Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi Atamaning ingliz tilida nomlanishi


Korxonaning innovatsion salohiyati


Download 20.93 Kb.
bet6/7
Sana27.03.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1300964
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
glossariy

Korxonaning innovatsion salohiyati

Innovation capacity of enterprise

Иннавацион потенциал предприятия

qurilish tashkiloti va korxonasining yangiliklarni joriy qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatning samaradorligini oshirish maqsadida korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari bilan (quyi tizimlarning sifati hamda tashqi va ichki aloqalarning sifati bilan) belgilanadigan rivojlanish qobiliyati. Korxonaning innovatsion salohiyati tashkilotning ichki innovatsiya jarayonidagi barcha bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf me’yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi

Innovatsiya jarayoni

Innovation process

Инновационные процесс 

 yangilik g‘oyasini rivojlantirishdan uning pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo‘lgan mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy-texnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish jarayonidir. Innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud - yangilikni yaratish, uni o‘zlashtirish, tarqatish, takomillashtirish va undan foydalanishni to‘xtatish.

Mehnatning intensivligi

Intensive of labor

Интенсивная труда

 jismoniy, ruhiy va aqliy energiyaning vaqt birligidagi sarflanish darajasi; ishchining sifatli va to‘laqonlik natijaga erishish uchun ketgan vaqt oralig‘ida sarflagan mehnat miqdorida ifodalanadi. Mehnat intensivligi oshgan sari ishlab chiqariladigan tovarlar miqdori ham ortib boradi, mahsulot birligining qiymati esa o‘zgarmaydi. Mehnatning intensivlik darajasi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Mehnatning normal intensivligi ish vaqtidan samarali foydalanish, mehnatning qat’iy reglamentlashtirilishi va me’yorlashtirilishi, uni muhofaza qilishning takomillashuvi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilish, mehnat va hordiqning optimal rejimlariga asoslanadi.

Infratuzilma

Infrastructure

Инфраструктура

iqtisodiy tizimning umumiy tuzilishining yordamchi xarakterga ega bo‘lgan va ushbu tizimning umumiy faoliyatining bir maromda borishini ta’minlovchi tarkibiy qismi. Masalan, qurilish tizimining asosini qurilish tashkilotlari va ularning turli moddiy-texnik resurslari bilan ta’minlangan quvvatlari tashkil qilsa, butun tizimning o‘zduksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun kommunikatsiyalar (transport, aloqa, elektr o‘zatish liniyalari va boshqa energiyani qayta ishlash tizimlari), qurilish tizimi ishchilari uchun shart-sharoitlar (uy-joy-kommunal xo‘jaligi, savdo ta’minoti, tibbiyot va madaniyat muassasalari va hokazolar), maorif va kasbiy ta’lim tizimlari zarur. CHekka viloyatlarning rivojlanmaganligi qurilishning smeta qiymatini aniqlashda hisobga olish kerak bo‘lgan harajatlar miqdorining ko‘payib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, o‘zoq shimol mintaqalarida qurilish statsionar yo‘llar mutlaqo mavjud bo‘lmagan sharoitlarda olib boriladi, bu esa qimmatbaho qurilish materiallari va konstruksiyalarining mavsumiy zahiralarini to‘plashni, shuningdek, aviatsiya texnikalaridan foydalanishni talab qiladi, natijada transport harajatlarining o‘zi qurilish materiallarining narxidan ortib ketadi.


Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling