Elektrod jarayonlarni termodinamikasi


Download 17.69 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1543488
  1   2   3
Bog'liq
Elektrod jarayonlarni termodinamikasi


Elektrod jarayonlarni termodinamikasi
Reja:
1. Elektrod jarayonlarni termodinamikasi. Elektrod potensial haqida tushuncha.
2. Galvanik elementlar va ularni elektr yurutuvchi kuchini aniqlash.
3. Standart vodorod elektrod va metallarning standart elektrod potensiali. Nernst tenglamasi.Oddiy, gazsimon va konsentratsion gal’vanik elementlar.
4. Elektrokimyoviy va konsentratsion qutblanishning elektrod potensiallar kinetikasi.

Tashqi zanjir orqali bog’langan ichki metal yarim-elementlari elektrodlar deb, oksidlanish


boradigan elektrod anod, qaytarilish boradigan elektrod esa katod deyiladi. Anod manfiy elektrod
(En), katod esa musbat elektrod bo’lib xizmat qiladi.
Metallar suv yoki tuz erit-masiga tushirilganda ularning ustki qismidagi ionlariga suv molekulalari
o’zining manfiy qutblari bilan ta’sir etib metallionlarini ajratib oladi. Bu paytda suvda metall
ionlarining gidratlari hosil bo’ladi. Metall plastinka yuzasi manfiy zaryadlamb qoladi.
Buning natijasida suvga o’tgan ionlar metall atrofini qurshab, qo’sh elektr zaryadlari qavatini
vujudga keltiradi. Natijada metall bilan suv chegarasida turli xil zaryadli elektropotensial paydo
bo’ladi. Vujudga kelgan potensiallar farqi elektrod pontensiali deb yuritiladi. Metallar (yoki
ularning plastinkalari) o’z tuzlari eritmasiga tushirilganda ham potensiallar farqi vujudga kelishi
mumkin.
Aktivlik qatorida vodoroddan oldin joylashgan metallar o’z tuzlari eritmasiga tushirilganda
eritmaga ionlar ajralib chiqadi. Vodoroddan keyin joylashgan metallar o’z tuzlari eritmasida
vodorodga nisbatan musbat zaryadga ega bo’ladi. Chunki metallar aktiv bo’lmaganligi sababli
eritmaga elektron chiqara olmaydi. Ularning erkin elektronlarini eritmada bo’lgan metall ionlari
qabul qilib neytrallanadi va metall yuzasiga to’planadi. Metall elektronlari soni o’zidagi musbat
ionlar sonidan kamayib ketganligi sababli metall musbat zaryadlanadi, anionlar mo’lligi sababli
eritma manfiy zaryadlanadi. Shu sababli bir qancha metallarning potensiallari musbat qiymatga ega
bo’ladi (yana ta’kidlaymiz: vodorod elektrodining potensialiga nisbatan).
Metall ioni konsentratsiyasi 1 n bo’lgan eritmaga таг-kur metall tushirilganda vujudga keladigan
potensial normal elektrod potensiali (E°) deyiladi. Potensiallami o’lchashda birlik sifatida normal
vodorod potensiali, standart elektrod sifatida esa normal vodorod elektrod qabul qilingan.
Metallaming normal potensiallarini nazarda tutib, ular tartib bilan bir qatorga qo’yilsa, vodorodning
bir tomonida manfiy potensialga ega metallar, ikkinchi tomonida esa musbat potensialli metallar joylashadi. U

Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling