Atipik pnevmoniyalar
Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI
Download 19.26 Kb.
|
ATIPIK PNEVMONIYaLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogenezi.
- Patologik anatomiyasi.
- Diagnostikasi.
Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI
Q’ozgatuvchisi - Cytomegalovirus hominis Herpesviridae oilasiga mansub, virion diametri 180 nm, tarkibida DNK bor. Virus uchun past virulentlik xarakterlidir. Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai va rezervuari - odam. Virus qonda servikal va vaginal ajralmalarda, spermada, ko’krak sutida, solakda, peshobda, najasda, yosh suyuqligida aniqlanadi. Zararlanish transplasentar yol (o’tkir yo’ki surunkali SMVIning homiladorlarda xurujida; yo′ldosh barer funksiyasining buzilishida); maishiy, fekal-oral, aerogen, ko’krak suti; yatrogen (qon va uning komponentlari quyilganda, organlarni ko′chirib o′tkazilganda) orqali o′tadi. Patogenezi. qonga birlamchi tushgan SMV leykositlarga (limfosit, monosit) reprodusirlanadi yoki limfoid organlarga persistirlanadi. Immunologik yetishmovchilik rivojlanganda virus qondan turli xil organ va tOqimalarga tarqaladi. Zararlangan organlarda turli o’zgarishlar kuzatiladi, bu esa kasallik klinikasini belgalaydi. Klinika. Orttirilgan SMVI pnevmoniya ko′rinishida kechadi. Tugma SMVI generallashgan xarakterga ega. O’pkadan tashqari zararlanish- ensefalitlar, gepatitlar, ko′z zararlanishi (xorioretinit, katarakta, ko′z nervi atrofiyasi ), buyrakdagi o’zgarishlar kuzatiladi. SMVIda klinik rentgenologik ma'lumotlari xlamidiyali, pnevmosistli pnevmoniyadan kam farqlanadi. Asosiy belgilari - taxipnoe, dispnoe, xurujsimon yo′tal, gipoksiya belgilari. Rentgenda giperaerasiya, ikki tomonlama diffuzli o’zgarishlar aniqlanadi. Paraklinik ma'lumotlari. Retikulositoz bilan kechuvchi progressivlanuvchi anemiya, gemorragik sindrom, trombositopeniya, sariqlik. Patologik anatomiyasi. SMVI morfologik manzarasi ikki komponentdan iborat: hujayraning sitomegalik metamorfozi va organlarning limfogistiositar infiltrasiyasi kuzatiladi. Immunodefisit qanchalik rivojlangan bo’lsa, sitomegalik hujayralar shunchalik ko’p bo’ladi va limfogistiositar infiltrasiya kam bo’ladi.. Diagnostikasi. Solak va peshobda SMVni aniqlash eng sodda usuldir. Boshqa usullar: immunofermentli usul va radioimmunli, immunobloting kam ahamiyatli va qimmatbaho. Spesifik davolash quyidagi preparatlarni qollashdan iborat: 1. Nukleozidlar analoglari (virusli DNKni bloklaydi). Bu- sitorabin (sutkalik dozasi - 100 mg/kv.m 2 qabulga). Davo kursi 4-10kun. 2. Zoviraks (asiklovir). Bu preparat virusdagi DNKni bloklaydi, lekin DNKni o’zini bloklamaydi. Dozasi 2 yoshgacha bolalar uchun - 2,5 mg/ kg, og’ir infeksiyada v/v tomchilab yo’ki 0,2 g 5 marta sutkada yuboriladi. 3. Immun almashinuv terapiya maqsadida yuqori titrlangan gammaglobulin qollaniladi. plasentar gamma-globulin yuqori dozada, shuningdek, immunoglobulinlar - pentaglobin, sandoglobulin tavsiya etiladi. Download 19.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling