Bir pushtali daraxtzorlar atmosfera havosini 10% ga, ikki pushtali daraxtzorlar esa, 65% ga tozalaydi. Bir gektar o’rmon daraxtlarining barglari atmosfera havosini 2 t ammiakdan va 80 t oltingugurt oksidi (SO2) dan tozalash qobiliyatiga ega. Atmosfera havosini tozalashda tol daraxtlari eng yaxshi tozalagich hisoblanadi. Bir gektar tolzorlar 3-4 gektar sanavbar (sosna) va archazorlarning tozalash qobilyatlarita teng tozalash qobiliyatiga ega. - Bir pushtali daraxtzorlar atmosfera havosini 10% ga, ikki pushtali daraxtzorlar esa, 65% ga tozalaydi. Bir gektar o’rmon daraxtlarining barglari atmosfera havosini 2 t ammiakdan va 80 t oltingugurt oksidi (SO2) dan tozalash qobiliyatiga ega. Atmosfera havosini tozalashda tol daraxtlari eng yaxshi tozalagich hisoblanadi. Bir gektar tolzorlar 3-4 gektar sanavbar (sosna) va archazorlarning tozalash qobilyatlarita teng tozalash qobiliyatiga ega.
- YAshil o’simliklar iflos havoni filtirlaydi, barglari changni ushlab qoladi, havo haroratini pasaytiradi va eng muhimi karbonat angidridi (SO2) ni yutib, fotosintez jarayoni tufayli kislorod ishlab beradi. YAshil o’simliklar, shu jumladan, daraxtzorlar 80% changni va 60% sulfat angidridini ushlab qolish qobilyatiga ega.
Bo’yi 25 metrli 80-100 yoshli bitta buk daraxti soatiga 2 kg SO2 ni yutib, 2kg O2 ishlab beradi. Bir gektar qarag’ayzor 687 t SO2 ni yutib, 18 mln m2 havoni tozalash qobiliyatiga ega. 30 tup archa 10 kishini, 1 gektar archazor esa, 300 kishini sof kislorod bilan ta’minlaydi. Bir gektar archazor katta bir shahar aholisi nafas oladigan havoni tozalashga yetadigan fitonsid fermentini ishlab chiqaradi. Fitonsid fermenti yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi miqroblar va bakteriyalarni yo’qotish xususiyatiga ega. Agar o’rmon havosining 1 m2 da 100-300 ta miqroblar va bakteriyalar mavjud bo’lsa, sanoat korxonalari atrofidagi havo tarkibida ularning miqdori 6000-10000 tani tashkil etishi mumkin. - Bo’yi 25 metrli 80-100 yoshli bitta buk daraxti soatiga 2 kg SO2 ni yutib, 2kg O2 ishlab beradi. Bir gektar qarag’ayzor 687 t SO2 ni yutib, 18 mln m2 havoni tozalash qobiliyatiga ega. 30 tup archa 10 kishini, 1 gektar archazor esa, 300 kishini sof kislorod bilan ta’minlaydi. Bir gektar archazor katta bir shahar aholisi nafas oladigan havoni tozalashga yetadigan fitonsid fermentini ishlab chiqaradi. Fitonsid fermenti yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi miqroblar va bakteriyalarni yo’qotish xususiyatiga ega. Agar o’rmon havosining 1 m2 da 100-300 ta miqroblar va bakteriyalar mavjud bo’lsa, sanoat korxonalari atrofidagi havo tarkibida ularning miqdori 6000-10000 tani tashkil etishi mumkin.
- Archa o’zidan xushbo’y hid tarqatish bilan birga fitonsid fermentini ajratib chiqaradi va havo tarkibini turli miqroblardan yaxshi tozalaydi. SHuning uchun archazorlarning havosi sanoati rivojlangan shaharlarning havosiga qaraganda 200 marotaba tozaroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |