Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


Mavzuning dolzarbligi va bitiruv malakaviy ishning maqsadi


Download 1.87 Mb.
bet2/24
Sana28.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1136380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar

Mavzuning dolzarbligi va bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Adabiyotlarda e'lon qilinishi bo’yicha, tarkibida efir guruhi saqlovchi birikmalar va ularning hosilalari qatoridan yog’, smola, alkaloid va boshqa muhim organik moddalar uchun erituvchi, parfumeriya sanoatida yoqimli hidli suyuqliklar hamda jonli tanadagi yallig’lanish kasalini to’htatuvchi biologik faol moddalar aniqlangan. Keyingi yillarda yangidan-yangi dori moddalarning ko’plab kashf etilayotganligi, ularning tuzilishini hamda o’zgarishlarini o’rganishda yangi, takomillashgan usul va asboblardan foydalanilayotganligi organik kimyo fanini yanada chuqurroq o’rganish lozimligini taqozo etmoqda.
Shuning uchun ham tarkibida efir guruhi saqlovchi birikmalarni olinish usullari, fizikaviy va kimyoviy xossalarini, ular asosida olinadigan biologik faol moddalarining yaratilish va ishlatilish sohalarini o’rganishni hozirgi kun kimyogarlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri deb hisoblash mumkin.
Ana shu mulohazalarga asoslanib, ushbu bitiruv malakaviy ishida biz tarkibida efir guruhi saqlovchi birikmalarning o’ziga xos xususiyatlarini va ular asosida olinadigan biologik faol moddalarni yaratilishi va ishlatilish sohalarini adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar asosida tahlil qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
Mavzuning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Tarkibida efir guruhi saqlovchi birikmalar asosida olinadigan eng muhim kimyoviy va biologik hususiyatlarni namoyon etuvchi guruhlarga ega hosilalar sintezini o’rganish ishning nazariy ahamiyatini ko’rsatadi. Tarkibida efir guruhi saqlovchi birikmalarning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalalari, ishlatilish sohalari adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bu esa turli ijobiy xossalarga ega bo‘lgan yangi biologik faol moddalar yaratishda, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirishda ma'lum ma'noda qulaylik tug‘diradi.
Shuningdek bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida olingan natijalar va hulosalardan akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida «Efirlar», «Oddiy efirlar», «Murakkab efirlar» mavzularini o‘tishda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni, jumladan, kimyo to‘garaklari ishini tashkil etishda foydalanish mumkin.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling