Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar
Download 35 Kb.
|
1 2
Bog'liqAtmosferani ifloslantiruvchi manbalar
Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar R e j a: 1. Ranli metallurgiya. 2. Qora metallurgiya. 3. Nometall minerallar 4.Neftni tozalash. 5. Ximiya sanoati 1. Rangli metallurgiya. Turli energiyani ishlab chiqaruvchi sanoatda yoqilg`ini yonishidan atmosfera ifloslanadi, ya‘ni ximiya, metallurgiya, neftni qayta ishlovchi sanoatlarga tegishli. Masalan, sulfid minerallarini kuydirish natijasida, ya‘ni qo`rg`oshin, ruxli va mis rudalarini kuydirish natijasida -SO2 oksidi atmosferaga tushadi. Mis rudalarini birlamchi kuydirish natijasida chiqadigan gazlardan 8 % ni oltingugurt tashkil etadi. Sulfid minerallari galenit va rux (ZnS) sulfidlarni kuydirish natijasida Rb va Zn hosil bo`lib, chiqadigan gazlardan 6 % ni SO2 tashkil etadi, bu esa sulfat kislota sanoatida qo`llaniladi. 2. Qora metallurgiya. Qora metallurgiya ishlab chiqarish asosida yuqori temperaturada po`lat va cho`yanni ishlab chiqarish yotadi. Temir rudalarini suyuqlantirib toza temir bilan 6 % uglerod olinadi. Bu esa cho`yan va po`lat olish uchun qo`llaniladi. Rudani qazish va qayta ishlash natijasida atmosferaga katta miqdorda uning changlari chiqadi. Domnali pechda kydirish natijasida chiqadigan gazlar tarkibida SO bo`ladi. Bunday gazlar qimmatbasho yoqilg`i bo`lib po`lat ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Po`lat ishlab chiqarishda reaktsiya ushlab turilishida kislorod hosil bo`ladi. Bu jarayon natijasida tutun gazlar hosil bo`ladi, bu gazlar tarkibida sulfidlar, merkaptanlar va boshqa ximiyaviy moddalar bo`lib, turlicha yoqimsiz hidga ega. 3. Nometall minerallar. Asbest, qum, maydalangan jinslar tsement tayyorlash uchun yo`lni qoplashda, ko`mir olishda qo`llaniladi. Bu materiallar portlash yordamida olinadi, eziladi, omborga olib boriladi va tegishli qo`llaniladigan joyga yuboriladi. Ko`mir esa turli aralashmadan tozalash uchun yuvishga yuboriladi. Qum va ohaktoshni ximiyaviy qayta ishlash natijasida tsement va shisha olinadi. Tsement ishlab chiqarishda maydalangan ohaktosh pechda kuydiriladi, natijada mayda oshaktosh changlari chiqadi. Shisha olishda qum va maydalangan shisha siniqlari pechda suyuqlantiriladi, natijada tutun va gazlar hosil bo`ladi, bular tarkibida zaharli mashsulotlar karbonatlar, nitratlar, xloridlar, ftoridlar bo`ladi. Bu barcha manbalarni qazib olish, maydalash, tashish materiallarni saqlashda yuqori miqdorda qo`pol va mayda changlar hosil bo`ladi. Bu esa ishlab chiqarishda ishchilar uchun jiddiy xavf tug`diradi. 4. Neftni tozalash. Neftni tarkibida oltingugurt, organiq uglevodorodlar, anorganiq birikmalar, ishqoriy va ishqoriy yer metallari bo`ladi. Neftni tozalash va qayta ishlashda turli uglevodorodlar-reaktiv yoqilg`i, mazut, bitum neft ximiyaviy sanoat uchun olinadi. Neftni qayta ishlashda past sifatli neftni yonishi havoni ifloslaydi. Mash‘alani yonish rejimi buzilishi natijasida mayda qurum zarrachalari hosil bo`ladi, shuningdek katalitik krekinglashda atmosferaga qattiq zarrachalar tushadi. Bu jarayon mavhum qaynash qatlamli reaktorlarda amalga oshiriladi, katalizatorni jarayonda ko`p marotaba qo`llash natijasida vodorod sulfid va merkaptan hosil bo`ladi. Bu moddalar yoqilg`ini yengil navlari ajralishida hosil bo`lib, dvigatelni korroziyaga uchrashiga sabab bo`ladi. Texnologiyadan ratsional foydalanish natijasida bu moddalar yig`ib olinadi va oltingugurt olishda qo`llaniladi. Neft mashsulotlarini tozalashda klapan, truba quvuri, reaktor, rezervuar yoriqlaridan uglevodorodlarni oqishi kuzatilib, bu yo`qotishlar neftni qayta ishlash jarayonini to`g`ri boshqarish orqali kamaytiriladi. 5.Ximiya sanoati. Ximiya sanoatida turli xom ashyo turlari ishlatilib, ulardan turli ko`rinishli havoni ifloslovchilar chiqadi. Mis, sulfat kislota ishlab chiqarishda atmosferaga oltingugurt (II) oksidi ajralib chiqadi, bu gaz reaktorda temperatura 450-600 0C da SO2 ning SO3 ga to`liq katalitik oksidlanmasligidan kelib chiqadi. Quvvati 200 t/sutka bo`lgan kislota ishlab chiqarish korxonalaridagi atmosferaga ajralib chiqish dozasi yuqori emas.Yirik ishlab chiqarish korxonalarida atmosferaga ajralib chiqadigan doza o`n barobar yuqori bo`ladi. Sulfat kislotani maydalangan fosfat rudasi bilan qayta ishlash natijasida superfosfat o`g`itlar olinadi. Natijada atmosferaga vodorod ftorid va boshqa ftortarkibli gazlar ajralib chiqadi. Bundan tashqari g`ishtni pechda kuydirish natijasida ftor bulutlari ajralib chiqadi. Qog`oz va tsellyo’loza sanoatida havoga vodorod sulfid va merkaptanlar ajralib chiqadi. Maydalangan yog`och reaktorda neytral sulfit yoki ishqor reagenti bilan qayta ishlanadi. Neytral sulfitda natriy sulfat va biokarbonat bufer aralashmasi, ishqoriy reagentda natriy sulfit bilan gidrooksid aralashmasi bo`ladi. Bundan tashqari qog`oz tsellyo’loza sanoatida apilka qirindisi va ildizlarni kuydirish natijasida tutun hosil bo`ladi. Lak sanoatida asosan smola ishlab chiqarishda atmosferaga uglevodorodlar aralashmasi ajralib chiqadi. Yuzani buyash natijasida erituvchi bug`lari ajralib chiqadi, bu esa zaharlanishga olib keladi. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling