Dilmurodov Shamshod Ayiruv tizimining yoshga oid xususiyatlari


Download 16.13 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi16.13 Kb.
#114978
Bog'liq
Ayiruv tizimi


Dilmurodov Shamshod

Ayiruv tizimining yoshga oid xususiyatlari.

Moddalar almashinuvi jarayonlarida parchalanish mahsulotlari

hosil boiadi. Bu mahsulotlarning bir qismi organizm tomonidan

o'zlashtirilsa. qolganlari esa undan chiqarib tashlanadi.

0 ‘pka orqali organizmdagi karbonat angidrid, suv va uchuvchi

moddalar chiqariladi. Ichaklar najas tarkibida ay rim tuzlarni, ter

bezlari - suv. tuzlar. organik moddalarni ajratadi.

Ayiruv jarayonlarida asosiy rolni buyraklar o'ynaydi. chunki

ular orqali organizmdan suv. tuzlar. ammiak. mochevina. siydik

kislotasi chiqarilib. qonning osmotik xususiyatlarining doimiyligini ta'minlaydi. Buyraklar orqali organizmda hosil boiadigan

yoki dorilar shaklida qabul qilinadigan zaharli moddalar chiqarib

yuboriladi.

Buyraklar qonning m aium oicham dagi doimiy reaksiyasini

ta'm in etadi. Qonda almashinuv mahsulotlarining kislotali yoki

ishqorli mahsulotlari jamlanib qolsa. buyraklar orqali o'shalarga

mos tuzlarning ortiqcha qismini chiqarib yuborilishini tezlashtiradi.

Qon reaksiyasining doimiyligini ta'm inlashda buy raklar tomonidan sintezlanadigan ammiak kislotali moddalar tarkibidagi natriy

va kaliyning o'rni almashtirishi ayiruv jarayonidagi buyraklarning

rolini yanada oshirdi. Bu paytda ammoniy tuzlari hosil boiib. ular

siydik tarkibida chiqarib yuboriladi, natriy va kaliylar organizm ehtiyojlari uchun saqlab qolinadi.

Buyraklar (ular ikkita - o ‘ng va chap) loviya shaklida bo'lib,

tashqi toinoni biroz shishgandek ko‘rinishda bo*Isa, ichki tomoni -

botiq. Ular qizg'ish-qo'ng‘ir rangda bo'lib, massasi 120 g ga yaqin.

Buyraklar umurtqa pog'onasining bel qismida, ya'ni I va II bel

segmentlari darajasida joylashgan. 0 ‘ng buyrak chap buvrakdan

2-3 sm pastda joylashgan. Har bir buyrakning yuqorigi uchida

buyrak usti bezlari yotadi.

0 ‘ng buyrak (oldingi qismi olib tashlangan):

1 - katta kosacha; 2 - kichik kosa; 3 - jom; 4 - siydik yo'li; 5 -

mag‘zli qatlam; 6 - piramidalar; 7 - po'stloq moddasi.

Buy rakning ichki botiq chekkalarida chuqur kesmalar bor, bular

buyraklar darvozalaridir. Bu yerdan buyrak arteriyasi kirsa. buyrak

venasi va siydik yo'li chiqadi.

Buyrak moddalari juda vengil ajraladigan fibrozli kapsula bi Ian zich qoplangan. Tashqi tomondan buyraklar yog'li kletchatka

qatlami - yog'li kapsula joylashgan.

Buyraklarda qon bilan kelgan moddalardan siydik hosil bo'ladi. Buyraldar murakkab tuzilishga ega. Unda tashqi ancha qoramtir

po'stloq qatlami va ichki m ag'iz qatlami farqlanadi.

Buyrakning po'stloq moddalari uning barcha periferiyasini egallab olgan bo'lib, dastaklar shaklida m ag'iz moddalarga kirib turadi

va uni 15-20 ta buyrak piramidalariga bo'ladi. ularning asosi tashqariga mag'izli moddalarga yo'nalgan bo'lib, u esa buyrak jomiga

1 - olib keluvchi tomir; 2 - olib chiquvchi tomir: 3 - koptokcha kapilarlari; 4 - kapsulalar bo'shlig'i: 5 - egri-bugri kanalchalar; 6 - kapsula.

Buyrakning po'stloq qismi qizg'ish - talg'ir rangda bo'lib, uning

qalinligi 5-7 mm ni tashkil etadi, buyrakning m ag'iz qatlami ancha

rangsiz bo’ladi.

Buyraklarning tuzilish va funksional birligi bo'lib - buyrak

tanachalari (nefronlar) hisoblanadi. Har bir buyrakda 1 mln ga yaqin mikroskopik tanachalar sanash mumkin.

Buyraklar tanachalari po‘stloq qatlamdan ikki devoriy kosani

eslatuvchi shakldagi uncha katta boim agan kapsuladan boshlanadi, uning ichida esa qon tomirlar kapillarlaridan iborat koptokcha joylashgan. Kapsula devorlari orasida bo'shliq boiib, ulardan

buyrak kanalchaiari boshlanadi. U egiladi-bukiladi va so‘ngra

mag‘iz qatlamga oiadi. Bu egri-bugri buyrak kanalchalaridir.

Buyrakning mag'iz qatlamida buyrak kanalchasi to ‘g‘rilanadi,

tugun hosil qiladi va po‘stloq qatlamiga qaytadi. Bu verda siydik

kanalchaiari yana egilib bukiladi va so’ngra chiqaruvchi yo'lga

- yig'uvchi buyrak nayiga tushadi. Yig‘uvchi buyrak naychalari

birikib umumiy chiqaruv yo‘lini hosil qiladi. Bu y o ilar buyrakning

m ag‘izli qatlam orqali piramidaning uchiga qarab o ‘tadi.

Har qaysi 2-3 buyrak piramidasi o ‘zining uchlari bilan qo‘shilishib birgalikda so‘rgichlar hosil qiladi. So‘rgichlarda juda

ko'plab teshikchalar boiib, ular bilan chiqaruvchi navchalartamom

boiadi va ular kosachaga ochiladi. Kosachalar siydik chiqaruvchi

yoilarning boshlanishi hisoblanadi. Kichik buyrak kosachalari,

bir-birlariga qo'shilib. 2-3 ta katta buyrak kosalarini hosil qiladi,

ular ham, o'z navbatida, buyrak jom iga o’tadi.

Buyrak jomi - voronka shaklidagi nozik devorli puch holdagi

bo'shliqdir. Siydik buyrak jomidan siydik pufagi bilan tutashgan

siydik yoilariga tushadi.

Bitta nefrondagi kanalchalarning umumiy uzunligi 35-50 mm ni



tashkil etadi. Buyraklarda qariyib 130 km siydik oiuvchi navchalar

mavjud. Bir kecha-kunduzda buyraklarda 170 1 suyuqlik filtrlanadi, chunki undan 1,5 1 haqiqiy siydik konsentratsiyalanadi va organizmdan tashqi muhitga chiqarib tashlanadi.
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling