Joriy etilgan tartibga muvofiq qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi amaliyotida qo’llanish uchun tavsiya etilgan har qanday yangi pestitsid modda oldin toksikologik jihatdan sinab ko’rilishi zarur.
Yangi moddani shu tariqa o’rganish asosida uni qishloq xo’jaligida ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi to’g’risidagi muammo hal qilinadi, shu bilan birga preparat qanday sharoitlarda foydalanilganda butunlay havfsiz bo’lishi belgilab beriladi.
Mazkur kimyoviy modda bilan ishlash vaqtida uning qanday konsentratsiyada havoda bo’lishiga yo’l qo’yilishi, oziq-ovqat mahsulotlarida ko’pi bilan qancha bo’lishiga ruxsat etilishi aniq ko’rsatib beriladi.
Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligida o’simliklarga purkash, changlash, urug’larni dorilash va ba’zi boshqa ishlar vaqtida qattiq yoki yog’li pestitsid zararlaridan iborat aerozollar hosil bo’ladi.
1. Me’daga (kuzatuvda bo’lgan hayvonlarning me’dasiga) yuborilganida ko’rsatadigan ta’siriga qarab:
2.Teridan so’rilib ta’sir qilishiga qarab:
3.Uchuvchanligiga qarab:
4.To’planishi (kumulyatsiyalanshi)ga qarab:
5.Chidamliligiga qarab (tashqi muhitda):
6.Xavfli o’smalar paydo qilishi (kanserogenligi)ga qarab:
7.Mutagenligiga qarab:
8.Teratogenligiga qarab:
9.Embriotropligiga qarab:
10.Allergik xossalariga qarab:
Pestitsidlarni qo‘llash usullarini tadbirkorlik bilan olib borish tufayli atrof-muhitni ifloslanishdan ma’lum darajada saqlashga imkon tug‘iladi, qulay ekologik holat saqlanadi.
Purkash-dorilashga mo’ljallangan o’simliklarga zaharli ximikatlarni eritmalar holida (bunda o’simliklarga zaharli suv yoki organik erituvchilarda eritilgan bo’ladi), suspenziyalar holida (bunda suvda erimaydigan qattiq pestitsid suvga aralashtirilganidan keyin unda muallaq turadigan qattiq zarralar holida bo’ladi) va emulsiyalar holida (bunda suvda erimaydigan pestitsid suyuqlik ko’rinishida bo’lib, suv bilan aralashtirilganidan keyin bir jinsli purkash tomchilar holida muallaq qoladi), don omborlari, issiqxonalar va boshqa binolarni yuqumsizlantirish uchun ham shu usuldan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |