Atmosferani tarkibi. Atmosferaningn yuqori qavatlaridagi jarayonlar. Atmosfera yuqori qismlarida ozon


Download 80.53 Kb.
bet8/13
Sana02.01.2022
Hajmi80.53 Kb.
#199463
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12-mavzu

Bromli sikl. Brom atomi xlor atomi kabi ozon bilan reaksiyaga kirishib brom oksidi va kislorod molekulasini hosil qilishi mumkin. Lekin xlor oksididan farqi shundaki, BrO boshqa brom oksidi yoki xlor oksidi molekulasi bilan reaksiyaga kirishib, natijada ikkita galogen atomi va kislorod molekulasi hosil bo'ladi:

Br + O3 BrO+O2

BrO + BrO 2Br +O2

Avvalgi ko'rilgan sikllarda xlor, azot oksidi va gidroksil radikalining kislorod atomi bilan reaksiyalari juda sekinlik bilan o'tadigan jarayondir. Bromli siklda esa kislorod atomi ishtirok etmaydi va bu jarayonning boshqa sikllariga nisbatan tezligi ancha katta, shuning uchun brom ozon qatlami uchun xavfliroq hisoblanadi. Lekin, bromli siklning ozon qatlamiga ta'siri boshqa sikllarga nisbatan ancha kam, chunki atmosferada bromning miqdori ham kamdir. Brom atmosferaga asosan yong'inlarni o'chirishda qo'llaniladigan tarkibida brom bor bo'lgan organik birikmalar (galonlar)dan kelib tushadi. Bu birikmalarning ham troposferada yashash vaqti uzoq bo'lganligi uchun ular stratosferaga ko'tariladi va quyoshning ultra binafsha nurlari ta'sirida parchalanadi. Bunda hosil bo'lgan brom atomi ozon molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi.

Barcha ko'rib chiqilgan jarayonlarda «faol» zarralar sarflanib ketmaydi va ularning har bittasi qayta-qayta (107 gacha) ozonning parchalanish jarayonida ishtirok etishi mumkin. Bu zarralarni stratosferadan chiqib ketishi ozon qatlamining parchalanishdan saqlashda muhim ahamiyatga ega. «Faol» zarralarni stratosferadan chiqib ketishining bir necha yo'llari bo'lishi mumkin.

Masalan, vodorod siklida asosiy rolni o'ynaydigan gidroksid va gidroperooksid radikallari atmosferaning komponentlari bilan reaksiyaga kirishadi. Stratosfera uchun quyidagi reaksiyalar asosiy bo'lishi mumkin:

CH4 + OH CH3+H2O

OH + HO2 H2O+O2

Bundan tashqari, gidrooksil radikali azot oksidi bilan ham reaksiyaga kirishishi mumkin:

OH- + NO HNO2

Bu jarayon «faol» zarralaming vaqtincha saqlanib turish rezervuarini hosil qiladi, chunki HN02 kisiotasi tezlik bilan parchalanib yana boshlang'ich zarralarni hosil qiladi. Azotli sikl to‘liq tugallanishi uchun bunday vaqtinchalik rezervuarlar troposferaga chiqib ketishi kerak. «Faol» zarralaming troposferaga chiqib ketishi xlorli va bromli sikillarida ham muhim ahamiyatga ega.

Bu sikllardagi «faol» zarralar boshqa reaksiyalarga ham kirishib vaqtinchali rezervuarlarni hosii qilishi mumkin. Masalan, xlor oksidi bilan azot dioksidi reaksiyaga kirishganda ozon qatlamiga nisbatan inert bo'lgan xlorli nitrozil hosil bo'ladi:

ClO + NO2 ClONO2

Bu jarayon CIO va NO2 larning miqdori ortganda faollashadi va natijada azotli hamda xlorli sikllar birgalikda amalga oshirila olmaydi. Lekin bunday birikmalarning hosil bo;lishi ma‘lum sharoitlarda, masalan, Antarktidada ozon o'pqoni hosil bo'lishida ozon qatlami uchun o'ta xavfli bo'lishi mumkin.




Download 80.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling