Атет tokning birlamchi va ikkilamchi kimyoviy manbalari. Akkumulyatorlar. Reja


Kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorlarning turlari


Download 244.15 Kb.
bet9/12
Sana31.01.2024
Hajmi244.15 Kb.
#1828881
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ATET MUSTALI ISH

3. Kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorlarning turlari

Stasionar (qo’zgalmas) kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorlar quyidagi harflar bilan markalanadi: S, SK, SZ, SZE, SN. Bu harflar quyidagilarni bildiradi: S – stasionar, K – qisqa muddatli razryadlanishga ruxsat beradi-gan, Z – yopiq holda bajarilgan, E – ebonit idishda, N – surkaladigan plas-tinalar bilan. Harfdan keyingi sonlar akkumulyator nomerini bildiradi. Ularni 36 soniga ko’paytirib, akkumulyatorning nominal sig’imi aniqlanadi (S, SK, SZ turidagi akkumulyatorlar uchun).


SK-1 turidagi akkumulyatorlar uchun nominal sig’im 36 A·soat ga teng, SK-4 uchun 144 A·soatga teng. Sanoatda 1 dan 148 gacha nomerli ochiq holda bajarilgan akkumulyatorlar ishlab chiqariladi.
Akkumulyatorlarda I-1, I-2, va I-4 turidagi uch xil plastinkalar qo’lla-
niladi. I-1 turidagi plastinkalar SK-1, SK-2,...,SK-5 turidagi akkumulya-torlarda o’rnatiladi. I-2 turidagi plastinkalar I-1 plastinkalarga nisba-tan ikki marta katta bo’lib SK-6, SK-8,...,SK-20 turidagi akkumulyatorlarga o’rnatiladi. Katta sig’imga ega bo’lgan akkumulyatorda I-2 plastinkalarga nisbatan ikki marta katta bo’lgan I-4 turidagi plastinkalar o’rnatiladi. Har bir akkumulyatorda manfiy plastinkalarning soni musbat plastinka-larga qaraganda bitta ortiq bo’ladi.
SZ, SZE yopiq holda bajarilgan akkumulyatorlarda ham S, SK turidagi akkumulyatorda o’rnatiladigan plastinkalar o’rnatiladi, shuning uchun ular-ning elektr tavsiflari bir xil bo’ladi.
Yopiq turdagi akkumulyatorlarning zaryadlash va ishlatish paytida elek-trolitning sochilib va bug’lanib ketishini oldi olinadi, shuning uchun ular-ga tez-tez elektrolit quyib turishga hojat kolmaydi. S, SK, SZ akkumulya-torlarning asosiy tavsiflari 3.1-jadvalda keltirilgan.
SN turidagi kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorlarni ebonit qopqoq bilan zich yopiladigan shisha yoki ebonit idishlarda chiqariladi. Ularni yig’ilgan holda 1 dan 20 gacha tartib raqamli holda keltiriladi. SN-1 turda-gi akkumulyatorlarning nominal sig’imi 40 A·soat, SN-20 turdagi akkumulya-torlarniki esa 800 A·soat ga teng.
SN turdagi akkumulyatorlarning elektr ko’rsatkichlari (3.2-jadval) S, SK, SZ akkumulyatorlarning elektr ko’rsatkichlaridan birmuncha orttiqdir. Ular ishlatilayotganda minimal sarf talab qiladi, massa va o’lchamlari kichikroq va uzoq vaqt xizmat ko’rsatadi.
Yopiq turdagi akkumulyatorlar istiqbolga ega va keng tarqalgandir. Akku-mulyatorlarning idishlarini plastmassa fenolit va propilindan tayyorla-nadi. Ularda ochiq turdagi akkumulyatorlarga qaraganda yuqori solishtirma tavsifga ega bo’lgan pasta surkalgan plastinalar o’rnatiladi.
Avtomatika va telemexanikaning Er usti va stasionar qurilmalarining zahira ta’minotini ta’minlash uchun ABN-72 va ABN-80 turidagi kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorlar qo’llaniladi. Akkumulyator belgilanishidagi birinchi ikki harf qo’llanilish sohasini ko’rsatadi: AB – avtoblokirovka, N – plastinkaning tuzulmasi.
Ikki belgili raqam akkumulyator sig’imini (A·soat) bildiradi. ABN-72 turidagi akkumulyatorlar 24 soat muddatda razryadlanganda 72 A·soat sig’imga ega. ABN-80 turidagi akkumulyatorlar 25 soat davomida razryadlanganda 80 A·soat sig’imga ega.
ABN-72 turidagi akkumulyatorlarni qopqoq bilan germetik shisha idish-larda, ABN-80 turidagi akkumulyatorlarni esa plastmassa idishlarda ishlab chiqariladi. Akkumulyatorlarga qo’yiladigan elektrolitlarni zichligi iqlim sharoitlariga bog’liq bo’lib, yoz davrida d = 1.19 G/sm3, qishda d = 1.3…1.32 G/sm3 ga teng, bu elektrolit muzlab qolishining oldini oladi.





Download 244.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling