Atirguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishiga asosan, 4 ta oilachaga bo’linadi


Download 23.57 Kb.
bet2/4
Sana16.11.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1781253
1   2   3   4
Bog'liq
QORAQAT

Adabiyotlar sharhi


2.1. Ra’noguldoshlar oilasining turli biologik faol modda saqlovchi vakillari
Atirguldoshlar (Rosaceae) oilasi daraxt, buta, ko`p yillik o`t o`simliklardan iborat bo’lib, bu oila vakillarining turli qismlari mahsulot sifatida tayyorlanadi. Xususan, vitaminlar, oqsil, moylar, qand (saxaroza, fruktoza, glukoza va boshqalar), organik kislotalar, oshlovchi moddalar, fenol kislotalar, karotin va flavonoidlar (rutin, kversetin, gesperidin va boshqalar), kumarinlar, fenol-karbon kislotalar, efir moyi, karotin, folat kislota, mikroelementlar hamda bir qancha mikroelementlar bo'ladi.
Bu oilaga kiruvchi o’simliklar tarkibi juda murakkab bo’lib, tarkibida bir vaqtning o’zida turli guruhlarga mansub bo’lgan moddalarni saqlaydi. Ularning nisbatiga qarab eng ko’p uchrovchi modda qaysi bo’lsa, o’sha guruhga kiritiladi. Lekin tarkibi murakkabligi sababli bir vaqtning o’zida turli guruh moddalari bo’lib, ular organizmga foydali ta’sir qiladi. Masalan, na’matak o’simligining mevasi tarkibida 0,2—2,2 % vitamin (1, K, V2 va R, 4—12 mg % karotin, 8,09—18,50% qand, 1,2—3,64% sof xoldagi organik (limon va olma) kislotalar, 0,03—0, 04 % efir moyi, 2,7 % oshlovchi, bo’yok va boshqa moddalar, urug’ida esa 8,46—9,63 % yog’ bo’ladi.
Qulupnay bargining tarkibida 250-280 mg foiz vitamin C, karotin, 2,17 foiz rutin va boshqa flavonoidlar, 1,32 foiz fenol birikmalar, fragarin glikozidi, alkaloidlar, 4,5-5,2 foiz triterpen saponinlar (sapogeninlaridan bittasi kviIlay kislota), efir moyi, 9 foiz oshlovchi va boshqa moddalar bo'ladi.
Chetan mevasu tarkIbida 160 mg foiz (40-200 mg foiz) askorbin kislota, vitamin P, 18 mg foiz karotin, 8 foizgacha organik kislotalar (limon, vino va olma kislotalar), achchiq glikozid, 3,8 foizgacha glukoza, 4,3 foiz fruktoza, 0,7 foizgacha saxaroza, 0,3 foiz oshlovchi moddalar, flavonoidlar (izokversitrin, kversitrin, giperozid, rutin va memtin), efir moyi, sorbit spirti va boshqa birikmalar bo'ladi.
Bodom urug'i tarkibida 45-62 foiz moy, vitamin B2' 20 foiz oqsil moddalar, 2-3 foiz saxaroza va emulsin fermenti bo'ladi. Achchiq bodom urug'ida yana 2,2-3,5 foiz amigdalin glukozidi uchraydi.
Shaftoli urug'i tarkibida 45-62 foiz moy, vitamin B2' 20 foiz oqsil moddalar, 2-3 foiz saxaroza va emulsin fermenti bo'ladi.
Do'lananing mevasi tarkibida triterpenoidlar (ursol va oleanol kislotalar), xlorogen va kofe kislotalar, sorbit, xolin, atsetilxolin, flavonoidlar (giperozid, kversitrin, viteksin-ramnozid, atsetil viteksin-41-ramnozid, kversetin, viteksin), oshlovchi va boshqa moddalar bo'ladi. Guli tarkibida ursol, oleanol, kofe, xlorogen kislotalar, flavonoidlar (giperozid, kversetin, kversitrin va boshqalar), 0,16 foizgacha efir moyi, xolin, atsetilxolin va boshqa moddalar bor.
Qora mevali aroniya mevasi tarkibida 6,2-10,8 foiz (quritilmagan mevada) qand (saxaroza, fruktoza, glukoza va boshqalar), 0,8 foiz organik kislotalar, 0,35-0,6 foiz oshlovchi moddalar, 110 mg foiz C, PP, B2, E vitaminlar, fenol kislotalar, karotin va flavonoidlar (rutin, kversetin, gesperidin va boshqalar) hamda bir qancha mikroelementlar bo'ladi.
Zangvizorba ildizpoyasi va ildiz tarkibida 12-20 foizgacha, ba'zan 40 foiz oshlovchi moddalar, ellag kislotalar, 2,5- 4 foiz saponinlar (sangvisorbin, efir moyi, sterinlar, kraxmal, bo'yoq va boshqa birikmalar bo'ladi. O'simlikning oshlovchi moddalari, asosan, pirogallol guruhidan tashkil topgan.
G’ozpanja ildizpoyasi tarkibida 15-30 foiz oshlovchi moddalar, triterpen saponinlar - tormentozid (tormentol sapogeniniga va 2 molekula glukozaga parchalanadi) va xinovan kislota (a-amirin guruhiga kiruvchi xinovin capogeniniga va 1 molekula qandga parchalanadi), flavonoidlar, ellag kislota, flobafenlar, smolalar, kraxmal va boshqa moddalar bo'ladi.
Shumurt mevasi tarkibida 15 foizgacha oshlovchi moddalar, antotsianlar, 5 foiz qand, limon va olma kislotalar bo'ladi. Shumurt bargida (0,05 foiz), po'stlog'ida (2 foizgacha) va urug'ida (1,5 foiz) amigdalin glikozidi bor.
Oddiy olxo’ri mevasi tarkibida 50% olein va linol kislotalar, mutsin shilliq moddalar), amigdalin sianogen glikozidi va boshqa moddalar bo’ladi.
Tibbiyotda na’matak mevasining kukuni, damlamasi, ekstrakti va ho‘l mevadan tayyorlangan sharbati turli avitaminoz kasalliklarni davolash va ularning oldini olish uchun ishlatiladi.
Na’matak mevasidan farmastevtika zavodida ekstrakt-xolosas tayyorlanadi. Xolosas bilan jigar va o‘t pufagi kasalliklari (gepatit, xolestistit) davolanadi.
Na’matak mevasi vitaminli, o‘t haydovchi va boshqa choylar-yig‘malar tarkibiga kiradi.
Xalq tabobatida na’matak mevasining qaynatmasi yok idamlamasi o‘t haydovchi, qono qishini to‘xtatuvchi, isitmani tushiruvchi dori sifatida hamda jigar, o‘t pufagi, me’da-ichak (ich ketish, qon aralash ich ketish) kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.

Do`lana-Boyarishnik. Gulining damlamasi, tindirmasi, suyuq ekstrakti va kardiovalen kompleks preparati yurak faoliyatini yaxshilaydi, bir tekis urishini ta'minlaydi, koronar va boshqa qon tomirlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Shu sababdan yurak xastaliklarida (taxikardiyada, yurak holsizlanishida), gipertoniyada, ayollarda klimaks davri boshlanishida qo`llanadi.

Qoraqat-Smorodina chyornaya. O’simlikning bargi va mevasi vitaminlarga boy bo`lgani uchun C vitamin kompleksi etishmovchiligida hamda gipoxrom kamqonlikda, aritmiya va boshqa holatlarda beriladi.
Tibbiyotda o‘simlik mevasi vitamin saqlaydigan mahsulot, parhez va davolash uchun turli kasalliklarda, ayniqsa S vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘liq xastaliklarda (singa, gemorragik diatez, kamqonlikda, gipoatsid holatlarda, enterokolit va bronxitda) beriladi.
O’rmon qulubnayi xalq tabobatida xo‘l va quritilgan mevasi, barglari va ildizi jigar (o‘tkir va surunkali xoletsistit, sariqlik, tosh), me’da-ichak (surunkali gastrit, enterokolit), bavosil, buyrak tosh va boshqa kasalliklarda ishlatiladi.
Tibbiyotda singa xastaligida, ishtaxani ochish, ovqatni hazm qilish, qon ishlab chiqarishni yaxshilash maqsadida hamda oshqozon- o‘n ikki barmoq ichak yara, gastrit, enterokolitlarda, jigar va yurak kasalliklarida (miokardit, yurak ishemik kasalligi, xafaqonlik), kamqonlikda va boshqa xastaliklarda o‘simlikning mevasi va bargidan tayyorlangan damlama va qaynatma qo‘llaniladi.


Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling