Tayyorladi: "Iqtisodiyot " kafedrasi katta o’qituvchisi


Download 1.77 Mb.
Sana15.12.2020
Hajmi1.77 Mb.
#167847
Bog'liq
iqtisod1


Tayyorladi: “Iqtisodiyot ” kafedrasi katta o’qituvchisi

Mamadiyorov O.

1- МAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI

REJA

  • Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
  • Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar
  • Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari
  • Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni
  • Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi.

1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti

Aristotel bu fanni uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb qaragan bo‘lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabining vakillari uni boylik to‘g‘risidagi fan deb hisoblaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti

iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy vosita va ne’matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o‘rganishdan iborat.

2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlar va uning turlari.

1.Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar;


Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.



3. Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni.

3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari


Iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:

Induksiya va deduksiya usuli

Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatasa deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.

4. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni

Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi

5. Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi.

YER Iqtisodchillar uchun yer ko’p insonlarga qaraganda ko’proq ma’no kasb etadi, jumladan, ekin maydonlari, o’rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suv resurslarini tashkil etadi.


Iqtisodiy resusrslar to’rtta

Mehnat Insonlarning ko’rsatadigan hamma turdagi mehnatlarini umumlashtirib, “mehnat”deb atash mumkin bo’ladi.

Kapital Iqtisodchilar uchun kapital yoki capital mahsulotlariga iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarishda kerak bo’ladigan barcha vositalarni kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, yetkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Iqtisodchilar kapital tovarlari xaridiga investitsiya deb qaraydilar

Tadbirkorlik qobiliyati Inson mehnatidan farqli o’laroq boshqaruvchilik qobiliyati mahsus inson resurslariga kiradi.

Iqtisodiyot va iqtisodiy faoliyat

Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hamda ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzulmaviy muassasalarning ma’lum darajada tartibga solingan tizimidir.

Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning shakllanishi

Ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni, Hadislarni, Qobusnomani, bobokalonlarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarida insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, shuning uchun ularni yaratish maqsadida mehnat qilish lozimligi boz-boz uqtirilgan.


Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi.

Merkantlizmning Angliyadagi asosiy nazariyachisi Tomas Men (1571-1641) hisoblanib, shu oqim nuqtai nazdida davlatning ichki va tashqi siyosati asoslanadi. Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm siyosatiga tayanadi, ya’ni davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan yuqori bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta’minlashi zarurligiga e’tibor qaratadi.

Fiziokratiya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib tarjimasi “tabiat hukmronligi” degan ma’noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694-1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha “sof mahsulot” vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi.

A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va turmush favovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob’ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi.

A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va turmush favovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob’ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi.


A. Smitning “ko‘rinmas qo‘l” qoidasida bozor kuchlari (erkin narxlar, talab va taklif, raqobat) va obyektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta’siri nazarda tutiladi. U davlatning jamiyatdagi yangi sinfi – kapitalist – tadbirkorlar xo‘jalik ishlariga aralashmasligini yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiiy erkinlik siyosati uning nazariyasida ilmiy asoslangan va quyidagilarni ko‘zda tutadi: ishchi kuchining erkin harakati, yer bilan erkin savdo, sanoat va savdo faoliyat qilishini davlat tomonidan reglamentlashtirishni bekor qilish.

Ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Keyns (1883-1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi.
Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling