Atmosferaning ifloslanishi Reja
troposfera qismida joylashgan. Troposferada
Download 39.19 Kb.
|
1 2
Bog'liqAtmosferaning ifloslanishi
troposfera qismida joylashgan. Troposferada har 100 metrga ko’tarilganda havo harorati 0,60S ga kamayadi va q400S dan –500 S gacha pasayadi. Ob-havo va iqlim asosan troposferadagi jarayonlar bilan bog’liq. Atmosferaning shu qatlamida barcha yog’inlar va bulutlar hosil bo’ladi, bo’ronlar yuz beradi. Troposfera ustida 40-50 km. gacha balandlikda stratosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. Stratosferada 22-24 km oraliqda Erdagi tirik organizmlarni ximoya qiladigan, ultrabinafsha nurlanishning katta qismini yutib qoladigan ozon (03) qatlami joylashgan. Ozon gazi yig’ilganda yupqa, 2-4 mm qatlamni hosil qiladi, lekin himoyaahamiyati judaham katta.
Stratosferadan keyin, 50 km dan yuqorida mezosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. 80 km yuqorida harorat –700 S ni tashkil qiladi. Undan yuqorida termosfera joylashgan bo’lib, 500-600 km balandlikda havo harorati +16000 S gacha ko’tariladi. 800-1600 km da ekzosfera joylashgan va unda havo juda ham siyrakdir. Begona qo’shimchalari bo’lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat : azot-78.09%, kislorod 20.94% , argon 0.93 %, uglerod qo’shoksidi- 0.03 % . Boshqa gazlarning miqdori nisbatan kam. Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug’lari mavjud, chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o’ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir. Atmosferada uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo’lib, so’nggi yillarda inson ta’sirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o’zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi azot va kislorodning miqdori juda katta bo’lishiga qaramasdan salbiy ta’sir tobora kuchayib bormoqda. Kislorodning asosiy manbai bo’lgan o’rmonlarning maydoni tezlik bilan qisqarmoqda, okeanning neft maxsulotlari bilan ifloslanishi fitoplankton (suv yuzasida suzib yuradigan mikroskopik o’simliklar) faoliyatiga ta’sir ko’rsatmoqda. qazilma yoqilg’ilardan foydalanish jarayonida o’nlab milliard tonna kislorod sarf bo’lmoqda. Bu jarayonlar kelajakda kislorod balansining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Atmsoferaning ifloslanishi faqat sayyoramizdagi tirik mavjudotlarning, xususan insonning salomatligiga salbiy ta’sir etib kolmay, balki halq xujaligiga ham juda katta zarar etkazadi. Shu sababli, bugungi kundagi eng muhim masalalardan biri atmosfera havosini toza saqlashdir. Atmosferaning tarkibi va ifloslanishi Atmosfera havosi - har gal gazlarning mexaniq aralashmasidan iborat bo’lib (er yuzasiga yakinida), asosan azot (78,09%), kislorod (20,95%), argon (0,93%) va karbonat angidrididan (0,03%) iborat. Atmosfera tarkibida yana - geliy, neon, ksenon, kripton, vodorod, azon, ammiak, yod va boshqalar bo’lib, ular butun atmosfera tarkibining 0,01%ni tashkil qiladi, xolos. Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug’lari, chang zarrachalari bo’ladi. Erning sun’iy yo’ldoshlari, raketalar va kosmonavtlarning ma’lumotiga qaraganda -atmosferaning 100 km gacha baland qismida ham uning tarkibi yuqorida qayd qilingan gazlardan iboratdir. 1000-1200 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan; undan yuqorida - 2500 km gacha bo’lgan qismida geliy gazi; 2500 km dan yuqorida esa eng engil gaz — vodorodtsan iboart. Atmosferaning ifloslanishi deganda - uning tarkibidagi tabiiy holda mavjud bo’lgan gazlar muvozanatining tabiiy va sun’iy omillar natijasida vujudga kelgan har xil gazlar, qattiq zarrachalar, changlar, radioaktiv changlar, suv bug’lari va boshqalar ta’sirida buzilishini, hamda sifatining o’zgarishini tushunamiz. Atmosferada gazsimon moddalardan tashk,ari shakli, kattaligi, ximiyaviy tarkibi va fizik xossalariga ko’ra bir-birdan farq kiluvchi mayda zarrachalar - aerozollar (tugun, chang, tuzon va b.) mavjud. Agregat holatiga ko’ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni 4 guruhga bulish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar. Atmosferaning tabiiy ifloslanishida - kosmik changlar, vulkonlarning otilishidan vujudga kelgan moddalar, tog’ jinslari va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o’simlik va hayvonlarning qoldiqlari, o’rmon va dashtlardagi yongindan, dengiz suvining mavjlanishi bilan havoga chikgan tuz zarrachalari muhim rol o’ynaydi. Koinotdan har yili 106 t chang atmosferaga tushadi. Kuchli vulkon otilganda atrof-muhitga 75 mln. m3 chang chiqadi. Dengiz suvi mavjlanganda havoga ko’plab tuz zarrachalari ajralib chiqadi. Bulardan tahkari havoga nurash tufayli shamollar hamda yongin natijasida chang, kum va boshqa qattiq zarrachalar, o’simlik changlari kelib kushiladi. Atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar er yuzasida sodir buladygan jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki changlar suv bug’lari uchun kondensatsiya yadrosi hisoblanib, yog’inlarni vujudga keltiradi, quyoshning to’g’ri radiatsiyasini yutib,er yuzasidagi organizmni ortiqcha nurlanishdan saqlaydi. Shundan ko’rinib turibdiki, atmosferadagi tabiiy changlar ma’lum darajada bulsa, atmosfera tarkibining zaruriy elementa hisoblanib, undagi hodisa va jarayonlarning borishini tartibga solib turadi. lekin ayrim xollarda vulkonlarning otilishi, kuchli chang-tuzonlarning kutarilishi tufayli havo normadan ortiq ifloslanib, halokatlarga sabab bo’lishi mumkin. Atmosferaning sun’iy ifloslanishi Keyingi yillarda ishlab chiqarishning intensiv ravishda rivojlanishi (bu xol hamma rivojlangan mamlakatlarga xos) atmosfera havosining ifloslanishi tezlatdi. Sun’iy ifloslanish manbalariga - energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chikindilar va b. kiradi. Atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtomobil transporta 1-urinni (40 foiz); energetika sanoati (20 foizi) - 2 urinni; korxona va tashkilot ishlab chiqarishi - 3 urinni (14 foiz) egallaydi. qishloq xujaligi ishlab chiqarishi, maishiy-kommunal xujaligi va boshqalar zimmasiga esa atmosferani sun’iy ifloslanishning 26 foizi to’g’ri keladi. Atmosfera ifloslanishining o’sishi xattoki inson yashashi kam bo’lgan joylarda ham deyarli sezilarli ekan. Masalan: AKShlarining Yellouston milliy bog’i - amerikada eng toza havosi bilan ajralib turadigan, keyingi 5 yil ichida zarrachalarning O’rtacha soni 10 marta oshgan. Oxirgi 150 yil davomida inson faoliyati natijasida atmosferadagi uglerod qo’shoksidi(CO2 ) ortgan. CO2 zaxarli emas, o’simliklar uchun ozuqa hisoblanadi. SO2 qisqa to’lqinli quyosh nurlarini o’tkazadi, lekin erdan qaytarilgan uzun to’lqinli issiqlik nurlanishini ushlab qoladi. Natijada «issiqxona effekti» vujudga keladi. Erning o’rtacha harorati(q150S) 0,8-10 S ga oshganligi qayd qilinmoqda. Yoqilg’ining ko’plab ishlatilishi muammoni chuqurlashtiradi. Atmosferada metan(SN4) va azot chala oksidi(N2O) miqdorining ortishi «issiqxona effekti»ni kuchaytirmoqda. Bu iqlim o’zgarishini keltirib chiqarmoqda. Er tarixida iqlim o’zgarib turgan, bir necha marotaba muz bosish davrlari kuzatilgan. Ayrim davrlarda sayyorada vulkanik faoliyatning kuchayishi natijasida iqlimning sovib ketganligi qayd qilinadi. Bunda atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqarilgan tutun, gaz-changlar quyosh nurlarini qaytarib yuboradi va harorat pasayib ketadi. Atmosferaning antropogen ifloslanishining kuchayishi oqibatida harorat pasayib ketishi ham hech gap emas. Bu masalalar oxirigacha, chuqur o’rganilmagan. Lekin so’nggi yillarda ob’ektiv ma’lumotlar global haroratning ortishi va iqlimning isish tomonga o’zgarayotganligini ko’rsatmoqda. Inson faoliyati natijasida tobora ko’plab chiqarilayotgan SO2 gazini o’simlik va okeandagi fitoplankton yutib ulgura olmayapti. Iqlim o’zgarishi bo’yicha xalqaro ekspertlar guruhi(IO’XEG) fikricha, agar ahvol shunday davom etadigan bo’lsa yaqin 50 yil ichida harorat 2-40 S ga ortishi mumkin. Bu muzliklarning erishi va quruqlikni suv bosishi, ob-havo sharoitlarining keskin o’zgarishlariga olib kelishi bashorat qilinadi. Jahon hamjamiyati iqlim o’zgarishining ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini tushungan holda uning oldini olish uchun ilmiy tadqiqotlar, turli tadbirlarni amalga oshirmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Konventsiyasi 1992-yili Rio-De-Janeyrodagi atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha Umumjahon Konferentsiyasida 155 davlat tomonidan imzolangan. Ushbu nufuzli xalqaro shartnomaning yakuniy maqsadi atmosferadagi issiqxona gazlari miqdorini iqlim tizimiga xavfli antropogen aralashuvining oldini oladigan darajada barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday darajaga ekosistemalarning iqlim o’zgarishiga tabiiy moslashishi uchun etarli bo’lgan, oziq-ovqatni ishlab chiqarish va mamlakatlarning barqaror asosda keyingi iqtisodiy rivojlanishini havf ostiga qo’ymaslikka imkon yaratadigan muddatlarda erishish zarurdir. Troposfera 78,08% azot, 20,95% kislorod va 0,93% argondan tashkil topgan gazsimon qatlamdir. Xuddi shunday, u CO kabi gazlarning izlarini taqdim etadi2, neon va vodorod va troposfera maydoni va yilning vaqtiga qarab suv bug'ining 0% dan 4% gacha o'zgaruvchan nisbati. Atmosferaning ushbu qatlami erning haroratini tartibga solishda, shuningdek namlikni taqsimlashda muhim rol o'ynaydi. Bu shuningdek, iqlim va dengiz oqimlarining paydo bo'lishiga ta'sir qiladi, bularning barchasi birgalikda hayotni rivojlanishiga imkon beradi. Bu atmosferaning er yuzi bilan bevosita aloqada bo'lgan pastki qatlami bo'lib, eng dinamik hisoblanadi. Shuning uchun u ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadigan butun sayyorani qamrab oladigan tizimni tashkil qiladi. Troposferada mavjud bo'lgan gazlarning aylanishi tufayli erning harorati tartibga solinadi va mavjud namlik taqsimlanadi. Shu bilan birga, bu qatlam shuningdek, odamlar unga kiradigan zararli moddalarni butun dunyo bo'ylab tarqatad Troposfera o'rtacha 12 km balandlikka etadi, bu esa ekvatorial kengliklarda balandroq bo'lib, 19 km gacha va qutblarda 9 km balandlikda. Uning stratosfera bilan chegarasi tropopoz deb nomlangan o'tish zonasidir. Atmosferadagi gaz massasining taxminan 80% troproposferada, aniqrog'i havoning 50% dengiz sathidan 6000 metrdan pastda joylashgan. Ushbu qatlamda atmosfera eng yuqori zichlik va bosimga etadi Shu bilan birga, harorat o'zgarishi hodisalari troproposferaning ayrim mintaqalarida ham sodir bo'ladi, unda harorat balandlik bilan ko'tariladi. Bu sovuq qish tuproqlari bilan aloqa qilishda havoning quyi qatlamlarini sovutishi yoki vertikal havo aylanishini to'sib qo'yadigan omillar bilan sodir bo'ladi. Sovuq havo massalari quyida qoladi, yuqori qatlam esa yuqori haroratda qoladi. Qanday bo'lmasin, troposferada yuzaga keladigan hodisalar hayot uchun ideal bo'lgan o'rtacha haroratni 15ºS saqlashga imkon beradi. Aynan atmosferaning ushbu qatlamida ob-havo va iqlim hodisalarini keltirib chiqaradigan eng katta buzilishlar sodir bo'ladi. Shu nuqtai nazardan, tropik atmosferada vertikal va gorizontal havo harakatlari hodisalari biz shamol deb ataladi. Xuddi shuningdek, bu yomg'ir, qor yoki do'l shaklida ham yog'ingarchilik, shuningdek haroratning o'zgarishi kabi hodisalar sodir bo'lgan joy. Ikkinchisi kunduzi va kechasi o'rtasida ham, yil davrlari orasida ham, bir geografik mintaqadan boshqasiga sodir bo'ladi. Biosfera, geosfera va gidrosfera Troposfera Yer sayyorasini tashkil etuvchi boshqa sohalar bilan bevosita aloqada bo'lish bilan ham ajralib turadi. Shunday qilib, u geosfera, gidrosfera va bisfera bilan gaz almashinuvini amalga oshiradi va shu bilan hayotni ta'minlaydi. Troposferaning tarkibi Troposferada bu gaz tarkibi asosan 78,08% azot, 20,95% kislorod va 0,93% argonga to'g'ri keladi. Neon, geliy metan, kripton, vodorod ksenon, ozon va boshqalar kabi millionlab gazlarga qismlar bilan o'lchanadigan izlar ham keltirilgan. Suv bug'lari va karbonat angidrid (CO) miqdori2), troposfera mintaqalari o'rtasida o'zgaruvchan konsentratsiyaga ega. Suv bug'lari holatida bu o'zgarish deyarli 0% dan 4% gacha, CO uchun esa2 0,02 dan 0,04% gacha o'zgarib turadi. Energiya troposferada oqadi, havo massalarining notekis qizishini keltirib chiqaradi, ularni harakatga undaydi. Shunday qilib, shamollar hosil bo'ladi, bu ularning differentsial isishi tufayli havo massalarining siljishi. Shunday qilib, havo massasi qizdirilganda u kengayadi va ko'tariladi, uning o'rnini yaqin atrofdagi havo massalari egallaydi. Ushbu konvektsiya jarayoni (shamollarning aylanishi jarayonida issiqlikni bir havo massasidan boshqasiga o'tkazish), sayyoradagi haroratni tartibga soladi. Shu bilan birga, bu okeanlar, daryolar va ko'llardan suvning bug'lanishi, shuningdek, tirik mavjudotlarning transpiratsiyasi bilan bog'liq. Suv bug'lari havo massalari bilan ko'tarilganda, ular tropopozaga ko'tarilib, bulutlar va yomg'ir hosil qiladi Adabiyotlar 1.Barri, R. va Chorli, R. (1998). Atmosfera, ob-havo va iqlim, London, Routledge. 2.Calow, P. (Ed.) (1998). Ekologiya va atrof-muhitni boshqarish ensiklopediyasi. 3.Kump, L., Kasting, J. va Kran, R. (1999). Yer tizimi, Nyu-Jersi, Prentis-Xoll. 4.Mederos, L. (2018). Meteorologiya. Meteorologiya asoslarini tushunish uchun kitob. Tahrirchi. 5.Miller, A. (1976). Meteorologiya. Tahririyat Labor S. A., Kalabriya, Barselona. Download 39.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling