Atmosfera havosida zaxarli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorini hisoblash
Download 0.52 Mb.
|
1 amaliy
Atmosfera havosida zaxarli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorini hisoblash Sanoat korxonalaridan tashlanayotgan zaxarli moddalarning yer yuzasi sathidagi zaxarlilik darajasi, ularning hisoblab topilgan maksimal qiymati Cmax , mg/m3 bilan aniqlanadi. Cmax, metereologik noqulay sharoitda chiqindi tashlanayotgan joydan bir qancha masofa oralig’ida belginadi. Cmax, ning qiymati har bir modda uchun chegaraviy mumkin bo’lgan miqdoridan (ChMM, mg/m3 ) oshmasligi kerak Cmax ≤ ChMM Atmosferada bir vaqtda birgalikda ta’sir ko’rsatuvchi, bir nechta zaxarli moddalar bor bo’lsa, ularni o’lchovsiz kontsetratsiyalarining yig’indisi 1 dan oshmasligi va quyidagi shart bajarilishi kerak: bu erda, C1, C2, ....Cn - hududning bir nuqtasidagi atmosfera havosiga tushayotgan zaxarli moddalarning kontsetratsiyasi, mg/m3. ChMM1, ChMM2,..., ChMMn - zaxarli moddalarning tegishli mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori. Cmax, ning qiymati -yakka, og’zi dumaloq manbadan issiq holatda tashlanayotgan gaz-havo aralashmalari uchun quyidagi formula orqali aniqlanadi: (1) Cmax, ning qiymati -yakka, og’zi dumaloq manbadan sovuq holatda tashlanayotgan gaz-havo aralashmalari uchun quyidagi formula orqali aniqlanadi: (2) A - atmosferaning temperatura stratifikatsiyasiga bog’liq bo’lgan va ifloslantiruvchi moddalarning vertikal, va gorizontal yo’nalishda tarqalish sharoitlarini hisobga oluvchi koeffitsient. O’rta Osiyoning subtropik zonasi uchun -240, O’rta Osiyoning qolgan rayonlari va Qozog’iston uchun 200; M - ifloslantiruvchi moddaning miqdori, g/s. F - zaharli moddalarning atmosfera havosida cho’kish tezligini hisobga oluvchi o’lchovsiz koeffitsient. Gazsimon moddalar uchun F = l; changlar uchun F = 2 - 3. m va n - gaz-havo aralashmasini manbaning og’zidan chiqish sharoitlarini hisobga oluvchi o’lchovsiz koeffitsientlar. m koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi: (3) f parametri quyidagi formula orqali hisoblanadi : (4) f ≥100 bo’lganda, chiqindilar sovuq, f ≤100 bo’lganda esa issiq hisoblanadi va (1) va (2) formulalari ham tegishli ravishda qo’llaniladi D - chiqindilar manbasining diametri, m. Truba og’zi dumaloq yoki kvadrat bo’lgan xolatlarda truba og’zi diametrini ushbu formula orqali aniqlanadi: (5) bu yerda L – truba og’zi uzunligi, m B - truba og’zi kengligi, m W - gaz-havo aralashmasi manbadan chiqishining o’rtacha tezligi, m/s H - manbaning yer sathidan balandligi, m ∆T- gaz-xavo aralashmasi temperaturasi Tg bilan atrof muhitdagi xavo temperaturasi Tx lar farqi. V1 - gaz-xavo aralashmasining xajmi, m3/s, quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi (6) n - koeffitsient Vm parametriga bog’liq bo’lib, quyidagi formulalardan aniqlanadi: Vm≤0,3 bo’lganda n=3 (7) 0,3≤ Vm ≤2 bo’lganda, (8) Vm≥2 bo’lganda n=1 (9) Issiq chiqindilar uchun Vm quyidagi formulaga binoan topiladi: (10) Sovuq chiqindilar uchun (11) N ta manba uchun Cm quyidagicha hisoblanadi: Issiq chiqindilar uchun:
sovuq chiqindilar uchun: (13) M - barcha manbadan atmosferaga kelib tushayotgan gaz-chang aralashmasining umumiy xajmi, m3/s. V –gaz-havo aralashmalari tashlanadigan barcha manbalarning summar xajmi, m3/s
Yakka manbadan tashlanayotgan zaxarli moddaning miqdorini ChMM dan oshib ketmasligini ta’minlaydigan chegaraviy mumkin bo’lgan chiqindilar miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi: issiq chiqindilar uchun: (15) sovuq chiqindilar uchun (16) bu yerda Cf - zaxarli moddaning fon miqdori, mg/m3. Zaxarli moddalarning miqdori ularning ChMM sidan va maksimal yer yuzasidagi kontsentrastiyasidan oshmaydigan miqdoridagi chiqindini tashlayotgan bitta manba trubasining uzunli (H, m) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: issiq xolatdagi chiqindilar uchun: (17) sovuq xolatdagi chiqindilar uchun: (18) Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling