Reja. Murakkab efirlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi


Download 17.75 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi17.75 Kb.
#1411730
  1   2   3
Bog'liq
kimyo


Mavzu: Murakkab efirlar, yog`lar, uglevodlar. 

Reja. 

1. Murakkab efirlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi. 

2. Yog`lar, ularning umumiy xossalari, sovunlar va boshqa yuvish vositalari. 

3. Uglevodlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi. 

Yangi darsning bayoni. 

1. Murakkab efirlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi. 

Olinishi. Karbon kislotalar spirtlar bilan o`zaro ta`sir ettirilganda murakkab efirlar hosil bo`ladi.
CH3COH + HOCO2H5 CH3COCO2H5 + H2O
Murakkab efirlarning umumiy formulasi R-CO-O-R, bunda R va R1 - uglevodorod radikallari.
Murakkab efirlarni kislotalarning gidroksilidagi vodorodi o`rnini radikal olgan hosilalari sifatida qarash mumkin. Lekin chumoli kislotaning murakkab efirlarida radikal R o`rnida vodorod atomi bo`ladi.
Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo`lish reaksiyasi eterifikatsiya («eter»-efir) reaksiysi deyiladi. 

Nomenklaturasi. Murakkab efirlarning nomi ko`pincha qoldiqlari ularning tarkibiga kiradigan kislota va spirtlarning nomiga efir so`zini qo`shib hosil qilinadi. Masalan:
CHOCOH3 CH3COCO2H5 CH3COCO6H5
chumoli metil efir sirka etil efir sirka fenil efir 

Fizik–kiyoviy xossalari. Karbon kislotalar murakkab efirlarining ko`pchiligi–suvda kam eriydigan suyuqlklar, lekin ular spirtda yaxshi eriydi. Murakkab efirlar molekulalarining tuzilishi o`ziga xos. (ularda masalan, gidroksil guruhlar yo`q) bo`lganligi sababli vodorod bo`lanishlar bo`lmaydi va spirtlar hamda kislotalar uchun xos bo`lgan atsotsilangan molekulalar ham bo`lmaydi. Shu sababli murakkab efirlar ularga mos keladigan kislotalarga qaraganda ancha past haroratda qaynaydi.
Ko`pchilik murakkab efirlardan xushbo`y meva hidi keladi. Masalan, chumoli amil efirdan olcha hidi, sirka-amil efirdan-banan, moy etil efirdan-o`rik, moy butil efirdan–ananas, izovalerian etil efirdan–olma hidi keladi.
Murakkab efir suv bilan reaksiyaga kirishib yana qaytadan kislota bilan spirtga aylanadi. Masalan:
CH3COCO2H5 + H2 CHO 3OH + CCO2H5OH
Murakkab efirning suv bilan reaksiyaga kirishib spirt va kislota hosil qilish reaksiyasi sovunlanish yoki gidrolizlanish deyiladi. U eterifikatsiya reksiyasiga teskari reaksiyadir.
Ravshanki, eterifikatsiya qaytar jarayondir:
CH3COH + HOCO2H5 CH3COCO2H5 + H2O
kimyoviy muvozanat qaror topishda reaksiyaga kirishayotgan aralashmada boshlang`ich moddalar ham, oxirgi mahsulotlar ham bo`ladi. Katalizator-vodorod ionlari (mineral kislotalar) to`g`ri va teskari reaksiyani (etirifikatsiya va gidrolizni) bir xilda tezlashtiradi, ya`ni muvozanat holatiga yetishni tezlashtiradi. Muvozanatni efir hosil bo`lish tomoniga siljitish uchun boshlang`ich kislota yoki spirtni mo`l miqdorda olish kerak. Reaksiya mahsulotlaridan biri reaksiya doirasidan chiqarib yuborilganda ham xuddi shu natijaga erishiladi; buning uchun efirni haydash yoki suvni tortib oluvchi moddalar bilan bog`lash kerak. OH- ionlari murakkab efirlarning gidrolizlanishini kuchaytiradi: muvozanat kislota bilan spirt tomoniga siljiydi va reaksiya amalda qaytmas bo`lib qoladi, chunki hosil bo`ladigan karbon kislota ishqor ta`sirida tuz hosil qiladi:
CH3COCO2H5 CH+ NaOH 3ONa + HCO2O
Murakkab efirlarning suv bilan o`zaro ta`siri ularning juda muhim kimyoviy xossasidir (oddiy efirlar gidrolizlanmaydi).



Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling