Атет tokning birlamchi va ikkilamchi kimyoviy manbalari. Akkumulyatorlar. Reja
Tokning ikkilamchi kimyoviy manbalari
Download 244.15 Kb.
|
ATET MUSTALI ISH
4. Tokning ikkilamchi kimyoviy manbalari
Temir yo’l transportidagi avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarida uzoq muddatli ishlatish davomida o’zidan bir necha bor foydalanish imkoniyati bo’lgan tokning ikkilamchi kimyoviy manbalari – akkumulyatorlar keng tarqalgan. Ular kichik ichki qarshilikka ega bo’lib, katta razryadlanish toklarini o’tkazishi mumkin. Akkumulyator deb, elektr tokining zaryadi yordamida, uning sig’imini tiklanishi xisobiga ko’p marotaba razryadlanish uchun mo’ljallangan galvanik elementga aytiladi. Zaryadlanishda akkumulyator iste’mol qiladigan elektr energiya, kimyoviy energiyaga o’zgartiriladi, u akkumulyator razryadlanishida yana elektr energiyaga oson o’tishi mumkin. Razryadlanishda sarf bo’lgan faol moddalar, akkumulyatorning navbatdagi zaryadlanishida yangidan tiklanadi. E lektrolit tarkibiga ko’ra akkumulyatorlar kislotali yoki ishqorli bo’ladi. Avtomatika va aloqaning elektr ta’minoti qurilmalarida S turidagi stasionar kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorlar keng qo’llaniladi (2.4.-rasm). Bu akkumulyator quyidagi qismlardan iborat: ichki tomoni qo’rg’oshin listi bilan qoplangan shisha yoki ebonit idish 2, yuza tuzulmali musbat plastinkalar bloki 4, quticha ko’rinishdagi tuzulmaga ega manfiy plastinkalar bloki 3, va elektrolit (sulfat kislotaning suvli aralashmasi). Yuzali plastinkalar toza qo’rg’oshindan quyiladi va qovurg’a yuzali panjarani tashkil etadi. (2.5-rasm, a). Qovurg’alar 1, bikrlik kamarchalari 2 bilan ulangan. Plastinkaning qovurg’asimonligi faol modda yuzasini orttirish imkonini beradi va shu sababli, plastinkalarning va butun akkumulyatorning elektr sig’imi ortadi. Shakllantirish (formirovaniye) deb nom olgan maxsus ishlov berish natijasida plastinkalar yuzasida faol moddalar (qo’rg’oshin sulfat RbSO4 (sernokislыy svines)) hosil bo’ladi. Yuzali plastinkalar, zavodda shakllantirilgan zaryadlanmagan holatda tayyorlanadi. Bunda oq shakllantirish amalga oshiriladi. Akkumulyator zaryadlangandan so’ng, faol massa (qo’rg’oshin-sulfat RbSO4) qo’rg’oshin ikki oksidi RbO2 (dvuokis svinsa) ga o’tadi. Download 244.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling