Atm inglizcha: Asynchronous Transfer Mode


WAN tarmoqlarida qo‘llaniladigan standar texnologiyalar


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana08.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1254210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shaybonov M (KT-12-DI) (M4)

WAN tarmoqlarida qo‘llaniladigan standar texnologiyalar 
ATM texnologiyasining keyingi ishlab chiqilgan variantlarida ma’lumotlarni 
uzatish tezligi 2-10 Gbit/sek-larga etkazilgan. Turli xildagi marshrutizatorlar va 
birlamchi tarmoqlar yordamida qurilgan, hozirda keng qo’llanilayotgan - IP 
texnologiyasi asosida ishlayotgan global tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish 
tezliklarini yanada oshirish imkoniyatlari paydo bo’lmoqda.
4-rasm: Keng tarmoq - Wide Area Networks, WAN 


Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalaniladigan global tarmoqlar ikkita 
katta guruhga bo’linadi:
1. Magistral tarmoqlar.
2. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha 
ulanish tarmoqlari.
Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) 
korxonaning katta bo’limlariga tegishli bo’lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda 
ishlashini ta’minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi. Magistral 
tarmoqqa odatda, ko’p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, 
uning o’tkazish qobiliyati ancha yuqori bo’lishi kerak bo’ladi. Magistral 
tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar deganda, katta bo’lmagan lokal 
tarmoqlarni va alohida ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog’i 
bilan bog’laydigan territorial tarmoqlar tushuniladi. Bunda ishlatiladigan dasturiy va 
apparat vositalar uzoqdan turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya’ni mijoz 
tomonidan bunday vositalar sifatida modem va unga kerak bo’ladigan dasturiy 
vositalar qo’llaniladi. Ko’p sonli ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq 
tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri RAS (Remote Access Server) ta’minlab 
beradi. Bu server – marshrutizator, ko’prik va shlyuz vazifalarini bajaruvchi 
dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo’ladi. Tarmoqlardan iborat bo’lgan 
tarmoqning, ya’ni Internetning arxitekturasi keltirilgan ko’rinishga ega bo’ladi. 
Tarmoqlar orasidagi bog’lanishlar marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi. 
Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq arxitekturasi – ya’ni Internet tarmog’i. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling