Elektrod jarayonlarni termodinamikasi


Download 17.69 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1543488
1   2   3
Bog'liq
Elektrod jarayonlarni termodinamikasi

Galvanik elementlar. Metallarning standart elektrod potensiali. Kimyoviy
reaksiyalar energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladigan
qurilmalar galvanik elementlar yoki elektr tokining kimyoviy manbalari deb ataladi.
Galvanik elementda hosil bo’ladigan kuchlanish elektr yurituvchi kuch
(e.yu.k.) deb ataladi. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyasi oksidlanish va qaytarilish
yarim reaksiyalarining yig’indisidir. Galvanik elementda yoki elektroliz- da sodir
bo’ladigan har bir yarim reaksiya ayrim elektrodlarda boradi. Shu sababli yarim
reaksiyalarni elektrod jarayon- lari deb ham ataladi.
Elektr yurituvchi kuchni ham har bir yarim reaksiya uchun to’g’ri keladigan
ikki kattalikni ayirmasi deb qarash mumkin. Bu kattaliklar elektrodpotensiallari deb
ataladi.
Elektrod jarayonlarining potensiallari metallning tabiati (aktiv va
passivligi)ga, eritmadagi ionlarning konsentratsiyasiga hamda sistemaning haroratiga
bog’liqligi aniqlandi. Bu bog’lanish Nernst tenglamasi bilan ifodalanadi:
2,3R’T
E = Eo +-------- lgC
nF
1
Bu tenglamadagi: E - ayni elektrod potensiali; E0 - ayni elektrodning standart
(normal) potensiali, R - universal gaz doimiysi, T - absolyut harorat, n - reaksiyada
ishtirok etuvchi elektronlar soni, F - Faradey soni (96500 Kl/mol), C - metall
ionlarining eritmadagi konsentratsiyasi (mol/l).
Elektrod jarayonida ishtirok etuvchi moddalarning konsentratsiyasi 1 mol/l ga
teng bo’lgandagi elektrod potensiali standart (normal) elektrod potensiali deb ataladi
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling