Konstruksiyalarni chegaraviy holatning ikkinchi guruxi bo'yicha hisoblash Reja


Download 132.92 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi132.92 Kb.
#1520844
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konstruksiyalarni chegaraviy holatning ikkinchi guruxi bo\'yicha hisoblash

l1+l2+l3≥80 m bo’lgan holat uchun bir xil ishorali bitta uchastka ekvivalent yuk bilan, boshqasi esa 9,81·K kN/m yuk bilan yuklanadi. Bo’lak ishorali ajratuvchi uchastka 20 m dan ortiq uzunlikka ega bo’lsa, bunday holatda u og’irligi 13,73 kN/m bo’lgan bo’sh (yuksiz) poyezd bilan yuklanadi. Kichikroq uzunlikda ushbu uchastka yuklantirilmaydi. l1+l2+l3<80 m bo’lganida bir xil ishorali ikkita uchastka o’z ekvivalent yuklari bilan yuklantiriladi.
Chidamlilikka hisoblashda zo’riqishlarning maksimal va minimal qiymatlari,  yukidan (u bilan faqat bitta uchastka yuklantiriladi) hamda 9,8 K kN/m yukidan iborat bo’lgan harakatlanuvchi sostav bilan eng nomaqbul yuklanishida aniqlanadi. Yuklantirish ta’sir chizig’i uchastkalar bo’yicha olib boriladi, chunonchi harakatlanuvchi tarkib avval bir yo’nalishda, so’ngra esa teskari yo’nalishda o’tkaziladi. Тutash to’sin uchun montaj bosqichlarini ko’rib chiqishda, doimiy yukdan sodir bo’lgan zo’riqishlarni e’tiborga olib, ta’sir chizig’ini yuklantirish natijalari bo’yicha tarhiy epyuralar quriladi. Uch oraliqli to’sin uchun momentlarning tarhiy epyurasi (3.4-rasm) momentlar ishorasi musbat bo’lgan, I va V uchastkalarga, manfiy momentli III uchastkaga hamda kesimlarida ikkala ishorali momentlar ta’sir etadigan II va IV uchastkalarga ega.



3.3-rasm.Тutash to’sinning ta’sir chizig’ini yuklantirish






3.4-rasm.Тutash to’sin uchun momentlarning tarhiy epyura




Ballast koritasi plitasidagi zo’riqishlarni aniqlash
Oraliq qurilmalar ballast koritasining plitalari ikkita vazifani bajaradi: yuk ko’taruvchi bosh to’sinlarning tarkibiga kiradi, shuningdek, ko’prikning o’qiga nisbatan ko’ndalang yo’nalishda egilishga ishlab, vaqtincha yukni bevosita qabul qiladi. Plitaning ko’ndalang yo’nalishdagi hisobi ko’prik o’qi bo’ylab 1 m kenglikda ajratilgan polosa uchun bajariladi.
Industrial ikki blokli oraliq qurilmalar ballast koritasining plitasi, odatda, po’lat list bilan berkitilgan yaxlitlanmagan bo’ylama chokka ega. Ushbu holatda plitani blokning qovurg’asiga qotirilgan ikki konsolli to’sin deb qarash mumkin (3.5-rasm). Ballast plitasini hisoblashda vertikal vaqtincha yukning ta’siri 19,6·K kN/m ga teng qabul qilinadi. Хarakatlanuvchi sostavdan bosim ballast orqali, plitaning ayrim kesimlarini hisoblashda nima nomaqbulroqligiga bog’liq holda, V=2,7+h yoki V=2,7+2h kenglikka taqsimlanadi. Bu yerda 2,7 m shpala uzunligi; h=0,35 m – shpalalar tovonidan plitaning ustigacha bo’lgan masofa. V ning eng chetki ikkita qiymati uchun xarakatlanuvchi sostavdan plitaga ko’ndalang yo’nalishdagi 1 m uchun yuk: qυ1=89,96 kN/m va qυ2=80,70 kN/m.

3.5-rasm. Ikki konsolli plitaning hisobiy sxemasi


Doimiy va vaqtincha yuklar, hisob-kitobning turiga bog’liq bo’lgan tegishli koeffitsiyentlar bilan kiritiladi. Dinamik va ishnochlilik koeffitsiyentlari plitaning ko’ndalang yo’nalishdagi hisoblarida λ=0 qiymatida hisoblab topiladi. Тrotuarga tushadigan vaqtincha yuk 9,81 kPa (plitaga ko’ndalangiga 9,81 kN/m) ga teng deb qabul qilinadi, biroq, vaqtinchalik poyezd yuklari bilan birgalikda e’tiborga olinmaydi. Relslar bevosita temirbeton plitaning ustiga yotqizilganida vertikal vaqtincha yukdan bosim 24,5·K kN/m ga teng qabul qilinadi. Shu o’rinda, ko’ndalang yo’nalishda bosim oraqistirma kengligida taqsimlanadi, deb hisoblash mumkin. Undan tashqari, g’ildiraklarning rels o’qidan qo’riqlov moslamalarigacha bo’lgan masofaga teng og’ishida xarakatlanuvchi sostavning o’qi relslardan chiqib ketgan hollar uchun ham xuddi shu yukning o’ziga hisob-kitob qilish lozim. Me’yoriy yuklar aniqlanganidan so’ng, ko’prik o’qi bo’ylab plitaning 1 m ga to’g’ri keladigan eguvchi moment va ko’ndalang kuchlar topiladi.


Mustahkamlikka hisoblashda chap konsol uchun moment


(3.3)

bunda γf1 va γf2 – konstruksiya hamda ballastning xususiy og’irligi uchun ishonchlilik koeffitsiyentlari;



Download 132.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling