Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
-jadval Ayrim oddiy efirlarning fizik konstantalari
Download 1.87 Mb.
|
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
1-jadval
Ayrim oddiy efirlarning fizik konstantalari
Oddiy efirlarning dipol momenti alkanollarning dipol momentiga nisbatan kamroq (μ=4●10-30... 4●10-30 yoki 1,2-1,3 D), lekin elektronodonor xossalari kuchliroq. Buni oddiy efirlarning ionlanish energiyasining qiymatidan ko‘rish mumkin, masalan dietil efirining IE si 9.6 ga teng. Elektronodonor xossalarining kuchayishiga ikkita alkil guruhning elektronodonor ta’siri sabab bo‘ladi. COC valent burchagining kattaligi 109-112o atrofida bo‘ladi, ya’ni tetraedrik burchak kattaligiga o‘xshaydi. Oddiy efirlarning reaksiyalarini uch guruhga bo‘lish mumkin: kislorod atomida boradigan reaksiyalar, α-uglerod atomida boradigan reaksiyalar va C-O bog‘ining uzilishi bilan boradigan reaksiyalar. Oddiy efirlar kislotalar, jumladan Lyuis kislotalari bilan birikish reaksiyaisga kirishadi. Vodorod bog‘i orqali birikish mahsulotlari ham ma’lum. Kuchli kislotalar ta’sirida oddiy efirlar protonlpnib dialkiloksoniy kationiga aylanadi: Oddiy efirlar juda kuchsiz asoslar hisoblanadi, ya’ni dialkiloksoniy kationlari kuchli OH-kislotalardir. Masalan, dietil efiri uchun pKBH+ -3,6 ga teng. Bu shunga dalolat qiladiki, dietil efiri 30-50 % li sulfat kislota eritmasidagina sezilarli darajada protonlana boshlaydi. Lyuis kislotalari bilan ancha barqaror birikish mahsulotlari-efiratlar hosil qiladi: (C2H5)2O→BF3; (C2H5)2O→SnCl4; (C2H5)2O→MgCl2 Mazkur birikmalarda kislorod atomidagi taqsimlanmagan elektronlar hisobiga donor-akseptor (koordinatsion) bog‘ hosil bo‘ladi. Oddiy efirlarni metallarning kationlari bilan ta’sirlashuvi (kationlarni solvatlashi) dialkil efirlar va TGF eritmalarida metallorganik birikmalar olishda katta ahamiyatga ega. Maxsus sharoitlarda kislorod atomiga karbokation biriktirish mumkin. Buning natijasida trialkiloksoniy tuzlari hosil bo‘ladi: Trietiloksoniy tetraftorborat Trialkiloksoniy tuzlari rangsiz kristall moddalardir. Havodagi suv bilan ta’sirlashib suyuqlanadi va parchalanadi. Ushbu tuzlar kuchli alkillovchi reagentlardan hisoblanadi. Kuchsiz nukleofillar bilan ham oson ta’sirlasha oladi. Oddiy efirlar erkin radikalli xlorlanish va avtooksidlanish reaksiyalariga kirisha oladi, odatda reaksiya α-uglerod atomi bo‘yicha boradi. Erkin alkoksil radikallar juftlashmagan elektronni kislorod atomidagi taqsimlanmagan elektronlar jufti bilan o‘zaro ta’siri natijasida alkil radikallarga nisbatan barqaror bo‘ladi. Oksidlanish natijasida beqaror portlovchi moddalar-gidroperoksidlar hosil bo‘ladi. Dialkil efirlar havo kiradigan joyda, ayniqsa quyosh nuri tushadigan shaffof idishlarda saqlansa doimo peroksid qo‘shimchalar hosil bo‘ladi. Oddiy efirlardagi C-O bog‘ini parchalash oson kechmaydi. Buning uchun kuchli kislota yoki asos va yuqori temperatura talab qilinadi. HI, Lyuis kislotalari ishtirokida qizdirib parchalash reaksiyalari amaliy ahamiyatga ega. BCl3 va SiCl3I (SiCl4 va NaI aralashmasi) eng faol reagentlar hisoblanadi. BCl3 bilan boradigan reaksiyaning birinchi bosqichida efirat hosil bo‘ladi va ichkimolekulyar nukleofil o‘rin olish sodir bo‘ladi: O‘ta kuchli kislotalarning eritmalarida past temperaturalarda karbokationlar paydo bo‘lib, ular yuqori temperaturalarda har xil qayta gruppalanishlarga va alkenlargacha parchalanishga uchraydi. Tarmoqlangan guruhlar tutuvchi oddiy efirlar oson parchalanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling