Атет tokning birlamchi va ikkilamchi kimyoviy manbalari. Akkumulyatorlar. Reja


Download 244.15 Kb.
bet11/12
Sana31.01.2024
Hajmi244.15 Kb.
#1828881
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ATET MUSTALI ISH

2. Akkumulyator xonalari

Akkumulyator batareyalari maxsus xonalarda joylashtiriladi. Akku-mulyator xonasining poli elektrolit ta’siriga chidamli qilinadi va o’rna-tilgan akkumulyator batareyalarining og’irligi hosil qiladigan yuklamaga xisoblanadi. Xona devorlari suvaladi va elektrolit ta’siriga chidamli emal bilan bo’yaladi. Bu xonalarda, akkumulyatorlarni bevosita quyosh nuri orqali qizishidan saqlash uchun maxsus oynalardan foydalaniladi.


Akkumulyator xonasining balandligi, akkumulyatorlarni bir qavatli tokchalarga o’rnatilsa – 2,2 metrdan, agar ular ikki qavatli tokchalarga o’rna-tilsa esa – 2,8 metrdan past bo’lmasligi kerak. Kislota, distirlangan suv, zaxira qismlar va elektrolit tayyorlash uchun ashyolarni saqlash uchun maydoni 6 m2 dan kam bo’lmagan qo’shni xona bo’lishi lozim. Bu yerda akkumulyatorlarni va yordamchi qurilmalarni yuvish uchun suv quyish krani joylashtiriladi.
Akkumulyator xonasi eshigiga “Akkumulyator xonasi”, “Olov bilan kir-mang”, “Chekish mumkin emas” degan taxtachalar (tablichkalar) osiladi.
Jixozlarni joylashtirish. Akkumulyator xonasidagi tokchalar shunday
joylashtiriladiki, bunda ular o’rtasida akkumulyatorlarni ko’zdan kechirish, elektrolit va suv bilan to’lg’azish hamda joriy ta’mirlash uchun erkin kirish imkoniyatini beradigan bir metrdan kam bo’lmagan masofali yo’lak-lar qoldiriladi. Tokchalar isitish asboblaridan kamida bir metrli maso-fada joylashtirilishi kerak. Batareyalar tokchalarda shunday tarzda o’rnati-ladiki, bunda ularga xizmat ko’rsatilganda, orasida 250 V dan katta kuchla-nish bo’lgan ikki nuqtaga bir vaqtning o’zida tasodifan tegib ketish mum-kinligining oldi olinadi. Kislotali va ishqorli akkumulyatorlar boshqa-boshqa xonalarda joylashtiriladi.
Akkumulyator xonasidagi elektr o’tkazishlar tashqi qatlamsiz polixlor-vinil qobiqli, rezina izolyasiyali va mis tolali kabel orqali bajariladi. Kabellar xona poli tagigi yotqizilgan metall trubalarda o’tkaziladi.
Shamollatish, isitish va yoritish. Akkumulyatorlardan ajralib turadi-gan vodorod va kislorod gazlarini chiqarib tashlash uchun, akkumulyator xona-sida, o’rnatilgan akkumulyatorlarning turi va soni hamda xona o’lchovlariga bog’liq ravishda, bir soatda 5…10 marotaba havoni almashtira oladigan shamollatgich (ventilyasiya) o’rnatiladi. Vodorod va kislorod gazlari port-lash xavfiga ega aralashma – portlovchi gazni va shuningdek o’zi bilan olib ketadigan sulfat kislotaning juda mayda bo’laklarini hosil qiladi. Xonaning shamollatish tizimi, tomdan 1,5 m yuqoriga chiqib turadigan tor-tish trubasi bilan tugallanadi. Akkumulyator xonasining derazalarni ochish qat’iy taqiqlanadi, chunki kirib kelayotgan havo chang va gazlar bilan iflos-langan bo’lishi mumkin.
Akkumulyator xonasidagi harorat +15 dan +350S gacha oraliqda ushlab turilishi kerak. Xonani sun’iy yoritish tizimi 40 Lk dan kam bo’lmagan yoritganlikni ta’minlashi kerak. Gaz portlashini oldini olish uchun gaz o’tkazmaydigan va portlashga xavfsiz yoritgichlar qo’llaniladi, o’chirgichlar va ko’chma chiroqlar uchun shtepsel rozetkalari xonadan tashqarida o’rnatiladi.



Download 244.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling