Atmosferani tarkibi. Atmosferaningn yuqori qavatlaridagi jarayonlar. Atmosfera yuqori qismlarida ozon


Ozon qatlamining himoyalash borasida xalqaro hamkorlik


Download 80.53 Kb.
bet11/13
Sana02.01.2022
Hajmi80.53 Kb.
#199463
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12-mavzu

Ozon qatlamining himoyalash borasida xalqaro hamkorlik

O'tgan asrning o'rtalaridan boshlab davom etib kelgan galogen organik birikmalarni ishlab chiqarish va qo'llanilishining o'sishi atmosferada bu moddalarning miqdorini oshib ketishiga olib keldi. Masalan, 1970-yildan 1980-yilgacha freon-11 va freon-12 moddalarning stratosferadagi miqdori 3—4 barobar oshdi. Shu bilan birga stratosferadagi ozon miqdorining sezilarh darajada kamayishi kuzatildi.

Antarktida ustidagi stratosferada ozonning kamayib ketishi va «ozon o'pqonini» hosil bo'lishi asosan xlorftoruglevodorodlarga bog'liq bo'lganligi sababli, barcha davlatlar tomonidan ozonni yemiruvchi moddalarning ishlab chiqarilishini kamaytirishda va atmosferani iflosla- nishining oldini olishda birgalikda harakat qihsh zarur ekanligi ta'kidlandi.

Freon va ozonni yemiruvchi boshqa birikmalarning ishlab chiqarilishini kamaytirishga qaratilgan birinchi xalqaro hujjat Monreal protokoli bo'ldi. U 1987-yilda 30 ta davlat tomonidan tasdiqlanib, 1989-yilning 1 -yanvaridan kuchga kirdi.

Monreal protokoli bo'yicha uni tasdiqlagan davlatlar quydagi majburiyatlarni bajarilishini o'z oldtga maqsad qilib qo'ydiiar:

1. Freon 11,12, 113,114,115-moddalarini ishlab chiqarishni;

- 1992-yildan boshlab 1986-yil darajasida muzlatib qo'yish;

—1993-yildan boshlab 1986-yildagi darajasidan 80% ga kamaytirish;

— 1998-yildan 1986-yildagi darajasidan 50% ga qisqartirish;

2. Galon ishlab chiqarishni (o't o'chirishda ishlatiladigan bromlangan galogen alkanlar) 1986-yil darajasigacha qisqartirish.

1989-yilda Yevropa birlashmasi vazirlar mahkamasi 2000-yilga qadar freonlarni ishlab chiqarilishi to'liq to'xtatilishi haqida e'lon qildi. AQSh ham shunday majburiyatlarni oldi. Bir yil keyin Monreal protokolini tasdiqlagan davlatlarning barchasi (60 dan ko'p) bu siyosatni qo'llab quvatladilar.

1990-yilda Monreal protokoli qayta ko'rib chiqildi va uni tasdiqlagan davlatlar quyidagi majburiyatlarni o'z oldilariga qo'ydiiar.

1. Freonlarning ishlab chiqarishni

—1995-yildan boshlab 50% ga qisqartirisb;

—1997-yildan boshlab 15% ga qisqartirish; —2000-yil qadar to'liq to'xtatish.

2.Tetraxlor metan ishlab chiqarishni (erituvchi sifatida ishlatiladigan to'rt xlor uglerod) - 1995-yildan boshlab 15% ga qisqartirish;— 2000 yilga qadar to'liq to'xtatish.

3. Galon ishlab chiqarishni 2000-yilga qadar to'xtatish (almashtiruvchi modda ma'lum bo'lmagan birikmalardan tashqari).

4.1,1,1-uchxlor etan ishlab chiqarishni (erituvchi sifatida ishlatiladigan):

—1995-yildan boshlab 70% ga qisqartirish; —1997-yildan boshlab 30%ga qisqartirish; —2005-yilga qadar to'liq to'xtatish.

Shuni aytib o'tish kerakki, Monreal protokoli barcha davlatlar tomonidan to'liq bajarilib kelmoqda.




Download 80.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling