Atmosfera bosimi


Download 14.99 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi14.99 Kb.
#1699763
Bog'liq
Masalalar


ATMOSFERA BOSIMI
Atmosferaning og’irligi yerning og’irligidan million marta kam
bo’lsada, lekin u yer yuzasini katta kuch bilan bosib turadi. Yer yuzasida
bir kub metr havoning og’irligi 1 kg 330 g keladi. Havo yer yuzasining har
bir metr kvadrat joyiga taxminan 10 tonna kuch bilan bosadi. Inson
tanasining yuzasi o’rta hisobda bir yarim metr kvadrat deb oladigan bo’lsak,
odam gavdasini 15 tonna kuch bosib turadi. Atmosfera bosimi okean sathida
760 mm simob ustuniga teng. So’nggi yillarda norveg olimi Bekriesning
taklifiga ko’ra 1 sm kvadratga bo’linadigan 1000000 dina kuchni standart
birlik deb qabul qilinib, bu birlik “bar”deb ataldi.
Agar havo bosimi dengiz sathida o’rtacha 1013,2mb (760 mm) bo’lsa,
dengiz sathidan yuqoriga ko’tarilgan havo siyraklashib, uning bosimi
kamayib boradi. Bosimning 1 mm kamayishi uchun ko’tarilishi zarur bo’lgan
balandlik barometrik bosqich deb ataladi. Yer yuzasiga yaqin bo’lgan pastki
qismida har 10 metr ko’tarilganda bosim taxminan 1 mm ga kamayadi.
Atmosferaning yuqori qismida barometrik bosqich ortib boradi. Atmosfera
bosimi meteorologik stansiyalarda yer yuzasidan 2 metr baland bo’lgan
meteorologik qutining ichida joylashtirilgan barometr yordamida o’lchanadi.
Barometrlar simobli yoki aneroid bo’ladi.

1. Normal atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga yoki 1013,2 milli
barga teng.



Atmosfera bosimini aniqlashga doir mashq va masalalar

1. Agar tog’ning etagida atmosfera bosimi 740 mm, uning cho’qqisida
440 mm bo’lsa, tog’ etagi va tog’ cho’qqisining mutloq balandligini aniqlang.
2. Agar 6 qavatli (18m) uy yerto’lasida 760 mm bosim bo’lsa, uy tomidagi
atmosfera bosimini hisoblab toping.
3. Dengiz qirg’og’ida atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng
bo’lsa, aholi punktida bu bosim 728 mm ga teng. Aholi punkti joylashgan
joyning mutloq balandligini toping.
4. Tog’ etagidagi (mutloq balandlik - 200 metr) atmosfera bosimi 756mm,
tog’ cho’qqisida esa 520mm, tog’ning nisbiy va mutloq balandligini toping.
5. Uchib borayotgan dirijablda o’rnatilgan barometr 238 mmni ko’rsatadi.
Uning yer yuzasidan balandligini toping.
6. Tog’ etagida bosim 720 mm simob ustuniga teng bo’lsa, tog’
cho’qqisidagi bosim esa 560 mm simob ustuniga teng. Nisbiy balandlikni
aniqlang.
Download 14.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling