Ateroskleroz gipertoniya kasalligi gipertonik kirish klinikasida shoshilinch yordam. Ateroskleroz nima?


Download 170.98 Kb.
bet3/10
Sana09.11.2023
Hajmi170.98 Kb.
#1760317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ateroskleroz gipertoniyada shoshilinch yordam

ATEROSKLEROZNING SABABLARI
Ateroskleroz rivojlanishining sabablari yuqori qon bosimi, chekish, qandli diabet, qondagi yuqori xolesterin miqdori kabi omillardir. Ammo aterosklerozning asosiy sababi — xolesterin almashinuvining buzilishidir. Aterosklerozning shakllanishi tabiiy jarayon bo’lib, u 10-15 yoshdan boshlanadi. Yosh o’tishi bilan uning shakllanishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin.
Ateroskleroz uchun quyidagi xavf omillari ajratiladi:

  • Jins. Erkaklar ateroskleroz rivojlanishiga ayollarga nisbatan ko’proq moyil bo’lishadi. Ushbu patologiyaning dastlabki belgilari 45 yoshda, hatto undan ham oldin boshlanishi, ayollarda esa 55 yoshdan keyin kuzatilishi mumkin. Ehtimol, bu xolesterin va zichligi past va juda past lipoproteidlar almashinuvida estrogenlarning faol ishtiroki etishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin;

  • Yosh. Bu tabiiy xavf omilidir. Yosh o’tishi bilan aterosklerotik jarayonlar kuchayadi;

  • Irsiyat. Albatta, bu ham ateroskleroz paydo bo’lishining sabablaridan biridir. Aterosklerozga sabab bo’luvchi omillar ko’p qirralidir. Shuning uchun gormonal fon darajasi, irsiy dislipoproteinemiya (plazma lipid profilining buzilishi), immun tizimining faoliyati aterosklerozning rivojlanishini tezlashtirish yoki sekinlashtirishda muhim rol o’ynaydi;

  • Zararli odatlar. Chekish — tana uchun zaharidir. Bu odat ateroskleroz rivojlanishining yana bir sababchisi. Sog’lom qon tomirlarni xohlaysizmi — chekishni to’xtating! Spirtli ichimliklarga kelsak, qiziqarli bog’liqlik bor: kichik miqdordagi spirtli ichimliklar — har kuni 50 gramm aroq, 100 gramm sharob yoki 0,5 litr pivo aterosklerozning oldini olishni yaxshi usuli hisoblanadi. Shu bilan birga, bu miqdor jigar sirrozi rivojlanishiga hissa qo’shadi. Shunday qilib, birini davolab, ikkinchisini shikastlaymiz. Umuman olganda spirti ichimliklarni hatto juda oz miqdorda iste’mol qilish ham tavsiya etilmaydi, bular bir qator patologiyalar rivojlanishini kafolatlaydi;

  • Ortiqcha vazn. Bu omil ateroskleroz yuzaga kelishi ehtimolligini oshiradi. Semirib ketish qandli diabetga olib kelishi mumkin, bu patologiya esa ateroskleroz tomon to’g’ri yo’ldir;


  • Download 170.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling