Konstruksiyalarni chegaraviy holatning ikkinchi guruxi bo'yicha hisoblash Reja


Download 132.92 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi132.92 Kb.
#1520844
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Konstruksiyalarni chegaraviy holatning ikkinchi guruxi bo\'yicha hisoblash


Konstruksiyalarni chegaraviy holatning ikkinchi guruxi bo'yicha hisoblash


Reja

  1. Chegaravaiy holatlar bо‘yicha hisoblash

  2. Chegaraviy holatlarni birinchi guruhi bо‘yicha hisoblash

  3. Chegaraviy holatlarning ikkinchi guruhi bо‘yicha



Tayanch sо‘zlar va iboralar:
ruxsat etilgan kuchlanish, sindiruvchi kuch, chegaraviy holat, chegaraviy holatning birinchi va ikkinchi guruhi, ishonchlilik koeffitsiyentlari.


Chegaravaiy holatlar bо‘yicha hisoblash. 1955 yildan beri temirbeton konstruksiyalari shu usul bilan hisoblanadi. Chegaraviy holatlar usuli buzuvchi kuchlar usulining takomillashgan varianti hisoblanadi. Bu usulga kо‘ra konstruksiya mustahkamligi bir emas, bir necha koeffitsiyentlar orqali hisobalanadi. Mazkur usul bо‘yicha hisoblangan konstruksiyalar birmuncha tejamli bо‘ladi.
Konstruksiyalarni bu usul bо‘yicha hisoblanganda, ularning chegaraviy holatlari aniqalanadi. Konstruksiya elementlari tashqi kuchlarga qarshilik kо‘rsata olmay qoladigan holat – chegaraviy holat deb ataladi. (2)
Chegaraviy holatlar ikki guruhga bо‘linadi. Birinchi guruh bо‘yicha elementlar mustahkamlik, ustivorlik, chidamlilik, sovuqbardoshlilik va hokazolarga hisoblanadi. Ikkinchi guruh bо‘yicha konstruksiyalar bikirlik va yoriqbardoshlilikka hisoblanadi.
Chegaraviy holatalr usulida quyidagi koeffitsiyentlar qо‘llaniladi:

  1. yuklarga doir ishonchliklik koeffitsiyenti tf;

  2. betonga doir ishonchlilik koeffitsiyenti bc va bt;

  3. armaturaga doir ishonchlilik koeffitsiyenti s;

  4. betonning va armaturaning ish sharoiti koeffitsiyenti bi, si;

  5. yuklarning uyg‘unlashuvi bо‘yicha ishonchlilik koeffitsiyenti lc.

Chegaraviy holatlarni birinchi guruhi bо‘yicha hisoblash orqali konstruksiyalar buzilishining (mustahkamlikka hisoblash), konstruksiya shakli ustivorligi yо‘qolishining (ustivorlikka hisoblash), charchash natijasida buzilishining, kо‘p karra takrorlanuvchi yuklar ta’sirida buzilishining, kuch omillari hamda noqulay tashqi muhitni (ketma–ket muzlash erish, namiqish, qurish holatini о‘zgarishi) zararli ta’siri ostida buzilishining oldi olinadi.
Chegaraviy holatlar usulida hisoblash yо‘li bilan konstruksiyaning butun xizmati davomida, shuningdek tayyorlash, tashish va о‘rnatish davrida yuk kо‘tarish bо‘yicha chegaradan chiqib ketmasligi ta’minlanadi. Chegaraviy holatlar birinchi guruhi bо‘yicha hisoblash g‘oyasini quyidagi tengsizlik orqali ifodalasa bо‘ladi:

 Nn,g¦glc  S;Rng/gmgn. (33)


(33) ifodaning chap qismi hisobiy zо‘riqish bо‘lib, hisobiy yuk va turli ta’sirlarning eng noqulay kombinatsiyalarida hosil bо‘lgan maksimal zо‘riqishni ifodalaydi. Bu zо‘riqishning qiymati meyoriy yuklardan hosil bо‘lgan zо‘riqish Nni dan tashqari, yukning о‘zgaruvchanligini e’tiborga oluvchi yuk bо‘yicha ishonchlilik koeffitsiyenti fga, vazifasi bо‘yicha ishonchlilik koeffitsiyenti n ga va (konstrukitsiyani real yuklanish sharoitini e’tiborga oluvchi) yuklarni uyg‘unlashuvi koeffitsiyenti lc ga bog‘liqdir. Tabiiyki, hisobiy zо‘riqish kesimning yuk kо‘tarish qobilyati F dan ortib ketmasligi kerak. F ning о‘zi materialning meyoriy qarshiligi Rni; materiallar bо‘yicha ishonchlilik koeffitsiyenti mi; material va konstruksiyalarning ishlash sharoiti koeffitsiyenti i; yuk kо‘tarish qobiliyatiga ta’sir etuvchi, geometrik va boshqa omillarga bog‘liq bо‘lgan S parametriga bog‘liq miqdordir.



Download 132.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling