Атет tokning birlamchi va ikkilamchi kimyoviy manbalari. Akkumulyatorlar. Reja


Download 244.15 Kb.
bet6/12
Sana31.01.2024
Hajmi244.15 Kb.
#1828881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ATET MUSTALI ISH

2.5-rasm. Yuzali (a) va qutichali (b) plastinkalar

Qutichali plastinkalar (2.5-rasm, b) yirik yacheykali ikkita yarim qo’rg’oshin panjara 1 dan iborat bo’lib, ular kichik teshikchalarga ega bo’lgan qo’rg’oshin to’r 2 bilan yopilgan bo’ladi. Panjaralarning yacheykalari sulfat kislotada aralashtirilgan qo’rg’oshinli poroshok ko’rinishdagi faol massa 3 bilan to’ldiriladi. Faol massalarni cho’kish (o’tirib qolish) dan saqlash uchun ularga bariy sulfat (VaSO4) qo’shiladi.


Manfiy plastinkalar o’rtadagi va chetdagilarga bo’linadi. Ularning farqi shundaki, chetki plastinkalarda faol moddalar plastinkalarning faqat bir tomonda bo’lib, boshqa tomoni esa qo’rg’oshin qatlami bilan to’la qoplanadi.
Yopiq turdagi qo’rg’oshinli akkumulyatorlarda qo’rg’oshin-surma qotishmali panjaradan iborat surkalgan yoki pastalangan plastinkalar qo’llaniladi.
Surkalgan plastinkalar akkumulyatorda ham musbat va ham manfiy plastinkalar sifatida ishlatiladi. Plastinkalar faqat faol massalari bilan farqlanadi. Musbat plastinkalarning faol massasi, surik qo’shilgan qo’rg’oshin kukuni (poroshok) dan iborat bo’ladi. Manfiy plastinkalarda kimyoviy jihatdan toza bo’lgan sulfat kislota va bariy sulfat aralashmali pasta qo’llaniladi.
Turli qutbli plastinalarning bir-biriga tegishini oldini olish uchun,ular orasiga separator deb nomlanadigan izolyasiyalovchi qatlam (prokladka) o’rnatiladi. Separator kislotaga chidamli juda mayda g’ovakli (mikroporistыy) materiallardan tayyorlanadi.
1. Kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorning ishlash prinsipi

Kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorning elektroliti dissosiasiya va asso-siasiya holatida bo’ladi. Bunda sulfat kislota molekulalarining bir qis-mi vodorodning musbat ionlari va kislota qoldig’ining manfiy ionlariga, suv molekulalarining bir qismi ham – vodorodning musbat ionlari va kis-lorodning manfiy ionlariga parchalanadi:


H2SO4 ↔ 2H+ + SO4; H2O ↔ 2H+ + O.


Umuman aralashma elektrik neytral holatda qoladi.


Razryadlanishdagi akkumulyatorda kechadigan jarayonlarni tushuntirish uchun zaryadlangan akkumulyatorning elektr tizimini dastlabki holat sifa-tida keltiramiz:



Musbat elektrod

RbO2 - qo’rg’oshin sulfat



Elektrolit

H2SO4 - sulfat kislota; H2O - suv



Manfiy elektrod

Rb - qo’rg’oshin



Yuklama qarshiligi Ryu ulangan tashqi zanjir tutashtirilganda (3.1-rasm, a), bu zanjirdan yo’naltirilgan elektronlar oqimini tashkil etuvchi tok oqib o’tadi (manfiy elektroddan musbatga qarab). Musbat elektrod qo’r-g’oshinning to’rt valentli ionlari tashqi energetik sathga ikkitadan elek-tronning ulab qo’yib, ikki valentli ionlar bo’lib qoladi. Ular elektrolitdagi kislotaning manfiy ionlari bilan reaksiyaga kirishadi hamda qo’rg’oshin sulfat RbSO4 ning neytral molekulalarini tashkil etadi.


Elektronlarning manfiy elektroddan harakatlanishi vaqtida qo’rg’o-shinning musbat ionlari kislota qoldig’ining manfiy ionlari bilan reak-siyaga kirishadi, natijada qo’rg’oshin sulfati RbSO4 ning neytral moleku-lalari hosil bo’ladi. Manfiy elektrodda elektronlarning kamayishi nati-jasida muvozanatning buzilishi, qo’rg’oshinning yangi ionlarini va elek-trodlarda yangi elektronlarni hosil bo’lishiga olib keladi. Akkumulyatorning razryadlanish jarayonidagi elektr kimyoviy reaksiya natijasida musbat va manfiy elektrodlar oldidagi vodorodning musbat ionlari va kislorod-ning manfiy ionlari suv H2O ning neytral molekulalarini hosil qiladi.


Download 244.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling