Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar


Download 35 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi35 Kb.
#1444272
  1   2
Bog'liq
Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar


Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar
R e j a:
1. Ranli metallurgiya.
2. Qora metallurgiya.
3. Nometall minerallar
4.Neftni tozalash.
5. Ximiya sanoati

1. Rangli metallurgiya.
Turli energiyani ishlab chiqaruvchi sanoatda yoqilg`ini yonishidan atmosfera
ifloslanadi, ya‘ni ximiya, metallurgiya, neftni qayta ishlovchi sanoatlarga tegishli.
Masalan, sulfid minerallarini kuydirish natijasida, ya‘ni qo`rg`oshin, ruxli va mis
rudalarini kuydirish natijasida -SO2 oksidi atmosferaga tushadi.
Mis rudalarini birlamchi kuydirish natijasida chiqadigan gazlardan 8 % ni
oltingugurt tashkil etadi. Sulfid minerallari galenit va rux (ZnS) sulfidlarni
kuydirish natijasida Rb va Zn hosil bo`lib, chiqadigan gazlardan 6 % ni SO2
tashkil etadi, bu esa sulfat kislota sanoatida qo`llaniladi.
2. Qora metallurgiya.
Qora metallurgiya ishlab chiqarish asosida yuqori temperaturada po`lat va
cho`yanni ishlab chiqarish yotadi. Temir rudalarini suyuqlantirib toza temir bilan
6 % uglerod olinadi. Bu esa cho`yan va po`lat olish uchun qo`llaniladi.
Rudani qazish va qayta ishlash natijasida atmosferaga katta miqdorda uning
changlari chiqadi. Domnali pechda kydirish natijasida chiqadigan gazlar tarkibida
SO bo`ladi. Bunday gazlar qimmatbasho yoqilg`i bo`lib po`lat ishlab chiqarishda
qo`llaniladi. Po`lat ishlab chiqarishda reaktsiya ushlab turilishida kislorod hosil bo`ladi. Bu jarayon natijasida tutun gazlar hosil bo`ladi, bu gazlar tarkibida sulfidlar, merkaptanlar va boshqa ximiyaviy moddalar bo`lib, turlicha yoqimsiz hidga ega.
3. Nometall minerallar.
Asbest, qum, maydalangan jinslar tsement tayyorlash uchun yo`lni
qoplashda, ko`mir olishda qo`llaniladi. Bu materiallar portlash yordamida olinadi,
eziladi, omborga olib boriladi va tegishli qo`llaniladigan joyga yuboriladi. Ko`mir
esa turli aralashmadan tozalash uchun yuvishga yuboriladi.
Qum va ohaktoshni ximiyaviy qayta ishlash natijasida tsement va shisha
olinadi. Tsement ishlab chiqarishda maydalangan ohaktosh pechda kuydiriladi,
natijada mayda oshaktosh changlari chiqadi. Shisha olishda qum va maydalangan
shisha siniqlari pechda suyuqlantiriladi, natijada tutun va gazlar hosil bo`ladi,
bular tarkibida zaharli mashsulotlar karbonatlar, nitratlar, xloridlar, ftoridlar
bo`ladi. Bu barcha manbalarni qazib olish, maydalash, tashish materiallarni
saqlashda yuqori miqdorda qo`pol va mayda changlar hosil bo`ladi. Bu esa ishlab
chiqarishda ishchilar uchun jiddiy xavf tug`diradi.
4. Neftni tozalash.
Neftni tarkibida oltingugurt, organiq uglevodorodlar, anorganiq birikmalar,
ishqoriy va ishqoriy yer metallari bo`ladi.
Neftni tozalash va qayta ishlashda turli uglevodorodlar-reaktiv yoqilg`i,
mazut, bitum neft ximiyaviy sanoat uchun olinadi.
Neftni qayta ishlashda past sifatli neftni yonishi havoni ifloslaydi.
Mash‘alani yonish rejimi buzilishi natijasida mayda qurum zarrachalari hosil
bo`ladi, shuningdek katalitik krekinglashda atmosferaga qattiq zarrachalar tushadi.
Bu jarayon mavhum qaynash qatlamli reaktorlarda amalga oshiriladi, katalizatorni
jarayonda ko`p marotaba qo`llash natijasida vodorod sulfid va merkaptan hosil
bo`ladi. Bu moddalar yoqilg`ini yengil navlari ajralishida hosil bo`lib, dvigatelni
korroziyaga uchrashiga sabab bo`ladi. Texnologiyadan ratsional foydalanish
natijasida bu moddalar yig`ib olinadi va oltingugurt olishda qo`llaniladi. Neft
mashsulotlarini tozalashda klapan, truba quvuri, reaktor, rezervuar yoriqlaridan
uglevodorodlarni oqishi kuzatilib, bu yo`qotishlar neftni qayta ishlash jarayonini
to`g`ri boshqarish orqali kamaytiriladi.
5.Ximiya sanoati.
Ximiya sanoatida turli xom ashyo turlari ishlatilib, ulardan turli ko`rinishli
havoni ifloslovchilar chiqadi.
Mis, sulfat kislota ishlab chiqarishda atmosferaga oltingugurt (II) oksidi
ajralib chiqadi, bu gaz reaktorda temperatura 450-600 0C da SO2
ning SO3 ga to`liq katalitik oksidlanmasligidan kelib chiqadi. Quvvati 200 t/sutka bo`lgan kislota ishlab chiqarish korxonalaridagi atmosferaga ajralib chiqish dozasi yuqori emas.Yirik ishlab chiqarish korxonalarida atmosferaga ajralib chiqadigan doza o`n barobar yuqori bo`ladi.
Sulfat kislotani maydalangan fosfat rudasi bilan qayta ishlash natijasida
superfosfat o`g`itlar olinadi. Natijada atmosferaga vodorod ftorid va boshqa
ftortarkibli gazlar ajralib chiqadi. Bundan tashqari g`ishtni pechda kuydirish
natijasida ftor bulutlari ajralib chiqadi.
Qog`oz va tsellyo’loza sanoatida havoga vodorod sulfid va merkaptanlar
ajralib chiqadi. Maydalangan yog`och reaktorda neytral sulfit yoki ishqor reagenti
bilan qayta ishlanadi. Neytral sulfitda natriy sulfat va biokarbonat bufer
aralashmasi, ishqoriy reagentda natriy sulfit bilan gidrooksid aralashmasi bo`ladi.
Bundan tashqari qog`oz tsellyo’loza sanoatida apilka qirindisi va ildizlarni
kuydirish natijasida tutun hosil bo`ladi.
Lak sanoatida asosan smola ishlab chiqarishda atmosferaga uglevodorodlar
aralashmasi ajralib chiqadi. Yuzani buyash natijasida erituvchi bug`lari ajralib
chiqadi, bu esa zaharlanishga olib keladi.

Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling