Atmosferani tarkibi. Atmosferaningn yuqori qavatlaridagi jarayonlar. Atmosfera yuqori qismlarida ozon
Download 80.53 Kb.
|
12-mavzu
4. Troposfera kimyosi.
Atmosferaning yer qatlamiga eng yaqin joylashgan qavati troposfera bo'lib, uning havosi bilan insonlar nafas oladi va bu yerda hosil bo'layotgan yomg'irlar tirik organizmlarni ichimlik suv bilan ta'minlaydi. Troposferada asosiy gazlardan (N2, O2, Ar ) tashqari qo'shimcha moddalar ham aniqlangan bo'lib, ularga inert gazlar, CH4, H2, O3, CO, SO2, H2S gazlari kiradi. Bu moddalarning miqdori juda kam bo'lsa ham, ular atmosfera havosining sifatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ayrim gazlar zaharli xususiyatlarga ega, boshqalari esa atmosferaning tiniqligini yomonlashtiradi va yerning issiqlik nurlanishini kamaytiradi. Barcha yer yuzasidan atmosferaga kelib tushayotgan gazlar qaytarilgan holatda yoki oksidlanish darajasi past holatida kelib tushadi, masalan, CH4, NH3, NO, H2S gazlari va hokazo. Yomg'ir bilan yerga qaytib tushayotgan moddalaj esa oksidlanish darajasi yuqori bo'lgan holatda, ya'ni sulfat kislotasi, sulfatlar, azot kislotasi, nitratlar, gidrokarbonatlar va boshqa oksidlangan moddalar shaklida kelib tushadi. Demak, troposfera oksidlantiruvchi rezervuar vazifasini bajarar ekan. Troposferadagi oksidlanish jarayonlarida asosiy rolni erkin radikallar o'ynaydi. Tashqi orbitasida bitta yakka elektron bo'lganligi sababli ular kuchli oksidlantiruvchi agentlar deb hisoblanadi. Erkin radikallardan asosiysi — bu gidroksil radikalidir. Gidroksil radikali HO atmosferada 3 yo'nalish bo'yicha hosil bo'lishi mumkin: Stratosferaning yuqori qavatlarida va stratopauzadan yuqorida suvning fotodissotsiatsiyasi jarayoni natijasida hosil bo'lishi mumkin: H2O OH- + H+ Stratosferada OH radikali faol kislorod atomi O(1D) ishtirokidagi reaksiyalarda hosil bo'ladi: Avval O(1D) hosil bo'ladi: O2 O(1D) + O(3P) O3 O(1D) + O2 N2O O(1D) + N2 NO2 O(1D) + NO Keyin esa O(1D) asosan suv bilan va qo'shimcha metan hamda vodorod bilan reaksiyaga kirishadi: O(1D) + H2O 2HO- + 120,5 kJ O('D) + CH4 CH3 + HO- O('D) + H2 H+ + HO Uchta jarayonning ham tezlik konstantalari (1-4)*10-10 sm3/(molek.s) ga teng. 3) Troposferaning pastki qavatlarida gidroksil radikali azot kislotalari va perekis birikmasini quyosh nuri ta'sirida parchalanishi natijasida ham hosil boiadi: HNO2 NO+HO HNO3 N02+HO H2O2 2HO Gidroksil radikalining troposferadagi asosiy reaksiyalariga uglerod oksidi, organik birikmalar va azot oksidi bilan reaksiyalari kiradi: HO + CO C02+H HO + RH R+ H20 HO + NO + M HONO + M Gidroksil radikalining miqdori troposferada (0,5-5)-106 va stratosferada 107 snr3ga tengdir. Uglerod oksidini C02gacha oksidlanishi uglevodorodlarning atmosferadagi parchalanishining oxirgi bosqichidir. Hosil bo'lgan vodorod atomi 02 bilan birikib gidroperoksid radikalini hosil qiladi: H • + O2 HO2 H02 troposferada gidroksil ta'sirida O3 va H2O2 ning parchalanishi hisobiga ham hosil bo'ladi: HO + O3 -» HO2 + O2 HO + H2O2 -> HO2+H2O Gidroperoksid radikali yonish jarayonlarida hamda fotokimyoviy smog hosil bo'lishida oraliq zarra sifatida muhim rol o'ynaydi. U NO- molekulasining oksidlanishida ishtirok etadi yoki ozon bilan reaksiyaga kirishadi: HO2 + NO NO2 + HO HO2 + O3 2O2+ OH Gidroperoksid radikali 5—30 km balandlikda 107—10s srrr3 miqdorida bir xil taqsimlangandir. 1-rasmda keltirilgan sxemada tarkibida vodorod bor bo'lgan zarralarning troposfera va stratosferada asosiy o'zgarishlari ko'rsatilgan. Download 80.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling