Corporate-invest


Download 27.19 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi27.19 Kb.
#161282

3 – kazus:

Toshkent Moliya institutining biznes va iqtisod fakulteti bitiruvchisi Sadirjonov yangi loyihada ishtirok etish uchun “CORPORATE-INVEST” qo‘shma korxonasiga o‘rindoshlik asosida muddatli mehnat shartnomasi bilan ishga qabul qilindi. Ikki oy o‘tgach Sadirjonov o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi arizani yozdi. Bunga sabab sifatida moliya instituti rahbariyati Sadirjonovning o‘rindoshlik asosida ishlashini cheklaganini aytdi. “CORPORATE-INVEST” QKning ijrochi direktori arizani imzolamadi va Sadirjonovni chaqirib, uning bu harakati odobdan emasligini, mehnat shartnomasi tuzilayotgan vaqtda Sadirjonov kompaniyada to‘liq ikki yil ishlab berishga shartlashilganligini, o‘tgan ikki oy davomida esa Sadirjonov korxona uchun hech qanday foyda keltirmaganligini va ikki oylik muddat faqatgina uni firma ichida o‘qitish va stajirovkaga sarflanganligini bildirdi.

Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, ijrochi direktor Sadirjonovning oldiga quyidagi shartlardan birini tanlashini qo‘ydi, ya’ni u o‘zining arizasini qaytarib olib, loyihada ishlashni davom ettiradi, aks holda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘z xohishiga muvofiq emas, balki ushbu vaziyatda ijrochi direktor qanday asosni (MKning 100-modda ikkinchi qism, 4-band) zarur deb topsa, shu asosda mehnat shartnomasini bekor qilishini aytdi. Bunda mehnat shartnomasining shartlariga muvofiq, xodim tomonidan muddatli mehnat shartnomasini sababsiz muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda 20 million so‘m neustoyka undirishini aytdi.

Sadirjonov esa mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqiga ega ekanligini bildirib, o‘zini mehnatga majburlanayotganligini, shu sababli ish beruvchidan ushbu noqonuniy talablarini to‘xtatishni so‘radi.



Vaziyatni tahlil qiling, taraflarning harakatlariga milliy qonunchilikka muvofiq yuridik xulosa bering.

Avvalo, ushbu kazusni qisqacha mazmunini tushuntirsam, fuqaro Sadirjonov “CORPORATE-INVEST” qo‘shma korxonasiga o‘rindoshlik asosida muddatli mehnat shartnomasi bilan ishga qabul qilindi. Lekin moliya institutining qarshiligi tufayli u shartnomani bekor qilish maqsadida o’z xohishi bilan ariza yozdi. Ammo ijrochi direktor uni charirib olib u ishi odobdan emasligi va u bilan tuzilgan shartnoma 2 yil muddatga tuzilganini aytdi va o‘tgan ikki oy davomida esa Sadirjonov korxona uchun hech qanday foyda keltirmaganligini va ikki oylik muddat faqatgina uni firma ichida o‘qitish va stajirovkaga sarflanganligini bildirdi. Bundan tashqari ijrochi direktor Sadirjonovning oldiga quyidagi shartlardan birini tanlashini qo‘ydi, ya’ni u o‘zining arizasini qaytarib olib, loyihada ishlashni davom ettiradi, aks holda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘z xohishiga muvofiq emas, balki ushbu vaziyatda ijrochi direktor qanday asosni zarur deb topsa, shu asosda mehnat shartnomasini bekor qilishini aytdi. Sadirjonov esa mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqiga ega ekanligini bildirib, o‘zini mehnatga majburlanayotganligini, shu sababli ish beruvchidan ushbu noqonuniy talablarini to‘xtatishni so‘radi. Usbu vaziyatni tahlil qilishdan avval mehnat shartnomasi nima ekanligiga oydinlik kiritsak. Mehnat shartnomasi - xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha ishni ichki mehnat tartibiga boʻysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv. U mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishni taʼminlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi MKda Mehnat shartnomasiningtaraflari koʻrsatilgan. Mehnat shartnomasining bir tarafi - yaʼni xodim sifatida ish beruvchi bilan Mehnat shartnomasituzgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarolari va fuqaroligi yoʻq shaxslar boʻlishi mumkin. Mehnat shartnomasining ikkinchi tarafi - ish beruvchi quyidagilar boʻlishi mumkin: korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida; mulkdorning oʻzi ayni bir vaqtida rahbar boʻlgan xususiy korxonalar; 18 yoshga toʻlgan fuqarolar faqat shaxsiy maishiy ehtiyojlari uchun boshqa shaxslarning mehnatidan foydalanishi mumkin. Mehnat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi shartlari Mehnat shartnomasining mazmuni hisoblanadi. Mehnat shartnomasi yozma shak-lda, bir xil kuchga ega boʻlgan kamida 2 nusxada tuziladi. Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga, 5 yildan ortiq boʻlmagan muayyan muddatga va muayyan ishni bajarish vaqtiga moʻljallab tuzilishi mumkin. Mehnat shartnomasining ayrim shartlari bevosita qonun hujjatlarida nazarda tutiladi.1 Mehnat shartnomasi ikki taraflama tuziladi. Bular : ish beruvchi va hodim. ish beruvchi - korxona, shu jumladan, ularning rahbarlari nomidan korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalari, mulkdor ayni vaqtda ularning rahbari hisoblanadigan xususiy korxonalar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda o‘n sakkiz yoshga to‘lgan alohida shaxslar. Xodim — o‘n olti yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Ushbu kazusda keltirilishicha Sadirjonovning mehnat shartnomasini moliya institutining rahbariyati o’rindoshlik asosida ishlashni cheklaganligi bekor qilgani uchun bekor qilmoqchi bo’ladi. Usbu holatda moliya institutining haqqi bormidi o’rindoshlik asosida ishlashni taqiqlashga? Ushbu holatda institut rahbariyatini o’indoshlik asosida ishlashni cheklashga hech qanday haqqi yo’q edi.O’zbekiston Respublikasining 37 – moddasida har kim mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqiga ega ekanligi belgilab berilgan. Bundan tashqari “O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining o’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risidagi” nizomni tasdiqlash haqida qarorida o’rindoshlik asosida mehnat qilishni cheklaydgan hollar sifatida quyidagilar keltirilgan: o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; agar o‘rindoshlik asosida ishlovchining asosiy ishi mehnatning noqulay shart-sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa, shunday shart-sharoitdagi ishlarda ishlash (sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari bundan mustasno), avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, bir-biriga bo‘ysunuvchi yoki bir-birining nazoratidagi tashkilotlarda davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari - sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarida band bo‘lgan vrachlar va ta’limni boshqarish organlarida band bo‘lgan o‘qituvchilar bundan mustasno.2ushbu holatdan ko’inib turibdiki institute rahbariyatiga bunday huquq berilmagan. Endi asosiy masalaga qatytadigan bo’lsak, bu yerda aqiqattan odobsizlik bo’ladi. Ya’ni Sadirjonov shartnomada 2 yi muddatga ishlab berish sharti bilan tuzgan bo’lsa. Chunki bu yerda korxona ijroiy direkori aytganidek, o’tgan ikki oy uni o’qitish va stajirovka uchun satrflangan. Endi masalaning bosha tomoniga e’tibor beradigan bo’lsak, ijrochi direktor Sadirjonovning oldiga quyidagi shartlardan birini tanlashini qo‘yadi, ya’ni u o‘zining arizasini qaytarib olib, loyihada ishlashni davom ettiradi, aks holda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘z xohishiga muvofiq emas, balki ushbu vaziyatda ijrochi direktor qanday asosni (MKning 100-modda ikkinchi qism, 4-band) zarur deb topsa, shu asosda mehnat shartnomasini bekor qilishini aytadi. Endi ushbu vaziyatni tahlil qilib ketadigan bo’lsak, bu yerda ijrochi direktor xodimning ikki shartdan birini tanlashga majbur qilishga majburlashga haqli emas. Har bir xodim o’zining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli hisoblnadi. Bu holat mehnat kodeksining 97 – moddasida ham keltirib o’tilgan. Ushbu moddaga muvofiq quyidagi sabablarga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin:



  1. taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;

  2. taraflardan birining tashabbusi bilan;

  3. muddatning tugashi bilan;

  4. taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra;

  5. mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra. Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin.

  6. yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‘yicha o‘tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.3

Bundan tashqari mehnat kodeksining 99-moddasida Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilinishi shunday keltirilgan: Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yoki taraflar kelishuvi bo‘yicha belgilangan ogohlantirish muddati davomida xodim bergan arizani qaytarib olishga haqlidir. Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi, bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga muvofiq bekor qilishga esa yo‘l qo‘yilmaydi. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishining imkoni yo‘qligi (o‘quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollar) bilan bog‘liq bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak.4
Masalani boshqa qismiga e’tibor beradigan bo’lsak,ijorchi direktor mehnat kodeksini 100- moddasi ikkinchi qismi 4 – bandi bilan bekor qilishi mumkinligini aytadi. Ushbu moddada 4 – bandida shunday ko’rsatilgan: xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganliginatijasida ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasining bekor bo’lishi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning ro‘yxati: ichki mehnat tartibi qoidalari, korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi. Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi. Yuqoridagi vaziyatga qaraydigan bo’lsak, bu yerda Sadirjonov mehnat vazifalarini qo’pol ravishda buzganiga guvoh bo’lmadik. Enda masalaning boshqa tomoniga qaraydigan bo’lsak, ijrochi direktor Sadirjonovga 20 million so’m miqdorida neustoyka o’lashini aytdi. Neustoyka Muddatli mehnat shartnomasi muddatidan avval tomonlardan binning aybi bilan bekor qilingudek bo'lsa, mehnat shartnomasida nazarda tutilgani holda aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga undirilishi mumkin. Muddatli mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilinganda ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda xodimning neustoyka to‘lashi belgilab qo‘yilishi mumkin5. Mehnat kodeksining 104-moddasida muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka to‘lash holatiga aniqlik kiritilgan unga ko’ra:

Muddatli mehnat shartnomasida uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun taraflarning neustoyka to‘lashi haqidagi o‘zaro majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin, bunga ko‘ra, agar mehnatga oid munosabatlar xodimning aybli xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan asoslar bo‘yicha ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan bo‘lsa, ish beruvchi xodimga neustoyka to‘laydi, agar mehnatga oid munosabatlar xodimning tashabbusi bilan, shuningdek xodimning aybli xatti-harakatlari bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilingan bo‘lsa, xodim ish beruvchiga neustoyka to‘laydi. Agar mehnat shartnomasida neustoykaning miqdori belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, taraflar uni to‘lashdan ozod etiladilar. Neustoykaning miqdori ish beruvchi tomonidan xodimning manfaatlarini ko‘zlab qilingan xarajatlarga, xodim ishlagan davr va boshqa holatlarga bog‘liq tarzda tafovut qilishi mumkin. Xodim to‘laydigan neustoyka miqdori ish beruvchi to‘laydigan neustoyka miqdoridan oshib ketishi mumkin emas. Agar mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 99-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda xodim tashabbusi bilan bekor qilingan bo‘lsa, u neustoyka to‘lashdan ozod etiladi. Taraflardan biri neustoyka to‘lashdan bosh tortsa, uni undirish sud tartibida amalga oshiriladi.6 Ushbu holatga qo’simcha ma’lumot sifatida quyidagi ma’lumotni kiritibb ketsam. Neustoyka to‘lash haqidagi nizolarni ko‘rishda sud quyidagilarni nazarda tutishi lozim: neustoyka to‘lash shartlari taraflarning kelishuviga binoan faqat muddatli mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin, neustoyka miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi va u ish beruvchi tomonidan xodimning manfaatlarini ko‘zlab qilingan xarajatlarga, xodim ishlagan davr va boshqa holatlarga bog‘liq tarzda tafovut qilinishi mumkin, agar mehnat shartnomasida neustoykaning miqdori belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, taraflar uni to‘lashdan ozod etiladilar, xodim to‘laydigan neustoyka miqdori ish beruvchi to‘laydigan neustoyka miqdoridan oshib ketishi mumkin emas. Shu bilan birga mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan neustoykani yuqori qiymatda to‘lashini nazarda tutishi mumkin. Bundan tashari muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin xodimning, shuningdek xodimning aybli xatti-harakatlariga bog‘liq asoslarga ko‘ra, ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan bo‘lsa, xodim ish beruvchiga neustoyka to‘laydi. Muddatli mehnat shartnomasida xodimning neustoyka to‘lash majburiyatining ko‘rsatilishi, muddatli mehnat shartnomasining muddatidan oldin boshqa asoslarga ko‘ra bekor qilinishi g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi. Agar mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinishi haqidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishining imkoni yo‘qligi sababli berilgan bo‘lsa, xodim neustoyka to‘lashdan ozod qilinishiga sudlarning e’tibori qaratilishi lozim.7



Yuqoridagi qonun normalaridan xulosa qiladigan bo’lsak, ijrochi direktor Sadirjonovga meustoyka to’lashini aytdi. Bir tomondan u haq. Chunki mehnat kodeksining 104 – moddasiga asosan hodim tomonidan muddatli mehnat shartnomasini muddatidan avval bekor qilgani uchun ish beruvchiga neustoyka to’laydi. Ushbu modda shartlariga ko’ra neustoyka to’lash miqdori haqida shartnomada keltirib o’tilgan bo’lishi shart. Aks holda ikkala taraf ham neustoyka to’lashdan ozod etiladi. Bundan tashqari mehnat kodeksining 99 – moddasining 5 – qismida nazarda tutilgan hollarda xodim tashabbusi bilan bekor qilingan bo‘lsa, u neustoyka to‘lashdan ozod etiladi. Agar Sadirjonov ushbu moddaning shu qismiga muvofiq ariza bergan bo’lsa, u neustoyka to’lashdan ozod bo’lishi mumkin. Agar “CORPORATE-INVEST” QK va Sadirjonov o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida neustoyka to’lashi kerakligi va miqodori belgilab qo’yilgan bo’lsa Sadirjonov belgilangan miqdorda shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun neustoykani to’lashi shart. Agar shartnomada miqdori belgilanmagan va ijrochi direktor tomonidan kiritilgan miqdor bo’lsa Sadirjonov neustoyka to’lamaydi. Bularning hammasi shartnoma qanday tuzilganiga bog’liq.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi.21.12.1995



Foydalanilgan normativ – huquqiy hujjatlar:


  1. “O’zbekiston Respublikasi oily sudining sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarining qo’llanishi haqida” plenuminig qarori

  2. “O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining o’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risidagi” nizomni tasdiqlash haqida qarori

Foydalanilgan internet saytlar:

  1. www.lex.uz

  2. www.yurida.uz

  3. www.wikipedia.org



1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Mehnat_shartnomasi

2 https://www.lex.uz/docs/2070161

3 https://lex.uz/docs/-142859

4 https://lex.uz/docs/-142859

5 https://lex.uz/docs/-142859#-143683

6 https://lex.uz/docs/-142859#-143683

7 https://lex.uz/docs/-1444779

Download 27.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling