Atmosferani muhofaza qilish


Download 18.04 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi18.04 Kb.
#1179793
  1   2   3
Bog'liq
Atmosferani muhofaza qilish


\

Atmosferani muhofaza qilish.
Yerdagi hayot sayyoramizning tashqi qobig’i, koinotni dahshatli ta’siridan saqlab turadigan qatlam atmosfera-ning tugashiga qadar davom etadi. Atmosfera yerning havo qatlami. Uning balandligini aniq aytish qiyin, chunki uning yuqorigi qatlamlarida havo nihoyatda siyrak. Barcha havoning ¾ qismi uning pastki qatlami tropos-fera (uning o’rtacha balandligi 11-12 km, ya’ni 9 km qutblarda, 17 km. gacha ekvatorda). Keyingi qatlami strotosfera (80-90 km gacha), undan qolgani ¼ butun havo bo’ladi. Eng baland qatlam ionosfera va ekzosfera (1500-3000 km. gacha), unda ayrim gazlarning molekulalari bo’ladi. Ular-ning zichligi yer qobig’i ustki havosiga nisbatan bir necha million marta kichik.
Yerdagi gazlarning ayrim molekulalari uchun 3000 km chegara emas, ular 10-20 ming km balandlikda ham uchraydi. Shunday qilib, sayyora-mizning hayotni saqlab turadigan havo qobig’ining qalinligi 1,5 km bo’lib, u yerning mashtabiga ko’ra, juda kichik (yer radiusining ¼ qismini tashkil qiladi). Koinot mashtabiga ko’ra (quyosh bilan yerning o’rtasidagi maso-fani), uning 1/100000 qismini tashkil qiladi.
Atmosferaning zichligi pastdan yuqoriga brogan sari kamayadi, ya’ni siyraklashadi. Uning zichligi, hatto dengiz yuzida 0,001 g/sm3 yoki suv-ning zichligiga ko’ra 1000 marotaba kam. Shuning uchun olimlarning fikrlashicha , u himoya qilish vositasi tushunchasini bermaydi. Shunga qaramay, “muallaq” havo yerdagi hayotni barqarorligini ta’minlaydi va koinotni zararli xavfdan saqlab turadi. Bu “metin” qobig’ini faqat bir necha yuz tonna massaga ega bo’lgan meteoritlar teshib o’tishi mumkin. Bunday hodisalar juda kam, faqat favqulotda bo’lib turadi. Atmosferaning tarkibi mavjudodlar uchun muhim ahamiyatga ega. U 78% azot, 21% kislarod, 0,9 argon va 0,03% karbonat angidrid va juda kam miqdorda uchraydigan boshqa gazlardan iborat. Bulardan tashqari, atmosferada suv bug’lari (4%), bir qancha turli tabiiy mexanik bo’lakchalarning aralashma-lari ham uchraydi. Atmosfera havosining tarkibi turli sabablarga ko’ra (mavsum, yillar, okeanlar, tog’lar va hokazolar), o’zgarishi mumkin.

Download 18.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling