Атет tokning birlamchi va ikkilamchi kimyoviy manbalari. Akkumulyatorlar. Reja
Download 244.15 Kb.
|
ATET MUSTALI ISH
2.3-rasm. Simob-ruxli element
S imob-ruxli elementlar tuzulmasi bo’yicha diskli va silindr shaklliliklarga ajratiladi. Disk tuzulmali simob-ruxli elementlarda (2.3-rasm), musbat elektrod 5 ning, simobning qizil oksidiga grafit qo’shilib tayyorlangan faol massasi kosacha 6 (elementning po’lag korpusi) ga presslangan. Manfiy elektrod 2 rux kukunidan, uncha ko’p bo’lmagan simob bilan aralashtirib, tayyorlangan. Ushbu massa po’lat qopqoq 1 ga presslangan. Elektrodlar oralig’iga, elektrolit bilan to’yintirilgan, o’tkir kaliy va rux oksididan tashkil topgan bir-necha qatlam filtrlovchi qog’oz 4 joylashtiriladi. Qopqoq 1 kosacha 6 ga o’rnatiladi, ularning orasiga izolyasiyalovchi rezina xalqa 3 joylashtiriladi, u bir vaqtning o’zida germetizasiyalovchi zichlagich xisoblanadi. Tok o’tkazgichlarning yo’qligi element ichidagi yo’qotishlarni minimumga keltiradi, bu esa, kichik ichki qarshilikni va oqibatda, razryadlanish kuchlanishini uncha kamaytirmasdan ham nisbatan katta tokli razryadlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Silindr tuzulmali elementlar disklilidan farq qiladi. Ularda ikki qatlamli korpus qo’llaniladi, bu mustaxkamlikni orttiradi va germetizasiyaning ishonchliligini ta’minlaydi. Simob-ruxli elementlar turli nominal sig’im va razryadlanish toklari bo’yicha ishlab chiqariladi. Masalan, RS53 elementi uchun nominal sig’im Sn 0,25 A·soat, razryadlanish toki Ir 0,125 A, RS 93 element uchun esa Sn 13 A·soat, Ir 0,3 A. Simob-ruxli elementlarning boshlang’ich razryadlanish kuchlanishi Ur.b 1,25 V, oxiridagi kuchlanish esa Ur.o 1,0 V ga teng. Simob-rux tizimidagi element va batareyalar marganes-rux tizimli elementlarga o’xshash markalanadi: Markalashdagi qo’shimcha harflar quyidagilarni bildiradi: S – uzoq muddat saqlanadigan; N – magnit bo’lmagan (nemagnitniy); F – oshirilgan quvvatli, u jadallashtirilgan (forsirovannыy) razryadlanishni ta’minlaydi; V – barcha iqlim (vseklimaticheskiy) lar uchun bajarilgan. Marganes-rux tizimli elementlarni tayyorlash eng arzon bo’lib, shuning uchun ham ular keng qo’llanishga zga.. Barcha birlamchi elementlarning afzalliklari bo’lib, ularning kichik hajmliligi, ishlatilishidagi soddaligi, foydalanishga doyimo tayyorligi xisoblanadi. Bu elementlarning bir qator kamchiliklari (qayta zaryadlana olmasligi; yuqori ichki qarshilikka va nisbatan kichik saqlanish muddatiga ega ekanligi) ham bor. Temir yo’l transportida, ular asosan ko’chma radiostansiyalar, kichik o’lchamli apparaturalar, masofaviy boshkarish tizimidagi telefon apparatlari va o’lchov asboblarining elektr ta’minoti uchun ishlatiladi. Download 244.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling