Atamalar Missionerlik tushunchasi. Prozelitizm tushunchasi. Izohlar


Download 24.25 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi24.25 Kb.
#220878
Bog'liq
Atamalar


Atamalar

  1. Missionerlik tushunchasi.

  2. Prozelitizm tushunchasi.

Izohlar

Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos. 13—16-asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (15—16-asrlar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻz taʼsiri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda Diniy targʻibot kongregatsiyasini taʼsis etdi.Missionerlik 19-asrda faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va oʻz mamlakatlarining siyosatini oʻtkazishga yordam berdilar. Bugungi kunda missionerlar dunyodagi barcha mamlakatlarda faoliyat yuritadilar. Konkret mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishga harakat qilish zamonaviy missionerlikning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Zamonaviy missionerlikni, belgilangan maqsadlarning mohiyatidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruhga missionerlikni o‘ziga xos biznesga, shaxsiy boyish manbaiga aylantirgan tashkilotlarni kiritish mumkin. Bunday tashkilotlar asoschilari e’tiqod qiluvchilar sonini ko‘paytirish orqali ularning mulki va boyligiga egalik qilish va shu yo‘l bilan o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash va kengaytirishdek maqsadlarni ko‘zlaydilar. Zamonaviy sektalarning mutlaq ko‘pchiligini shu guruhga kiritish mumkin.
Ikkinchi guruhga missionerlikdan siyosiy qurol sifatida foydalanayotgan tashkilot va uyushmalarni kiradi. Bunday guruhlar ortida muayyan hududlarga nisbatan o‘zining aniq geosiyosiy rejalariga ega bo‘lgan davlatlar va siyosiy kuchlar turadi.

Missionerlar o‘z maqsadlariga erishish uchun xilma-xil va turli davrlarga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqqanlar. Xristian nazariyotchilaridan biri Luis Bush xristian missionerlari alohida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan hudud – shimoliy kenglikning 10 va 40-parallellari orasida joylashgan, deb hisoblab, uni “10/40 OYNA”, deb atagan edi. Ushbu parallellar orasi esa buddaviylik, konfutsiychilik, hinduiylik, islom, sintoizm va daosizm dinlari keng tarqalgan hududlar hisoblanadi. Bu hududda Osiyoning 40ga yaqin, Afrika qitasining 20dan ortiq davlati joylashgan. Zamonaviy geosiyosatchilar ushbu hudud yirik davlatlar uchun hayotiy-amaliy va geostrategik ahamiyatga ega ekanini qayd qiladilar. Holbuki, din milliy manaviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni taminlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida o‘nlab yillarga orqada qolib ketayotgani esa afsuslanarlidir.



Oʻzbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonuni 5-moddasiga koʻra, Oʻzbekistonda har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.

Prozelitizm-yunon tilidagi “proselitizm” so‘zidan olingan bo‘lib, “kelgindi, bir joydan boshqa joyga ko‘chuvchi”, “o‘zining diniy e‘tiqodidan boshqasiga o‘tuvchi”, “to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron-bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilish”ni anglatadi.



Bugungi kunda prozelitizm harakati g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur harakat dunyo miqyosida din va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi keskinlik va qarama qarshiliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘layotganligi tobora oydinlashmoqda. Bu esa, g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘layotgan prozelitizm to‘g‘risida jiddiy fikrlashni taqozо etmoqda. Zero, mazkur harakat aksariyat hollarda turli din va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikka nifoq solish orqali diniy adovatlarga zamin yaratmoqda. Bu haqda fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda. Аna shunday murakkab vaziyatda mamlakatimizda turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash biz uchun borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda”,- deya taʼkidlagani ayni haqiqatdir. Аynan, prozelitizm harakati tufayli jahonda milliy va diniy adovatlarni avj olishi diniy asnodagi urushlarni vujudga keltirmoqda. Natijada, mazkur holatlar dunyo miqyosida bir qator salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda.
Download 24.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling