Atmosfera bosimi
Download 14.99 Kb.
|
Masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atmosfera bosimini aniqlashga doir mashq va masalalar 1
ATMOSFERA BOSIMI Atmosferaning og’irligi yerning og’irligidan million marta kam bo’lsada, lekin u yer yuzasini katta kuch bilan bosib turadi. Yer yuzasida bir kub metr havoning og’irligi 1 kg 330 g keladi. Havo yer yuzasining har bir metr kvadrat joyiga taxminan 10 tonna kuch bilan bosadi. Inson tanasining yuzasi o’rta hisobda bir yarim metr kvadrat deb oladigan bo’lsak, odam gavdasini 15 tonna kuch bosib turadi. Atmosfera bosimi okean sathida 760 mm simob ustuniga teng. So’nggi yillarda norveg olimi Bekriesning taklifiga ko’ra 1 sm kvadratga bo’linadigan 1000000 dina kuchni standart birlik deb qabul qilinib, bu birlik “bar”deb ataldi. Agar havo bosimi dengiz sathida o’rtacha 1013,2mb (760 mm) bo’lsa, dengiz sathidan yuqoriga ko’tarilgan havo siyraklashib, uning bosimi kamayib boradi. Bosimning 1 mm kamayishi uchun ko’tarilishi zarur bo’lgan balandlik barometrik bosqich deb ataladi. Yer yuzasiga yaqin bo’lgan pastki qismida har 10 metr ko’tarilganda bosim taxminan 1 mm ga kamayadi. Atmosferaning yuqori qismida barometrik bosqich ortib boradi. Atmosfera bosimi meteorologik stansiyalarda yer yuzasidan 2 metr baland bo’lgan meteorologik qutining ichida joylashtirilgan barometr yordamida o’lchanadi. Barometrlar simobli yoki aneroid bo’ladi.
Atmosfera bosimini aniqlashga doir mashq va masalalar 1. Agar tog’ning etagida atmosfera bosimi 740 mm, uning cho’qqisida 440 mm bo’lsa, tog’ etagi va tog’ cho’qqisining mutloq balandligini aniqlang. 2. Agar 6 qavatli (18m) uy yerto’lasida 760 mm bosim bo’lsa, uy tomidagi atmosfera bosimini hisoblab toping. 3. Dengiz qirg’og’ida atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo’lsa, aholi punktida bu bosim 728 mm ga teng. Aholi punkti joylashgan joyning mutloq balandligini toping. 4. Tog’ etagidagi (mutloq balandlik - 200 metr) atmosfera bosimi 756mm, tog’ cho’qqisida esa 520mm, tog’ning nisbiy va mutloq balandligini toping. 5. Uchib borayotgan dirijablda o’rnatilgan barometr 238 mmni ko’rsatadi. Uning yer yuzasidan balandligini toping. 6. Tog’ etagida bosim 720 mm simob ustuniga teng bo’lsa, tog’ cho’qqisidagi bosim esa 560 mm simob ustuniga teng. Nisbiy balandlikni aniqlang. Download 14.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling