Atandosh vatandin yaxshi yor bo‘lmas!


Download 480.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.02.2017
Hajmi480.82 Kb.
#43
1   2   3   4   5   6

Behzod MAMADIYEV

“KELAJAK OVOZI-2011” 

YOZGI O‘QUV OROMGOHI 

UCHUN ARIZALAR QABU-

LINI BOSHLADI

“Kelajak ovozi” matbuot xizmatining xabar berishicha, an’anaviy tarzda har 

yili 7-21-iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida tashkil etiladigan “Kelajak ovozi” 

Yozgi o‘quv oromgohida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlangan. Yozgi 

oromgoh Fond Forum va “Kelajak ovozi” Yoshlar tashabbuslari markazi hamda 

Britaniya kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning aholishunoslik 

Jamg‘armasi ishtirokida tashkil etilmoqda. Arizalar 2011-yilning 20-mayidan 

10-iyuniga qadar “Kelajak ovozi” YoTM bo‘limlarida hamda kelajakovozi.uz@

gmail.com elektron manzili orqali qabul qilinadi. 

Har yili “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazining eng faol a’zolari 

yozgi o‘quv oromgohi doirasida mamlakatimiz va xorijning yetakchi murabbiylari 

bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishadi. Ular bu yerda ta’lim, sport va madaniy 

tadbirlarda qatnashish, do‘stlar orttirish, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalar olish, 

o‘z iste’dodlarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ladilar. Yozgi o‘quv oromgohi 

loyihasini qo‘llab-quvvatlayotgan yoshlar tashkilotlari safi da Britaniya kengashi-

ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning aholishunoslik Jamg‘armasi, 

Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi JICA, Koreyaning xalqaro hamkorlik 

agentligi KOICA, UN Volunteers, BMTning UNODC giyohvand moddalar na-

zorati agentligi, Korean Internet Volunteers Program, DVV International, Nagoya 

(Yaponiya) hamda Westminster (Buyuk Britaniya) Universitetlari, Singapurning 

Toshkentdagi menejmentni rivojlantirish instituti va boshqa xalqaro tashkilotlar 

bor.


Bu yilgi yozgi o‘quv oromgohida nafaqat YoTM a’zolari balki, Fond Forum va 

“Kelajak ovozi” YoTM faoliyatiga befarq bo‘lmagan oliy o‘quv yurti talabalari ham 

ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar (18 yoshdan 25 yoshgacha) talabalik davrida faol bo‘lish bilan 

birga, maxsus ishtirokchi anketasini to‘ldirishlari va tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari 

(№086 forma) talab etiladi. 

Anketa ma’lumotlariga ko‘ra saralab olingan nomzod keyingi bosqich - suh-

batda qatnashadi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchi-

lar “Kelajak ovozi-2011” yozgi o‘quv oromgohiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 

To’ldirish uchun anketalarni www.kelajakovozi.uz saytidan topishingiz mumkin.



V

ATANDOSH

14

5-son, 1-iyun, 2011-yil

www.vatandosh.com, www.vatandosh.uz

HAYOT SABOQLARI

Yaqinlaringizni eshita olasizmi? Bu  

savol sizga biroz g‘alati tuyulishi mum-

kin. Aniqki, javobi: “Albatta eshi 

ta 


olaman” bo‘lishi ham ehtimoldan xoli 

emas. 


Menga ham bu savolni bir qancha 

vaqt avval berilganda, tasdiq javobini 

bergan bo‘lardim. Ammo... birgina 

qo‘ng‘iroq meni bu savolga boshqacha 

qarashga majbur qildi. 

Telefon jiringlardi. Go‘shakni ol-

ganimda telefon ortidagi ovoz yaqin in-

sonimning olamdan o‘tganiligi xabarini 

berdi. Hafta oldin ko‘rishgan amakim-

ning ko‘rinishi kasalga o‘xshamagandi 

yoki biror o‘limni xabarini beradigan 

holatda ham emasdi. 

— Nimaga o‘ladi? — deya oldim, xo-

los. 


Telefon ortidagi ovoz piqqilab 

yig‘lab yubordi. Mening bu savolim 

xuddi uning o‘limga haqqi yo‘qday ja-

rangladi. Iztirob chuqurmidi yoki hali 

ham gap nimada ekanligini anglab 

yetmadimmi, qalbim bu xabarga isho-

nishdan bosh tortardi.

— U o‘zini o‘zi osib qo‘ydi, — go‘shak 

yer sari uchdi. 

Xayolimda qolgan oxirgi nuqta bu 

tushayotgan go‘shak. O‘zimga kelga-

nimda bu xabarni yangidan eshitib 

yodga olishimga to‘g‘ri keldi. “Nimaga, 

nimaga axir o‘zini o‘ldiradi”, degan 

savol meni tinch qo‘ymasdi. 

Ammo ba’zan vaziyat bizni bu o‘y-

xayollarni chetga surib, yana yashash-

da davom etishga majbur qiladi. Maro-

simlar tugab hamma uy-uyiga tarqadi. 

Men va amakimning ayoli o‘z dardu 

alamimiz bilan yaqinda janoza o‘qilgan 

uyda yolg‘iz qoldik. Bu yerdagi hamma 

narsa amakimni eslatardi. Eng alam-

li xotiralar azobini o‘lgan insonning 

narsalari yodga soladi.  

— Keling, rasm ko‘raylik, — dedi 

yangam. Bu taklif menga g‘alati tuyul-

di. Axir o‘zi alami kuchayib turganda 

rasm ko‘rib uni eslash o‘n barobar 

azobli emasmi? 

— Xo‘p, hozir albomlarni olib kela-

man. 


…Nazarimda amakimdan baxt-

li inson yo‘q edi. Amakilarim ichida 

eng mehriboni, eng g‘amxo‘ri u edi. 

Ota-onam ajrashib ketganiga qara-

may, meni hech qachon yolg‘iz tashlab 

qo‘ymagandi. Ko‘cha-ko‘yda bir o‘zim 

yurganimni ko‘rib qolsa ham, urushgan 

bo‘lib uyga olib borib qo‘yardi. Shirin-

shakar uch o‘g‘ilning otasi edi. Buvim 

vafotlaridan keyin katta uyning begi 

bo‘lib yakka o‘zi oilasi bilan qoldi. Ayo-

li ham aqlli, farosatli, ikki hafta burun 

uchinchi farzandi dunyoga kelgandi. 

Axir nega? Nazarimda faqat baxtsiz 

odamlargina o‘z joniga qasd qiladi. 

— Yanga, nega unday qildilar? 

— Bilmadim, o‘ylab o‘yimga yeta 

olmayapman. Faqat o‘sha kuni g‘alati 

bo‘lib yurdilar. Qo‘shnilarnikiga chiqi-

shimni rosa yomon ko‘rardi. O‘sha kuni 

nimagadir, bor, biroz qo‘shnilarnikiga 

chiqib kel, uyda o‘tiraverib ham ezilib 

ketding, dedilar. Hayron bo‘ldim-u, 

ammo qo‘shnilarnikiga chiqib ketdim. 

Bir pasdan keyin jiyaningiz yugurib 

kelib, “Oyi, adam omborxonaga kirib 

ichkaridan qulfl 

ab oldilar. Eshikni 

ochmayaptilar”,  dedi. Biror ishi bor-

dirda, deb o‘yladim-u, ammo keyin 

ko‘nglim behuzur bo‘ldi. Yugurib 

keldim. Eshikni ochmadilar. Oxiri 

 eshikni buzib kirganimda osilib turgan 

oyoqlarini ko‘rdim. Kech bo‘lgan ekan. 

— O‘zi o‘lim va shunga o‘xshash 

mavzularda gapirmaganmidilar, oxirgi 

paytlarda? 

— Yo‘q, har doimgidek edilar. 

Narigi xonadan bola yig‘isi eshitildi. 

Kelinoyim bola yoniga chiqib ketdilar. 

Men esa o‘z xotiralarimni titkilay bosh-

ladim. Bir hafta oldin amakim bilan 

ko‘rishgan edik. Men ham ularda hech 

o‘zgarish sezmagandim. 

— O‘zingni ehtiyot qil, oyingni ayt-

ganlarini qil, — deya xayrlashgandi-

lar…

…Oradan ancha vaqt o‘tib, bir kuni 



amakimning do‘stlaridan birini ko‘rib 

qoldim. Ish bilan xizmat safariga ket-

gan ekan, amakimning ta’ziyasiga bora 

olmaganligini aytib uzr so‘radi. 

— Bilasanmi, senga amaking haqi-

da bir narsa aytaman. Esingda bo‘lsa u 

o‘limidan bir oy avval xizmat safariga 

borib kelgandi.

— Ha, esimda. 

— O‘sha xizmat safarida biz bir-

ga edik. O‘shanda u o‘zini poyezd-

da o‘ldirmoqchi bo‘lgan edi. Zo‘rg‘a 

to‘xtatib qolgandim. 

— Nega o‘shanda aytmadingiz 

buni? Nega hozir aytayapsiz, buning 

oldini  olish mumkin edi-ku, balki vas-

vasa bo‘lib qolgandirlar? — yonimda 

turgan bu kishiga borgan sari nafratim 

oshardi. 

— O‘shanda nimaga bunday qilay-

apsan, deganimda u og‘ir kasal ekan-

ligini aytgan edi. O‘sha xizmat safariga 

borganda o‘zini tekshirtirgan ekan, 

boshida o‘simta borligi, uzog‘i bilan 

3-4 oy yashashi mumkinligini aytish-

gan ekan. 

Boshimga gurzi bilan urishganday 

bo‘ldi. Gandiraklab ketdim. O‘shanda 

“Yaqinlaringni eshitishni bilasanmi?” 

degan savolga boshqacha qaradim. Na-

hotki, men ularni tinglashni, dardlari-

ga sherik bo‘lishni bilmadim? Nahotki, 

hayotlari xotimasini bunday mash’um 

o‘lim bilan emas, Xudo rozi bo‘ladigan 

alfozda kechirishlariga yordam berol-

madim?


Har bir onimiz shoshilish, shaxsiy 

ishlarimizni bitirish yoki turli bema’ni 

narsalarga vaqt sarfl ash bilan o‘tib 

ketmoqda. Biz hech kimning dardini 

tinglashga vaqt topa olmaymiz, chun-

ki nazarimizda o‘zimizniki o‘zimizga 

yetarlidek. Ammo oynai jahon ortida 

g‘am chekayotgan Gvadalupa-yu, Ray-

honlar, Aliya-yu, Morena Klaralar bilan 

birga qo‘shilib yig‘lashga, ular haqida 

soatlab gapirishga tayyormiz. 

Uchinchi ming yillikda yashayap-

miz. Bizga hamma narsani o‘rgatishadi: 

qanday ovqat pishirishni, qanday ki-

yinishni, qanday boy bo‘lishni va yana 

boshqa narsalarni. Ammo hech kim 

bizga sevishni, yaqinlarimizga mehr 

ko‘rsatishni, muhabbatimizni izhor 

qilishni o‘rgatmaydi. Faqat bizga sev-

gi va muhabbat qiz va yigit o‘rtasida 

bo‘ladigan arzon his deb tushuntiri-

shadi, xolos. Hech kim sizga onangizni 

quchib, “Onajon, menga tarbiya ber-

ganingiz uchun rahmat, sizni judayam 

yaxshi ko‘raman”, deyishni o‘rgata 

olmaydi. Buni anglab yetish, har xil 

bema’ni  fi krlarni ortga surib mana 

shularni farzandlarimizga tu shuntirib 

anglatishni, mana shu hislar bilan 

ularni ulg‘aytirishni nega hech kim 

o‘rgatmaydi? 

Farzandidan judo bo‘lgan ona 

“Shuncha yil uni deb kuydim, yon-

dim, ishladim. Hamma narsasi bo‘lsin, 

birovdan kam bo‘lmasin, deb kunni 

tunga uladim. Ammo uni yo‘qotgan 

kunim eng asosiy narsani qilmagan-

imni tushundim. Unga bu narsalarning 

hech biri kerak emas ekan. Faqatgina 

uni quchog‘imga olib,  “Bolajonim, seni 

judayam yaxshi ko‘raman”, deb ay-

tishim kerak ekan”, deya yig‘laydi. 

Savol so‘rab ona yoniga kelgan bola, 

“Yo‘qol, jonimga tegding”, degan dakki 

eshitadi. U kimdan o‘rgansin hayot-

ni? Oynai jahonda ko‘rsatilayotgan 

“Terminator”, yoki “Karib orollari 

qaroqchilari”danmi? Xo‘sh, qachon 

bizda yaqinlarimizni eshitishga vaqt 

bo‘ladi?


Madina ZARIF

YAQINLARIMIZNI 

ESHITA OLAMIZMI?

(Voqeiy hikoya)

V

ATANDOSH

15

5-son, 1-iyun, 2011-yil

www.vatandosh.com, www.vatandosh.uz

AMERIKA QO‘SHMA SHTAT-

LARI HUQUQIY TIZIMIDA 

FUQAROLARNING O‘RNI

Amerika Qo‘shma Shtatlarida ho-

kimiyatni boshqarish huquqi xalqdan 

olinadi. Mashhur ibora shuki, hokimi-

yat xalqdan tashkil topgan va xalqqa 

xizmat qiladi. AQShda hokimiyat organ-

larini fuqarolar shakllantiradi va ushbu 

organlarning siyosatini belgilash 

da 

fuqarolar faol ishtirok etadi. Shu ning 



uchun  fuqarolar muhim jamoaviy 

muammolar haqida ma’lumotga ega 

bo‘lishi va o‘z shtat, okrug va shaharlari 

siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari 

lozim. Fuqarolar erkin saylovlar yo‘li 

bilan ovoz beradi va prezident, vitse-

prezident, senatorlar va vakillik pala-

tasi a’zolari singari muhim davlat xiz-

matchilarini saylaydi. Barcha fuqarolar 

ular tomonidan saylangan mansabdor 

shaxslarga o‘z munosabatini bildirish, 

ma’lumot talab qilish va tegishli savol-

lar yuzasidan yordam olish huquqiga 

ega. 


Davlat boshqaruv shakli bir necha 

muhim prinsiplar (qadriyatlar)ga asos-

lanadi: erkinlik, imkoniyatlar, tenglik 

va odillik. Amerikaliklar bu qadriyat-

larni yaxshi biladi va bu qadriyatlar 

fuqarolik jamiyati hissini shakllanti-

rishga xizmat qiladi.

AQSh davlati har bir fuqaroning 

huquqlarini himoya qiladi. Bu davlat 

kelib chiqishi turli bo‘lgan hamda turli 

madaniyat va dinga ega fuqarolardan 

tashkil topgan. Davlat hokimiyati or-

ganlari va qonunlar shunday quril-

ganki, turli kelib chiqishga ega va turli 

madaniyat va diniy qadriyatlarga er-

gashuvchi odamlar bir xil huquqlarga 

ega. Hech kim ko‘pchilik fi kri va mu-

nosabatidan farqli bo‘lgan shaxsiy fi kri 

yoki munosabati uchun qiynoqlarga 

solinishi yoki javobgarlikka tortilishi 

mumkin emas. 

XALQDAN TASHKIL TOPGAN 

VA XALQQA XIZMAT QILA-

DIGAN XALQ HOKIMIYATI – 

DEMOKRATIYA NIMA?

“Demokratiya” so‘zi xalq hokimiyati 

degan ma’noni bildiradi. Turli davlat-

larda demokratiya turli ko‘rinishlarga 

ega. AQShdagi demokratiya “vakillik 

demokratiyasi” deyiladi. Bu esa xalq o‘z 

nuqtai nazar va maqsadlarini aks ettir-

gan mansabdor shaxslarni hokimiyat 

organlariga saylashini anglatadi. 

“AMERIKA QO‘SHMA SHTAT-

LARI” NOMLI DAVLAT QANDAY 

BOSHLANGAN?

Bo‘lajak Amerika Qo‘shma Shtatlari 

hududiga kelgan ilk koloniyachilar va 

kelgindilarning ko‘pchiligi o‘z davlat-

larida nohaq munosabatda bo‘lingan, 

ayniqsa diniy tazyiqlarga uchragan qo-

choqlar edi. Ular erkinlikka va yangi 

imkoniyatlarga intilishgan. Hozirgi 

kunda ham ko‘plab odamlar aynan shu 

sabablar bilan AQShga keladi.  

Alohida va mustaqil davlat 

bo‘lishidan oldin Amerika Qo‘shma 

Shtatlari hududi Buyuk Britaniya 

boshqaruvidagi 13 ta koloniyadan 

iborat edi.  Koloniyalarda istiqomat 

qiluvchilar qonunlarni qabul qilish 

va boshqaruv organlariga saylovlarda 

qatnashish huquqidan mahrum edi. 

Ular, ayniqsa, vakolatsiz soliq majburi-

yatlariga qarshi edi. Odamlar soliq 

to‘lashga majbur, ammo jamiyatni 

boshqarish usullariga ta’sir o‘tkazish 

huquqiga ega emas edi. 

1776-yilga kelib ko‘pchilik bun-

day tuzim adolatsiz ekanligini va o‘z 

mamlakatlarini o‘zlari boshqarishi 

kerak ekan 

ligini anglab yetdi. Shu 

yili koloniyalar vakillari “Mustaqil-

lik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi.  Bu 

muhim hujjatda koloniyalar erkin va 

mustaqil hamda Buyuk Britaniyaga 

kamroq bo‘gliq ekanligi e’lon qilingan 

edi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” Tomas 

Jefferson tomonidan yozilgan. Keyin-

chalik esa Tomas Jefferson Amerika 

Qo‘shma Shtatlarining uchinchi prezi-

denti bo‘ldi. 



SIZ NIMALAR QILISHINGIZ 

MUMKIN?

Agar siz AQShda doimiy yashash 

huquqiga ega bo‘lsangiz, fuqarolarga 

berilgan ko‘plab huquq va erkinliklarga 

ega hisoblanasiz. Ayni paytda bir qator 

majburiyatlaringiz ham bor. Muhim 

majburiyatlardan biri bu o‘z (tuman) 

shahar jamoaviy hayotida ishtirok 

etish. Shuningdek, amerikacha hayot 

tarzi, bu davlat tarixi va davlat qurili-

shi haqida bilishingiz lozim. Turli kurs-

larda tahsil olib yoki mahalliy mat-

buotni o‘qib bunday ma’lumotlarga ega 

bo‘lishingiz mumkin. 



AMERIKA HAQIDA YAXSHI 

BILAMIZMI?

AMERIKA HUQUQI



DASTLABKI O‘N UCH 

KOLONIYA

AQShdagi ilk o‘n uch kaloniyaga 

quyidagi tartibda asos solingan edi:

Virjiniya, Massachusets, Merilend, 

Konnektikat, Rod-Aylend, Delaver, 

Nyu-Hempshir, Shimoliy Karolina, 

Janubiy Karolina, Nyu-Jersi, Pensilva-

niya va Jorjiya.

“Mustaqillik Deklaratsiyasi” 

1776-yil 4-iyulda imzolangan. Shuning 

uchun ham har yili 4-iyul Mustaqillik 

Kuni – AQSh davlatining tug‘ilgan kuni 

sifatida nishonlanadi. 

AQSh o‘z ozodligi va mustaqilligi 

 uchun Buyuk Britaniyaga qarshi kurash 

olib bordi. Amerika qurolli kuchlarini 

urush davomida general Jorj Vashing-

ton boshqardi. Jorj Vashington “Asos-

chi Otalar”ning biri sifatida mashhur. 

Keyinchalik Jorj Vashington Amerika 

Qo‘shma Shtatlarining birinchi prezi-

denti bo‘ldi.

Koloniyalar urushda g‘alaba qozon-

gach, ular shtatlarga aylandi. Har bir 

shtat o‘z boshqaruviga ega edi. Ushbu 

shtatlar aholisi shtatlarni yagona dav-

lat ostida birlashtirib, yangi boshqaruv 

shaklini yaratishni xohlashdi. Bugun-

gi kunda bunday boshqaruv federal 

boshqaruv deyiladi. Amerika Qo‘shma 

Shtatlari 50 shtatdan,  Kolumbiya 

federal okrugi (federal hokimiyat or-

ganlari joylashgan alohida hudud) va 

Guam, Sharqiy Samoa va Virjin orol-

lari hamda Shimoliy Marian orollari va 

Puerto-Rikodan tashkil topgan.



Kelgusi sonda:  Amerikada ho-

kimiyat qanday ishlaydi?

Dilorom ABDULLAYEVA 

tayyorladi.

AQShda yashash va ishlash uchun vatandoshlarimizga kerak bo‘ladigan 

masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berib borish gazetamiz oldida tur-

gan asosiy vazifalardan. Shu maqsadda gazetamizning har bir sonida huqu-

qiy maqolalar berib boryapmiz. 

Ushbu an’ananing davomi sifatida “Amerika huquqi” nomli yangi rukn 

ochishga qaror qildik. Ushbu rukn ostida Amerika Qo‘shma Shtatlari dav-

latining huquqiy asoslari va boshqaruv shakllari hamda fuqarolik va im-

migratsiya masalalari haqida davomli maqolalar chop etib borishni foydali 

deb topdik. Siz bu maqolalarda AQSh davlat tizimi haqida umumiy ma’lumot 

 olish bilan birga, fuqarolik asoslari va bu o‘lkada qonuniy yashash va ishlash 

uchun bilish lozim bo‘lgan huquqiy masalalar haqida batafsil ma’lumotga ega 

bo‘lib borasiz. Yoritilayotgan mavzular bo‘yicha sizda savollar tug‘ilsa yoki 

sizni qiziqtirgan boshqa masalalar haqida o‘qishni istasangiz, ularni huquq-

shunos@vatandosh.com elektron manzilimiz orqali bajonidil qabul qilamiz.

Quyida yani rukn debochasi sifatida berilayotgan birinchi maqolamizda 

AQSh davlati huquqiy asoslari haqida ma’lumot beramiz. 

V

ATANDOSH

16

5-son, 1-iyun, 2011-yil

www.vatandosh.com, www.vatandosh.uz

TAOMNOMA


Bu pirog boshqa bir 

retsept asosida paydo 

bo‘lgan. Judayam to‘yimli 

bo‘lgani uchun somsa 

o‘rnida ham iste’mol qil-

sangiz bo‘ladi.  Original 

retseptdan kelib chiqib 

nomini “Shveysar pirogi” 

deb ataymiz.

Pirogimiz uchun ke-

rakli masalliqlar: 

Xamirga:   1 kosa iliq 

suv yoki sut, 1 kichik 

qoshiqda xamirturush, 

180 gr. margarin, 1 choy 

qoshiq tuz, 1 chimdim 

shakar, 5-6 stakan un.



Ichiga solinadigan 

masalliq uchun: yarim kg 

go‘sht (istaganingiz , qiy-

ma, to‘g‘rama go‘sht yoki 

tovuq; suratda men tovuq 

ishlatganman), ta’bga 

ko‘ra istalgan sabzavot 

(pomidor, bulg‘or qalam-

piri, piyoz, kartoshka), 

tuz, zira, murch, 50 gr. 

pishloq.


Xamirni tayyorlash 

uchun avval alohida idish-

gda  iliq suvda xamir-

turush eritib olinadi. 

Kattaroq idishga unning 

hammasini  solib, unga 

tuz va chimdim shakar 

SHVEYSAR PIROGI

qo‘shib aralashtiladi va 

un o‘rtasi ochilib xamir-

turush eritilgan suv quyi-

ladi. Margarinni ham eri-

tib masalliqlarga qo‘shib 

qo‘lga yopishmaydigan 

xamir qoriladi. Masalliq 

xamir holatiga kelguni-

cha ularni sanchqida ara-

lashtirganingiz qulayroq.  

Suyuqliklar unga singib 

ketgach, ularni qo‘lda 

qorishni boshlash kerak.  

Xamir yaxshilab mush-

tlangach, uni ko‘pishi 

uchun  issiqroq joyga us-

tini yopib olib qo‘ying. 

35-40 minutlarda 

ko‘p 


gan xamirni olib 

uni ovalroq, cho‘zinchoq 

shaklda yoyiladi.

Xamirni ikki tomoni 

bir xil o‘lchamlarda kesib 

chiqiladi.

Qiyma va ustidan 

qirg‘ichdan o‘tkazilgan 

pishloqni qo‘yiladi.

 Kesilgan ikki tomon-

dagi  bo‘lakchalar bir 

o‘ng, bir chap tomondan 

yopib boriladi.

So‘nggi uchlarini yax-

shilab tugish kerak. 

Ustiga tuxum surtib, 

350*F da qizib turgan 

duxovkaga 30-35 daqiqa-

ga qo‘yiladi.

 Pirogimiz tayyor. Endi 

ehtiyotlab kesib, idishga 

solib choy bilan tanavvul 

qiling. Yoqimli ishtaha! 

 

Lobarxon USMONOVA tayyorladi.



V

ATANDOSH

17

5-son, 1-iyun, 2011-yil

www.vatandosh.com, www.vatandosh.uz

BOLAJONLAR SAHIFASI

HADISLARNI YOD OLAMIZ

RASMLARDAGI 10 TA FARQNI TOPING

Bir kishi tuya minib, safar-

ga chiqibdi. Sahroda karvon-

lar olov yoqib o‘tirganini ko‘rib 

qolibdi. Bu kishi borib yet-

guncha ular jo‘nab ketishib-

di. Shu payt qattiq shamol 

turib, olovni yallig‘lantiribdi. 

Qurib yotgan xas-xashakka 

o‘t ketibdi. Haligi kishi no-

xush ovozni eshitibdi. Qara-

sa, bir ilon olov ichida 

to‘lg‘anib:

— Qutqaringlar, 

qutqaringlar! — debdi. 

Boyagi kishi darrov 

uzun tayoqqa to‘rva 

osib ilon tomonga 

tutibdi. Ilon darrov 

to‘rvaga tushibdi. U 

kishi to‘rvadan ilon-

ni chiqarib, yo‘lida davom 

etmoq chi ekan, ilon unga:

— Hoy odam, endi seni

tuyangni chaqib, sizlarni ha-

lok qilishim kerak, — debdi.

— Nima uchun? Yaxshi-

likka yomonlik bilan javob 

berasanmi? — debdi kishi 

ajablanib.

— Ha! — debdi zaharli 

ilon.

Shunda ulaming oldidan 



tulki o‘tib ketayotib, bu mo-

jaroning sababini so‘rabdi. 

U kishi bor voqeani aytib 

beribdi. Shunda tulki:

— Men bunga ishonmay-

man. Shunday katta ilon shu 

kichkina to‘rvaga qanday 

sig‘sin? — debdi. Ilon bo‘lsa:

— Ishonmasang yana 

to‘rvaga tushay, 

ko‘rgin! — debdi.

— Tush, — debdi 

tulki.

lion to‘rvaga kiribdi. 



Tulki ul kishiga qarab:

— Ey odam, dush-

man to‘rvaga tushdi, 

vaqtni o‘tkazma! — 

debdi.

Shundan keyin u kishi 



to‘rva og‘zini bog‘lab, yerga 

zarb bilan uribdi. lion halok 

bo‘libdi.

YAXSHILIKKA 

YOMONLIK

(O‘zbek xalq ertagi)

MO‘MINLAR AKA-

UKADIRLAR

Rasululloh (s.a.v.): “Har 

bir mo‘min o‘z birodarining 

ko‘zgusi, har bir mo‘min ik-

kinchi mo‘minning birodari 

- akasi yo ukasidir, uni zoye 

bo‘lishdan saqlaydi va uni 

muhofaza qilib yuradi”, — de-

dilar”.

JAHLINGIZ CHIQSA, JIM 



TURING

Rasululloh (s.a.v.): “Kishi-

larga islomni o‘rgatinglar, 

ularga qiyin emas, yengil 

yo‘lni ko‘rsatinglar, qachon 

jahlingiz chiqsa, jim turishga 

o‘rganing”, — dedilar”.

KULISH HAM EVI BILAN

“Rasululloh (s.a.v.): “To-

vush chiqarib kulishni kam qil! 

Chunki ko‘p kulish dilni vayron 

qiladi”, — dedilar”.

SALOMIMIZ - MUHABBA-

TIMIZ


“Rasululloh (s.a.v.): “Me-

ning nafsim qo‘lida bo‘lgan 

zot nomi bilan qasamyod 

qilaman, sizlar musulmoni 

komil bo‘lmaguningizcha jan-

natga kira olmaysiz. Musul-

moni komil bo‘lishingiz 

uchun bir-birlaringizga mu-

habbat qo‘ymog‘ingiz shart. 

O‘rtalaringizda muhabbat 

paydo bo‘lishi uchun salomni 

oshkora beringiz va bir-bi-

ringizga jahl qilishdan saqla-

ningiz, chunki jahl tarash-

laguvchidir, ya‛ni u sochni 

tarashlamaydi, balki dinni 

tarashlaydi”, dedilar”.

(Buxoriy bobomizning “Al-

adab al-mufrad” kitoblaridan.)


Download 480.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling