Antropogen ta'sir – inson faoliyati natijasida vujudga keladigan ta'sir. Bunday ta'sirning kelib chiqishi va davomiyligi 1-3,5 mln yillik geologik davrni o`z ichiga oladi.
Balans – bir – biriga bog`liq narsalarni o`zaro muvofiq salmog`i
Kantserogen modda - organizmga ta'sir qilib, xavfli o`smalar (rak) vujudga keltiruvchi yoki ularning paydo bulishiga sharoit yaratuvchi modda.
Texnogen ifloslanish – atrof muhitning sanoat korxonalari, texnika va transport chiqindilari bilan ifloslanishi.
Fitotsitlar – yuqori o`simliklarda sintezlanadigan, bakteriyalar, zamburug`lar va eng sodda organizmlarni o`ldiradigan yoki ularning
rivojlanishini pasaytiradigan biologik faol modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |