono Sakkokiyning nomi yonma-yon tilga olinadi. Chunki, shoir eng goʻzal va koʻp qasidalar yaratganligi bilan mashhurdir. Uning hamd qasidasi 22 bayt, naʼt qasidasi 24 bayt, Muhammad Porsoga bagʻishlangan qasidasi 21 bayt, Ulugʻbek Mirzo madhi deb berilgan „Keldi“ radifli qasidasi 34 bayt, "Tilor koʻnglum oʻzni solsavu boʻlsa zulfina lolo " misrasi boshlanadigan qasidasi 26 bayt, „Keldi maymunu humoyun iydi olam boʻldi shod“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 21 bayt, „Necha qilgʻoy koʻngul mulkin asir ul turki gʻoratgar“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 41 bayt, „Sabo keldi safo birla, ketur, ey soqiy sahboni“ qasidasi 54 bayt, Xalil Sultonga bagʻishlangan qasidasi 30 bayt, Xoja Tarxonga bagʻishlangan „Rabeʼ keldiyu qildi jahonni shodu xurram“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 43 bayt, „Bu kun saharda keturdi anvid bodi sabo“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 43 bayt, „Ey falak, charx urgil, iqbol oldi yuzindin niqob“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 36 bayt, „Nedur ul koʻzakim aning ichra bor obu hayot“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 12 bayt, jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi.
Navoiyga qadar devon tuzishda janrlar tartibi arab devonchiligi singari asosan qasidalar bilan boshlangan. Xususan, Sakkokiy devoni ham qasidalar bilan boshlangan. 22 baytlik sarlavhasiz hamd qasida devon boshida keltirilgan. Shu kunga qadar shoirning hamd va naʼt qasidalari boshqa qasidalari qatoriga qoʻshilmagan. Yaʼni, shoirning 11 ta qasidasi mavjud deb hisoblangan. sheʼrni Taroziyning „oʻn navʼ“ (qasida, gʻazal, qitʼa, ruboiy, masnaviy, tarjeʼ, musammat, mustazod, mutavval, fard), deb uning har qaysisida agar Tangri azza va jallaga hamd aytsalar, oni tavhid derlar. Va agar Muhammad Mustafo alayhissalot vas-salomni vasf qilsalar, naʼt derlar, agar Tangri hazratinda tazarruʼ qilsalar, munojot oʻqurlar… degan fikriga tayansak va Sakkokiyning hamd (22 bayt), naʼt (24 bayt) qasidalarida shoirning falsafiy, diniy-tasavvufiy va insonparvarlik qarashlari ham oʻz aksini topganligini hisobga olib, adabiyot nazariyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda shoir qasidalari 11ta emas, 13ta deb hisoblashga asos boʻla oladi. Yangi nashrga shoirning qasidalarini ham kiritdik. Shoirning „Keldi“ radifli qasidasi haqida munozarali fikrlar mavjud. Adabiyotshunoslar ushbu qasida Ulugʻbek mirzoga emas, Shohrux Sultonga bagʻishlangan degan fikrni ham ilgari surmoqda. Xususan, K.Ergashev „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasining 1997 yil 25 iyul sonida „Qasida kimga bagʻishlangan?“ sarlavhali maqolasida bu haqda jumladan, shunday deydi: "Bu fikr dastlab sharqshunos olim Ye. E.Bertels tomonidan ilgari surilgan boʻlib, u oʻzining „Temuriylar davrida turkiy sheʼriyat“ nomli tadqiqotida ushbu qasidaga Ulugʻbekka bagʻishlangan asar sifatida toʻxtalib oʻtgan edi. Keyinchalik bu fikr boshqa adabiyotshunoslar tomonidan qabul qilindi va shu kunga qadar yuqoridagi qasida… „Ulugʻbek madhi“ degan sarlavha ostida berilib kelinyapti".
Avvalo taʼkidlash lozimki, qasida devonda „Dar madhi Ulugʻbek Mirzo navvarallohu marqadahu“ sarlavhasi bilan berilgan. Bu balki kotiblar xatosi bilan boʻlgandir. Yana bir jihat borki, qasida Shohrux sultonga bagʻishlangan degan fikr uygʻotadi. Bu ham boʻlsa, qasidada shoir mamduhga „Nabitek sharʼiy ishingda…“, „Malaktek zuhdu toatda ishingni muntaho qilding“, „dinning qoʻrugʻidur sharif zoting“, „kishvarkushoy“, „getiysiton“, „shahi sohibqiron“ kabi gap va birikmalar bilan murojaat etadi. Maʼlumki, Shohrux Sulton islom shariatini, din ishini mahkam tutgan, dunyoni zabt etishga loyiq kuch-qudrati boʻlgan, yaʼni sohibqiron podshohlardan edi. Ulugʻbek mirzo esa birmuncha dunyoviy ilmlar bilan shugʻullangan, olim podshohlardan edi.
Sakkokiyning mirzoga bagʻishlangan qasidalarida shoir mamduhga nisbatan „Mugʻis ud-dinu vad-dunyo“, "Din qaviy boʻldiyu boʻldi bidʼat ahligʻa roshod ", „Qilur din ishini ravshan, Bihishti soni(y) dunyoni“ kabi birikmalarni ishlatadiki, ushbu oʻxshatishlarni qiyoslasak, Shohrux sulton din homiysi, dunyoni zabt etuvchi jahongir podshoh sifatida, Ulugʻbek mirzo esa din va dunyo homiysi, diniy va dunyoviy ishlarni baravar yuritgan olim podshoh sifatida koʻrinadi. Ammo matn va manba yuzasidan qarasak, qasidani Ulugʻbek mirzoga bagʻishlangan deb hisoblashimiz zarur.
Qoʻlyozma nusxada xatoliklar tufayli „Keldi“ radifli qasidasining quyidagi
Raʼiyat qoʻy erur, sulton anga choʻpon, yogʻiy boʻri, Boʻri oʻlgoyu qoʻy tingoy, chu Musotek shubon keldi.
bayti, barcha nashrlarda, xususan, 1988 yil Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr etilgan „Hayot vasfi“ kitobida „Raʼiyat qoʻy erur, sulton anga choʻpon, yo boʻri“ shaklida berilgan . Bizningcha, birinchidan, shoir, misrada uch narsa: „xalq“, „sulton“, „dushman“ni uch narsaga: „qoʻy“, „choʻpon“, „yogʻiy“ga oʻxshatsa (bu keyingi misrada ham aniq berilgan), ikkinchidan, „… yo boʻri“ shaklida vazn talabi buziladi. Yaʼni „yo“ — bir boʻgʻin, „yogʻiy“ — ikki boʻgʻinli soʻz. Shuning uchun ham nashrda „yogʻiy“ shaklida berdik. Devon tartibi boʻyicha soʻnggi qasida Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan boʻlib, 11 baytlik lugʻz nasib bilan boshlanadi. Unda shoir mamduhni obi hayot bilan toʻla koʻzaga qiyos etib, qandu nabot undan hasrat suvini yutadi, oti goʻzal, zoti goʻzal, jismi nozik, vasfi xushdir, unga bu ismu jismu vasfi zot loyiqdir deydi. U ot emas, ammo, undan yaxshi urugʻ tugʻar, u qush emas, nima uchundir barcha aʼzosi qanot, u agar shirin soʻzidan bir ogʻiz bayon etganini eshitgan kishi qandu shakarga iltifot qilmaydi deydi. Soʻnggi ikki baytda bu muammoning javobi chiqariladi: Shakli sheʼrini muammodir aning mushkul base, Tabtek shahkarlikindin ochlur ushbu mushkilot. Odil Arslon Xoja Tarxon dinu dunyo lazzati, Sharʼu din jinsi erur, ul jism ichra bu hayot.
Qasida shu yerda uzilib qolgan. Yaʼni qasidaning nasib va gurezgoh qismi bor, boshqa qismlari yoʻq. Keyingi sahifadan gʻazallar keltirilgan. Devonlarda gʻazallar „Kunilarmen“ radifli biror sabab bilan matlaʼsi tushib qolgan gʻazal bilan boshlanib, „Ey labung eglik koʻngullarning davou marhami“ misrasi bilan boshlanuvchi gʻazal bilan tugaydi. Devonda 2 ta „nun“, 15 ta „hoyi havvaz“, 40 ta „yoy“ harflari bilan tugallanuvchi, jami 57 gʻazal mavjud. Toshkent qoʻlyozma nusxasida Britaniya nusxasidan farqli ravishda „Sochingdin nofa doim kin ichinda“ deb boshlanuvchi gʻazalning soʻnggi 2 bayti, „Ey bodi sabo, bizdin ayit yor qoshinda“ deb boshlanuvchi gʻazalning soʻnggi toʻrt bayti yoʻq. Sakkokiy g‘azallarida keltirilgan ko‘pgina badiiy tasvirlar v a o‘xshatmalarni Ali-sher Navoiy, Bobur va boshqa shoirlarning g‘azallarida ham uchratish mumkin. Sakkokiy faqat lirik sheʼrlar yozish b-n chek-lanib qolmay, yuqorida aytganimizdek, go‘zal qasidalar yozgan va bu qasidalar u yashagan, ijod etgan davrdagi ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Sakkokiy ajoyib lirik sheʼrlar va betakror qasidalar ijod etgan hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining ravnaq topib, gullab-yashnashiga maʼlum hissa qo‘shgan buyuk shoirlardan biri sifatida tarixda muhrlandi.[1] Mavlono Sakkokiy Alisher Navoiyga qadar ijod etgan shoirlarning eng mashhuri boʻlib, bizgacha yetib kelgan kam miqdordagi, ammo badiiy jihatdan yuksak sheʼriy merosi (13 qasida, 60 gʻazal) ning oʻzi ham uning naqadar ulugʻ shoir boʻlganligini tasdiqlaydi. Shoir nafaqat gʻazalchilikda oʻz ovoziga ega boʻlgan, balki turkiy qasidachilikning ilk goʻzal va mukammal namunalarini yaratgan shoir sifatida ham mumtoz adabiyotimiz tarixida nom qoldirgan ijodkorlardandir.


Download 141.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling