Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
Download 0.88 Mb.
|
Курс иши Radjabov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 15 A -22 guruh talabasi
M U N D A R I J A KIRISH 3 ADABIYOTLAR SHARHI 5 XARAJATLAR VA DAROMADLARNI HISOBGA OLISH 8 Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha va ular hisobini tashkil qilishning huquqiy-me’yoriy asoslari. Xarajatlarni guruhlanishi 8 Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi 12 Korxonaning daromadi turlari 18 XULOSA 29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 31 KIRISHIqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o‘rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Xarajat – bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo‘lib‚ daromadlar va xarajatlar konsepsiyasiga ko‘ra‚ shu davrning o‘zida daromad keltirishi kerak. Xarajatlarga milliy standartlarda quyidagicha ta’rif beriladi: «Xarajatlar –aktivlarning qisqarishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy resurslarning kamayishi, shuningdek daromadlarni olishga oid xo‘jalik sub’ektining odatiy faoliyati natijasida majburiyatlarning paydo bo‘lishidir». Xarajatlarini hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash; chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslas va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; sub’ekt tarkibiy bo‘linmalari ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash; uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik darajasi, ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyasiya moddalari bo‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shubilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxonaresurslari va pul mablag‘larining ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling