Atmosferani tarkibi. Atmosferaningn yuqori qavatlaridagi jarayonlar. Atmosfera yuqori qismlarida ozon


Download 80.53 Kb.
bet6/13
Sana02.01.2022
Hajmi80.53 Kb.
#199463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12-mavzu

O2 + O(3P) + M O3 + M*

bunda M — atmosferadagi «uchinchi modda» bo'lib, u reaksiyada ajaralib chiqayotgan energiyaning bir qismini o'ziga qabul qiladi. Uchinchi modda sifatida ko'pincha atmosferada boshqa gazlarga nisbatan miqdori ko'p bo'lgan azot va kislorod molekulalari bo'lib, ular reaksiya natijasida faol holatga keladi.

Ozon molekulasi kislorod atomi bilan reaksiyaga kirishib, ikkita kislorod molekulasini hosil qilishi mumkin:

O3 + O 2O2

Bu reaksiya ko'pincha «juftsiz kislorod» ishtirokidagi reaksiya deb ataladi va uning natijasida ozon strotosferadan chiqib ketadi. Ammo bu reaksiyanirtg tezligi ozonning hosil bo'lishi reaksiyasidan ancha past bo'lib, u ozonning kamayib ketishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.

Ozonning ko'p qismi asosan quyosh nurlanishini yutilish hisobiga birinchi reaksiya bo'yicha parchalanib ketadi. Yutilgan kvant energiyasiga ko'ra kislorod atomi faollashgan yoki asosiy holatda bo'lishi mumkin:

O3+hv O2+O(1D)

O3+hv O2+ O(3P)

Asosiy holatdagi kislorod atomi yana ozonning sintezi jarayonida ishtirok etishi mumkin. Ozonning hosil bo'lishi va parchalanish reaksiyalari ozonning nolinchi sikli deyiladi.

Ozonning parchalanish jarayonlari gidroksid radikali (vodorodli sikl), azot oksidlari (azotli sikl), xlor va brom birikmalari (xlorli va bromli sikllari) ishtirokida hosil bo'ladigan zanjirli reaksiyalar hisobiga tezlashishi mumkin.




Download 80.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling