Erituvchi moddalarni ushlab qolish rekuperasion qurilmalarda amalga oshiriladi. Adsorbent sifatida bunday holatlarda faqat faollashtirilgan ko’mirdan foydalaniladi. Rekuperasion qurilmalarining ishlash samaradorligi, (ya’ni erituvchi moddalarni ajratib olish darajasi) 85-95% ni tashkil yetadi. Erituvchining adsorberdan chiqib ketayotgan gaz tarkibidagi qoldiqlari 0,5 g/m3 ni tashkil etishi mumkin. - Erituvchi moddalarni ushlab qolish rekuperasion qurilmalarda amalga oshiriladi. Adsorbent sifatida bunday holatlarda faqat faollashtirilgan ko’mirdan foydalaniladi. Rekuperasion qurilmalarining ishlash samaradorligi, (ya’ni erituvchi moddalarni ajratib olish darajasi) 85-95% ni tashkil yetadi. Erituvchining adsorberdan chiqib ketayotgan gaz tarkibidagi qoldiqlari 0,5 g/m3 ni tashkil etishi mumkin.
Adsorbentlar orasida faollashtirilgan ko’mir bir qator afzalliklarga ega: - Adsorbentlar orasida faollashtirilgan ko’mir bir qator afzalliklarga ega:
- 1. Faollashtirilgan ko’mir gidrofob materialdir, ya’ni namlikni uziga shimib olmaydi.
- 2. U organik suyuqliklar bug’ini yuqori darajada yutib olib qobiliyatiga ega.
- 3. Faollashtirilgan ko’mir nihoyatda mustahkam bo’lib, tarkibida modda qoldiqlarini ushlab qolmaydi.
- 4. Desorbsiya jarayonlari o’tib bo’ltandan keyin, faollashtirilgan ko’mirni quritish va atmosfera havosiga sovutish mumkin.
- 5. Adsorbsiya rekuperasion qurilmalarida shilatiladigan bunday ko’mirni 10 ming marotabagacha qayta ishlatish mumkin.
Konsentrasiyasi 10 g/m3 ga teng bo’lgan 1 tonna erituvchi moddaning faollashtirilgan ko’mir yordamida ushlab qolish uchun quyidagilar sarflanadi: - Konsentrasiyasi 10 g/m3 ga teng bo’lgan 1 tonna erituvchi moddaning faollashtirilgan ko’mir yordamida ushlab qolish uchun quyidagilar sarflanadi:
- Bug’ (bosimi 0,3-0,5 MPa), tonna 2,0-3,5
- Sovutilgan (150 S) suv.m3 30-50
- Elektr energiyasi, kVt.soat 100-250
- Faollashtirilgan ko’mir, kg 0,5-1,0
- Ushbu ko’rsatgichlardan xulosa shuki, adsorbsiya rekuperasion kurilmalarda ishlatiladigan ko’mirning miqdori kichik (hammasi bo’lib 0,5-1,0 kg atrofida) bo’lsa ham, ammo boshqa sarflar nihoyatda ko’pdir. Masalan, 1t erituvchi moddani ajratib olish uchun 30-50 tonna sovutilgan suv va 100-250 kVt soat elektr energiyasi sarf bo’lishi mumkin. SHuning uchun hozirgi paytda bunday qurilmalar faqat qimmatbaho moddalarni va yuqori zaharli moddalarni yutib olish va rekuperasiya qilish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |