Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


Download 1.87 Mb.
bet1/24
Sana28.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1136380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
UMUMIY KIMYO KAFEDRASI
Qo’lyozma huquqida
Yuldasheva Iroda
MOLEKULASIDA EFIR GURUXI SAQLOVCHI BIOLOGIK FAOL MODDALAR


5140500 –kimyota‘lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akademik darajasini
olish uchun yozilgan


BITIRUV MALAKAVIY ISH

Ish rahbari: kimyo fanlari nomzodi,


dotsent SH. Isroilov.
Andijon-2015

M U N D A R I J A


So’z boshi
Kirish

  1. Asosiy qism

I.1 Molekulasida efir guruxi saqlovchi moddalar xaqida umumiy tushuncha.
I.1.1. Oddiy efirlar
I .1.2. Ikki atomli spirtlarning( glikollarning ) oddiy efirlari
I.1.3. Siklik oddiy efirlar (Epoksi birikmalar).
I.1.4. Karbon kislotalarning murakkab efirlari.
I.2. Tarkibida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalarning ayrim vakillari va ularning ishlatilishi.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar



S O‘ Z B O SH I
Respublikamizda 2011-2015 yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tehnik va tehnologik jihatdan yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o’rni tobora ortib bormoqda.
Bu borada asosiy diqqat-e'tiborni lokalizatsiya muammosiga, halq ho’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yangi biologik faol birikmalarning turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish, import o’rnini bosuvchi va valyuta vositasining tejalishiga omil bo’lgan tehnologiyalarni amaliyotga kiritish muhim o’rin egallab turibdi.
Kimyoviy mahsulotlarning ishlab chiqarish quvvatini oshirishdek muhim masala bilan bir qatorga, ularning turlarini ko’paytirish va sifatini oshirish ham dolzarbdir. Bu borada yangi yuqori qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni kashf etish, sintez qilish va ajratib olish, ularning ishlab chiqarish tehnologiyalarini yaratish va mavjudlarini tubdan takomillashtirishlar zarur. Yangi tehnologiyalarni ishlab chiqish jarayon mehanizmi va fizik- kimyoviy qonuniyatlarni e'tiborga olgan holda ilmiy asoslash orqali amalga oshiriladi. Arzon mahalliy hom ashyoni qo’llab, kimyoviy reagentlar kam sarflanadigan jarayonlarni yaratish tendentsiyasi ham talab etiladi.
Ishlab turgan tehnologiyalarni takomillashtirish, tehnologik jarayonlarning qulay sharoitlarini tanlash, tehnologik tizimni va uskunalarni modernizatsiyalash, ikkilamchi mahsulotlar va sanoat chiqindilaridan unumli foydalanish kabi ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi katta zahira mavjud.
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar davrida yuqorida ko’rsatilgan jihatlarni umumlashtirgan holda qo’llash organik sintez sanoatini yanada rivojlanishi uchun asos hisoblanadi.
Efirlar tarkibida reaktsiyaga kirishuvchi godroksil (-OH) kabi yuqori faollikga ega guruhlarning mavjud bo’lishi, ular asosida texnikada yog’, smola, alkaloid, biologik dorivor preparatlar, o’simliklarning o’sish jarayonini tezlashtiruvchi biostimulyatorlar, plastifikatorlar, sintetik surkov moylari va bo’yoqlarni sintez qilishda erituvchi sifatida ishlatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq ho’jaligi o’simliklarini himoya qilish, kimyoviy preparatlar bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari» to’g’risida 2006 yil 31yanvardagi PQ-272-sonli /1/ va «Farmatsevtika sanoati korxonalarini 2011yilga qadar modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir rivojlantirish dasturi» to’g’risida 2007 yil 19 noyabrdagi PQ-731-sonli /2/ hamda «O’zbekiston Respublikasi sanoatining 2011-2015 yillarda rivojlanish istiqbollari» to’g’risida 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442- sonli /3/ qarorlari biologik faol moddalar yaratish va ularni sanoatga joriy etishga qaratilgan.
Tarkibida efir guruhi saqlovchi moddalarni sintez qilish orqali ular asosida turli biologik hususiyatlarni namoyon etuvchi funksional guruhga ega bo’lgan hosilalarni olish imkoniyati yaratiladi.
Shu sababli tarkibida efir guruhi saqlovchi moddalarni sintez qilishning nazariy va amaliy asoslarini yaratish, ular asosida yangi turdagi biologik faol moddalar sintez qilish va ularni ishlatish bilan bog’liq amaliy muammolar yechimini topish dolzarb masala hisoblanadi.


KIRISH
So’nggiyillardagitarkibidaefirguruhisaqlovchibirikmalarqatoridanzaharliligikamvayog’, smola, alkaloidvaboshqamuhimorganikmoddalaruchunerituvchisifatida, parfumeriyasanoatidayoqimlihidlisuyuqliklarhamdajonlitanadagiyallig’lanishkasalinito’htatuvchifaolbirikmalarninganiqlanishitanlanganmavzuningzamontalabiasosidatanlanganliginiizohlaydi.
Tadqiqotlarasosidasintezqilibolinganyangitarkibidaefirguruhisaqlovchibirikmalar, ularninghosilalari, fizik-kimyoviyvabiologikhususiyatlarihamdayangiyaratilganbiologikpreparatlarnisanoatgajoriyetishyuzasidanjamlanganma'lumotlarushbuyo’nalishbo’yichaolibboriladiganilmiyizlanishlardasamaraliishlatilishimumkin.
Keyingiyillardayangidan-yangidorimoddalarningko’plabkashfetilayotganligi, ularningtuzilishinihamdao’zgarishlarinio’rganishdayangi, takomillashganusulvaasboblardanfoydalanilayotganligiorganikkimyofaniniyanadachuqurroqo’rganishlozimliginitaqozoetmoqda.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling