Atmosfera havosini ifloslanishining insonga ta’siri va undan muhofazalanish


Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez sur’atlarda o’sishi va insonning tabiatga ta’siri


Download 117.5 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1154038
1   2   3   4
Bog'liq
. TABIAT VA JAMIYAT O\'RTASIDAGI MUNOSABATLAR. ILMIY TEXNIKA REVOLUTSIYASINING TABIATGA TA\'SIRI

3 Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez sur’atlarda o’sishi va insonning tabiatga ta’siri. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez sur’atlarda o’sib borishi insonning tabiatga ta’sir doirasini kengaytirib yubordi. Ayniqsa, “insonning tabiat ustidan qozongan g’alabasi” dan mag’rurlanib amalga oshirilgan tadbirlar tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro muvozanat “tarozini” butunlay buzilishga olib keldi. Insonning tabiatga ta’sirining salbiy oqibatlari, pirovard natijada uning o’ziga og’ir kulfatlar keltira boshladi.
Sanoatning kislorodga bo’lgan ehtiyoji orta borayotgan bir paytda, sayyoramiz o’simliklari ishlab chiqarayotgan kislorodning chorak qismiga yaqini inson tomonidan yoqib yuborilmoqda. Yana yiliga atmosfyera tarkibidan ishlab chiqarish maqsadlari uchun 90 mln. t kiclorod va 70 mln. t. azot olinmoqda. Olimlarning hisoblaricha yiliga yoqib yuborilayotgan kislorodning 1% i qayta tiklanmay qolavyersa, yana VI-VII asrdan so’ng yer atmosfyerasi kislorod zahirasining 70% ga yaqini tugashi mumkin ekan.
Buning ustiga Yer sharida kislorodning asosiy manbai hisoblangan o’rmonlar maydoni yil sayin (125 ming km2 ga) qisqarmoqda. Inson sayyoramiz yashil boyligi-o’rmonlarni 50% dan ortig’ni kesib bo’ldi. Evropa mamlakatlarida o’rmonlarning 85-95% i kesib yuborilgan bo’lsa, AQSh da o’rmonlar maydoni qadimgi 900 mln. ga dan 260 mln. ga ga qisqardi. Hozir Hindistonning 18% hududi o’rmon bilan qoplangan bo’lsa, XXR da bu ko’rsatkich atiga 9% ni tashkil etadi.
Inson xo’jalik faoliyati natijasida atmosfyeraga yiliga faqat turli yoqilg’ilar yoqish hisobiga 22 mlrd..t. karbonad angidrid, 200 mln..t. dan ortiq uglyerod oksidi, 160 mln..t. sulfat oksidi, 50 mln..t. azot oksidi,yana shuncha uglevodlar, 250 mln..t. turli kimyoviy zarrachalar-ayerozollar hamda 300 ming t. qo’rg’oshin chiqarilmoqda.
XX asr o’rtalarida faqat toshko’mir yoqishning o’zidan yer yuzasiga har yili 2 mlrd. t. shlak chiqarilgan. Faqat yoqilg’i yoqish maqsadida esa 15 mlrd. t. kislorod sarflanmoqda.
Hozir inson quruqlik yuzasining 60% dan ortiq qismidan o’z maqsadlari uchun foydalanayotgan bo’lsa (30% dan ortig’ida qishloq xo’jalikda, 11% da yerlarni haydab ekin ekmoqda), 20% dan ortig’ini turli qurilishlar tufayli butunlay o’zgartirib yuborgan (XX asrning o’zida bunday yerlar 250 mln.. ga. ga ortdi), 100 mln.. ga. yer faqat shaharlar qurilishi bilan band, sanoatlashgan hududlarning yarmidan ortig’ini muhandislik qurilmalari egallagan.
O’rmonlarning betartib kesib yuborilishi oqibatida keyingi 80-90 yil mobaynida dunyo bo’yicha sug’oriladigan yerlarning chorak qismi yeroziyaga uchrab (AQShda yeroziyaga uchragan yerlar 50% ga yaqinlashdi) qishloq xo’jalikda foydalanishga yaroqsiz holga kelgan bo’lsa, suv yeroziyasi tufayli yiliga 24*109 t. tuproqlarning unumdor qismi yuvilmoqda.
Yeroziyaning muqarrar rivojlanishi evaziga, keyingi asr mobaynida 2 mlrd. ga yer yaroqsizlandi, yiliga 200-300 ming ga yer sho’rlanish va botqoqlashish evaziga qishloq xo’jalik ahamiyatini yo’qotmoqda.
1940 yilda 10 mln. t, 1983 yili 124 mln. t minyeral o’g’itlar ishlab chiqilgan bo’lsa, hozirda yiliga 200 ming t. pestitsidlar ishlab chiqarilmoqda.
Ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar uchun yiliga sayyoramiz bo’yicha 4000 km3 suv talab etilayotgan bir paytda suv havzalarining, xususan dunyo okeani ifloslanish darajasining hozirgi ahvoli juda achinarli holdir.
Hozir inson Yerdagi barcha kimyoviy elementlardan foydalanishdan tashqari yangilarini ham kashf etdi (XIX asrgacha 28 ta, XIX asrda esa 50 ta, XX asr boshlarida 59 ta kimyoviy elementdan foydalangan). Yillik enyergiyaga bo’lgan ehtiyoj 15 mlrd.. t. shartli yoqilg’i hisobiga qondirilmoqda. Yer qa’ridan yiliga 5 mlrd.. t. ko’mir, 3 mlrd.. t. neft va gaz kondensati, 700 mln. t temir rudasi, bir necha o’n million tonnalab: fosfat va kaliy tuzlari, boksid, marganets rudasi, million tonnalab: mis, kaliy, qo’rg’oshin, azbest, flyuorit, minglab tonnalab: oltin, toriy va boshqa qazilma boyliklar olinmoqda. Agar minyeral resurslardan foydalanish shu tarzda davom etadigan bo’lsa, mutaxassislar hisobi bo’yicha alyumin 550, ko’mir 500 , temir 250 , qalay 23 yilga etishi mumkin. Umuman 2500 yilga borib, barcha metallar zahirasi batomom tugaydi, degan bashoratlar mavjud (Ananichev).
Birgina Sobiq Ittifoq hududida tabiiy resurslarga bo’lgan ehtiyoj 1914 yilda jon boshiga 7 tonnani tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 1940 yilda 8,6 t, 1960 yilda 17,3t, 1975 yilda 25,6 t ni tashkil etdi. Dunyo bo’yicha tabiiy resurslar va suvdan foydalanish yiliga 5% ga, enyergiya ishlab chiqarish 8%ga ortdi.
Keyingi III-IV asr mobaynida inson tomonidan Yer yuzasidagi qushlarning 94 turi, sut emizuvchilarning 63 turi butunlay qirib yuborilgan, 500 turi yo’qolish arafasida.
Shubhasiz, jamiyat rivojlanib borgan sari uning tabiatga ta’siri, tabiiy resurslardan foydalanish me’yori va tabiatni o’zgartirish imkoniyatlari ortib boradi. Ammo tabiatdan foydalanish va o’zgartirishning ham me’yori bor, o’sha me’yorni bilmaslik oqibatida endi tabiatning inson hayotiga va uning xo’jalik faoliyatiga teskari ta’siri namoyon bo’la boshladi.
XX asrda amalga oshirilgan qator yirik kashfiyotlar insoniyatning tabiatga va unda sodir bo’layotgan hodisalarga munosabatida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Endilikda insoniyat fan-texnika taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam ko’ydi. Iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida kompyutyer, mikroelektronika, informatika va biotexnologiya yutuqlaridan keng foydalanish ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirishi bilan birga tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishga yo’l ochayotgan bo’lsada, fan-texnika yutuqlarini hayotda keng qo’llanilishi tufayli tabiatda bir qator muammolar ham vujudga keldi. Bunday noqulay ekologik sharoitlar hayot maqomining o’zgarishiga, kishilarning jismonan va ruhan toliqishiga, ularda turli surunkali-og’ir kasalliklarning paydo bo’lishi bilan birga, katta miqdorda ijtimoiy-iqtisodiy zarar ham keltira boshladi. Endi tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yo’nalishi faqat ilmiy asosda tabiatni, umuman biosfyerani saqlashga qaratilmog’i darkor. “Inson biosfyeraning vazifasini engillashtirishga yordam byerishi lozim-deb yozadi akademik S.S. Shvarts-aks holda u vayron bo’ladi va Yerda hayot yo’qoladi.” Inson aslo bunga yo’l qo’ymasligi kyerak. Ammo vujudga kelgan ekologik muammolarni bartaraf etish o’ta dolzarb, murakkab, syerqirra, jumladan: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy va ilmiy masaladir. Uni ilmiy asosini yaratishda ekologiya fanining ahamiyati beqiyosdir.
Tabiiy muhitni muhofazalash, uning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biriga aylangandir.
Turli xil sanoat korxonalarining rivojlanishi so’zsiz tabiiy muhitga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Bu ta‘sirni oldindan ko’ra bilib, tegishli chora tadbirlarni ko’rish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish, foydali tomonlarini oshirishni boshlaydi.
Islom Abdug’anievich Karimov o’zlarining “O’zbekiston XXI - asr bo’sag’asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarlarida O’zbekistondagi ekologik muommolarga alohida e‘tibor berganlar. Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z - o’zini o’limga mahkum etish bilan barobardir. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan tabiatning o’zaro ta‘siriga oid bir qator muammolarni hal etish faqat bir mamlakat doirasida cheklanib qola olmaydi. Ularni butun sayyoramiz ko’lamida hal etish zarur. Ekologiya muammosi Yer yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir.
Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo’lmas darajada o’zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan taxminlarga qaraganda, oldini olib bo’lmaydigan darajada xavf tug’dirmoqda. Ammo uning tarqalishini kamaytirish texnogen va ijtimoiy - madaniy oqibatlar shiddatini to’xtatish zarur.
Buning uchun turli soxa mutaxassislari o’zlarining ekologik bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhiti shikastlamaslik choralarini ko’rmoqlari kerak.
Salbiy ekologik oqibatlarning asosiy sabablaridan biri yer, suv, mineral xom-ashyolardan foydalanish printsiplarini buzilishidir.
Aynan shu printsip xalq xo’jaligining kam samarali - ekstensiv yo’ldan borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy qilinishiga to’sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga zarar yegkazgan holda rejani bajarish kabi g’ayri ekologik yondashuvni keltirib chiqardi. Chang va tuzlar shamol bilan hududlarda yog’ilib, yomg’ir suvining minerallashuvini, yerlarning sho’rlanishini, tog’dagi muzliklarning erishini tezlatishga sabab bo’lmoqda. Markaziy Osiyo hududida quyosh haroratining yuqori bo’lishi inson organizmida qon almashinishish kuchaytiradi, ko’p miqdorda terlatib, ayrim kimyoviy moddalarning teri orqali so’rilishga, hatto me‘yornomada ko’rsatilgan eng kichik raqam ham halokatli zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Bunday sharoitda ruhiy (85%) va asab xastaligi (109%) ga, nafas olish a‘zolarini xastaliklari (108%) ga ko’payadi. Tarkibida nitrobirikmlar mavjud bo’lgan suv va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat iste‘mol qilish moddalar almashinuvi, tayanch harakat va asab tizimlari xastaliklarini, irsiy nuqsonlarni keltirib chiqardi.
Respublikada Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va boshqa bir qator joylarda kimyoviy, neft-kimyoviy hamda mikrobiologik tarmoqlar korxonalarning, ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining ko’pligi va rivojlanganligi tufayli ekologik sharoit keskinlashdi. Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyumin zavodining salbiy oqibatlari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho’rchi va Oltinsoy tumanlarida sezildi. Natijada anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib ketdi, aholi salomatligi esa yomonlashdi.
«Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida» 1992 yil 9 dekabrda O’zbekistan Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olim, mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya va sog’lomlashtirish muammolariga jalb etish shuningdek, xalqning ekologik bilimini oshirish maqsadida 1992 yilda xalqaro Ekosan jamg’armasi tashkil etildi. Natijada ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish usullariga utish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishiga erishildi.
Tabiiy muhitni muhofazalash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori uni shikastlab, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga nisbatan kamdir. Shuning uchun xavfli holatlarni oldindan bilish, tegishli choralarni ko’rish, asosiy vazifalaridan biridir.
Ekologiyaning barcha soha tarmoqlarini faqat bitta soha mutaxassisi o’zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun ular ekologiyaning o’zlariga tegishli yo’nalishlarini o’zlashtirsalar va unga amal qilib ishlasalar, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sanoatning rivojlanishi va ayniqsa, transport vositalarining o’sishi natijasida atmosferada karbonat angidrid, oltingugurt, azot birikmalari va organik yonilg’ilarni yonishi yoki chala yonishi natijasida ajralib chiqayotgan har xil birikmalar miqdori tobora ortib bormoqda.
Kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini eng avvalo tutash texnologik tsiklli chiqitsiz (ya‘ni chiqindilarni ekologizatsiyalash) ishlab chiqarishlarni yaratish yo’li bilan hal qilinadi. Buning uchun ayrim hollarda butun texnologik jarayonni yoki uning bosqichlarini tubdan o’zgartirish, gazlardan zararli moddalarni ajratib olish va utillashtirish usullarini ishlab chiqish, suv qaytarish sistemalarini qo’llash lozim. Chiqitsiz ishlab chiqarishning kelajagi – bu hududiy-sanoat komplekslari bo’lib, ularda bir korxonaning chiqindisi ikkinchisi uchun xom-ashyo bo’lib xizmat qiladi. Ba‘zi soxalar uchun ekologizatsiyalashning muayyan modellari ishlab chiqilgan.
Fan-texnika vositalari atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishini istisno etishga to’la imkon bermayotgan hozirgi vaqtda atrof-muhitning kishilar, hayvonlar va o’simliklar dunyosi uchun xavfsizligini kafolatlovchi standartlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ularni ishlab chiqishda Standartlar xalqaro tashkiloti, uning qumitalari va ba‘zi mamlakatlarning standartlash idoralari muhim rol o’ynaydi. Sog’liqni saqlash xalqaro tashkiloti (VOZ) insonni sog’liqni saqlash darajasini nazorat qilish uchun xalqaro xizmat yaratildi. Nazorat stantsiyalarining tarmog’i respublika miqyosida, atrof-muhitning ifloslanishi, iqtisodiyot va urbanizatsiya darajasi bilan belgilanadi.
O’zbekistonda atmosfera havosining, suv havzalari va tuproqning holati atrof-muhit ifloslanish darajasini kuzatish va nazorat qilish umumdavlat xizmati barpo etilgan. Davlat sanitariya nazorati xizmati, gaz tozalash va chang tutish qurilmalari ishini nazorat qilish bo’yicha Davlat inspektsiyasi, regional inspektsiyalar, idoralar, korxonalar, korxonalardagi sanitariya laboratoriyalari va boshqa xizmatlar tomonidan nazorat qilinadi.
Tashqi muhitni nazorat qilish va kuzatish Davlat xizmatiga O’zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat qumitasi boshchilik qiladi. Mazkur qumita qoshida atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilish bo’yicha Davlat inspektsiyasi yaratildi. Tabiiy muhitni o’rganish va ifloslanishini nazorat qilish bo’yicha markazlar bor. Respublikaning ko’pgina shaharlarida suv havzalarining ifloslanishini avtomatlashtirilgan sistemalar yordamida nazorat qilinadi.
Respublikamiz kimyogarlari va ekologlari oldida hali o’z yechimini kutayotgan ulkan muammolar turibdi. Bu muammolar jumlasiga sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindilarini qayta ishlash natijasida xalq xo’jaligi uchun muhim bo’lgan materiallar olish, chiqindisiz va kam energiya talab etadigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, atrof-muhit va inson salomatligi uchun zararli hamda kam miqdorda sarflanadigan o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini yaratish, sanoat oqova suvlarini tozalash uchun samarali sirt-aktiv birikmalarni tanlash, tegishli xossalarga ega bo’lgan kompozitsion, konstruktiv yangi materiallar va elektr o’tkazuvchan polimerlar olish va h.k.larni kiritish mumkin.
Demak, «Atrof-muhitni muhandislik himoyasi va uskunalari» fanining asosiy maqsadi atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar, ya‘ni sanoat korxonalari ajratmalari, qattiq va suyuq moddalar hamda boshqa turdagi moddalarni atrof-muhitga yetkazadigan zararlarini, himoyalanish chora-tadbirlarini, shuningdek qo’llaniladigan zamonaviy texnika va uskunalarning turlari, ularning ishlash printsiplari, tuzilishlarini muhandislik nuqtai nazaridan turib o’rganishdi.
Keyingi yillarda inson va tabiat o’rtasidagi muvozanatni to’g’ri belgilash, tabiat boyliklari va ob‘ektlarini muhofaza qilish, aholining kafolatlangan atrof-muhitga egaligini ta‘minlash- har qachongidan ham muhim va dolzarb masala bo’lib qolmoqda.

Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling