Reja. Murakkab efirlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi


Download 17.75 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi17.75 Kb.
#1411730
1   2   3
Bog'liq
kimyo

Ishlatilishi. Ko`pchilik murakkab efirlar organik moddalarning yaxshi erituvchilari sifatida ishlatiladi. Ulardan meva essensiyalari tayyorlashda ham keng ko`lamda foydalaniladi. Ayrim murakkab efirlar tibbiyotda ishlatiladi: izoamil-nitrit stenokardiya xurujlarini susaytiradi, etilnitrit chakka qon tomirlarini kengaytiradi. 

2. Yog`lar, ularning umumiy xossalari, sovunlar va boshqa yuvish vositalari. 

Yog`lar yuqori bir asosli karbon kislotalar, asosan palmitin, stearin (to`yingan kislotalar) va olein (to`yinmagan kislota) kislotalar bilan uch atomli spirt glitserindan hosil bo`lgan murakkab efirlardir.
CH2CCOH HOO17H35 CH2CCOO17H35
CCOH + HOOCH17H35 CCOO CH17H35 + 3H2O
CH2CCOH HOO17H35 CH2CCOO17H35
glitserin stearin kislota stearin triglitseridi
Tabiiy yog`lar alohida modda emas balki, har-xil triglitseridlar aralashmasidir. Yog`larning hammasi suvdan yengil va suvda erimaydi. Ular benzinda, efirda, uglerod tetraxloridda, uglerod sulfidda, dixloretanda va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Yog`lar barcha o`simlik va hayvonlarda uchraydi. Suyuq yog`lar odatda moylar deyiladi. Qattiq yog`lar (mol yog`i, qo`y yog`i va boshqalar) asosan to`yingan (qattiq) kislotalarning triglitseridlaridan tarkib topgan bo`ladi. Suyuq yog`lar (kungaboqar oyi, pata oyi va boshqlar) esa to`yinmagan (suyuq) kislotalarning triglitseridlaridan tarkib topgan bo`ladi.
Suyuq yog`lar gidrogenlash reaksiyasi yo`li bilan qattiq yog`larga aylantiriladi:
CH2(CHCOO2)7(CHCH=CH2)7CH3 CH2CCOO17H35
(CHCOOCH2)7(CHCH=CH2)7CH3 + 3H2 CCOO CH17H35
CH2(CHCOO2)7(CHCH=CH2)7CH3 CH2CCOO17H35
Gidrogenlanish mahsuloti–qattiq yog` (suyuq yog`) salomas deyiladi va sovun, stearin hamda glitserin ishlab chiqarishga sarflanadi. 


Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling