Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti


Download 0.88 Mb.
bet8/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1645418
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Курс иши Radjabov

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Misol

AFF = YAF-DX+BD-BZ


Bunda,
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX-davir xarajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ-asosiy faoliatdan ko‘rilgan boshqa zararlar
Mahsulot kontsepsiyasi daromadni xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining natijasi sifatida qaraydi, boshqacha aytganda daromad ma'lum vaqt oralig‘ida mahsulot, tovar va xizmatlarni yaratilgan jarayondir, lekin bunday tarif daromadni tan olish vaqtini ham, uning miqdorini ham aniqlab bermaydi. Biroq, bu kontsepsiyadan muhim bir jihat kelib chiqadi, daromad ishlab topilmagunga qadar tan olinmaydi. Shunday qilib, ushbu kontsepsiya daromadlar tarkibida olingan bunaklar (avanslar), qo‘shishni man etadi. Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi ishlab chiqarilgan Tovar yoki xizmatlarga berilishiga asoslanadi. Daromadlarni tan olishni tadqiq qilishda, ya'ni realizatsiya qilish vaqti deb, qachon yangi qiymat (tushum) tannarxni o‘zgartirsa, quydagi uchta variant kelib chiqadi: -yoki pul mablag‘larining olinishi, yani oldindan to‘lash; -yoki mahsulotlarni ortib junatilishi; -yoki mahsulotlarni omborga topshirilishi. Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi mahsulot va xizmatlarga egalik qilish huquqi xaridorga o‘tmas ekan daromad tan olmaslikni tamnlaydi. Biroq, bu kontsepsiyaning kamchiligi maxsulot yoki xizmatlarni yitkazib bergunga qadar tan olinish man qilinadi. O‘sish kontsepsiyasi mahsulot yoki xizmatlarni yitkazib berish natijasida aktivlarning oqimi yoki majburiyatlarning kamayishi (yoki ularning kambinatsiyasi)ni daromad deb tan oladi. Bu kontsepsiyaning kamchiligi mavjud, bunda daromadni baholash va vaqt bilan bog‘liqligi aralashib ketadi. Italiyalik bugalter Djino Dzappa (1879-1960) "... korxona daromadlari ayon xarajatlar esa shubhali deb etirof etgan. Firma kapitalining qiymati uning daromadiga bog‘liq deb hisoblagan."15 Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy manfaati daromadda mujassamlanadi. V.M. Raimova va I.A. Fedatova ushbu tushunchani quydagicha tahlil etadilar:-" Korxonadadaromadlarning xarajatlardan barqaror ustunligining o‘ziga xos ko‘zgusi moliyaviy barqarorlikdir. U moliyaviy resurslarning shunday holatini aks ettiradiki, bunda korxona pul mablag‘larini bemalol va oqilona ishlatib, ulardan samarali foydalansh yo‘li bilan ishlab chiqarish va maxsulotni sotish
uzluksizligini taminlay oladi". Korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligi esa pul mablag‘larining shunday harakatiki, u birinchi galda daromadlarning kelib tushishi ularni sarflashdan doimo ustun bo‘lishini taminlashi lozim. Shuningdek, uni kengaytirish va yangilash xarajatlarining bozor sharoitida u avvalambor, mahsulot (ish, xizmatlar)ni sotishdan barqaror daromad olishi uchun, maxsulot ishlab chiqarishni oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish, xo‘jalik mexanizimini va faoliyatning barcha bo‘g‘inlarini boshqarish mexanizimini takomillashtirish uchun kundalik ichki xo‘jalik nazoratini hamda alohida jarayonlarning ekspertezasini olib boorish talab etiladi. Daromad tushunchasi haqida respublikamizning bir qator professor olimlari o‘z fikir va muloxazalarini etirof etgan masalan: A.A. KArimov "Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarni qatnashchlarning kapitalidagi omonatlaridan farq qiluvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishdir" 17. deb ta'rif berib o‘tgan. A.K. Ibragimov era daromadlar mazmunini quydagicha izohlagan: "daromad korxona aktivlaridan foydalanish, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga vkorxonaga kelib tushgan tushumdir. Daromadlar korxonada ushbu jarayonlar bilan bog‘liq malum turdagi xarajatlarni vujudga keltiradi" diya takidlab o‘tganlar. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromadlari hisobini yuritishda asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakillanishi BHMS No2-sonli "asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan olinadigan daromadlar" bilan tartibga solinadi. Milliy standartga asosan asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati daromadi vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi". Demak asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan
olinadigan daromad xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uning schyotiga kelib tushadigan yalpi tushumlardan yoki olinishi mumkin bo‘lgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undirib olinadigan, xo‘jalik yurituvchi subyektga kelib tushadigan va xususiy kapitalning ko‘payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar summasi asosiy xo‘jalik faoliyati daromadiga kiritilmaydi. Tovarlarni realizatsiya qilishdan va xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan daromad subyektlar o‘rtasida shartnomada ko‘zda tutilgan sotish narxlari bo‘yicha aniqlanadi. Bitimdan kelib chiqadigan daromad summasi olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlari summasidan subyektga o‘tib beriladigan savdo chegirmalari summasi yoki narxlarni tushirish xajmini hisobga olgan holda qiymat bo‘yicha o‘lchanadi. Biroq agar pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlarining tushumi kechiktiriladigan bo‘lsa, bunday holda joriy narxlarda ifodalangan iqtisodiy naf qiymati olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan qiymat pul mablag‘larining nominal miqdoridan kam bo‘lishi mumkin. Bitimlar tuzish natijasida moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘da to‘langan mablag‘ning joriy narxdagi qiymati muqobillashgan foiz stavkasini qo‘llagan holda hisoblagan kelgusidagi barcha tushumlarni diskontlash yo‘li bilan aniqlanadi. Sotish qiymati va olinadigan qoplama (kompensatsiya)ning nominal qiymati o‘rtasidagi farq summasi No2 BHMSning 20 va 21 - bandlariga muvofiq foiz ko‘rinishidagi daromad sifatida tan olinadi. Tayyor mahsulotlar, tovarlarning qaytarilishi, sotish axborotlar narxlaridan chegirmalar to‘g‘risidagi 9000 "asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi" schyotlarda aks ettiriladi. Shuningdek, sotilgan olingan 9010, 9020, va 9030- schyotlar transit schyotlar hisoblanadi, ko‘payishi kridetida, kamayishi debitida aks ettiriladi. 9040 va 9050 schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030 schyotlar summasini korrekterovka qilib turadi. Operatsion faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladilar (9010, 9020, 9030, 9040, 9050) schyotlar bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulot (Tovar), bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha alohida yuritiladi. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgqan daromadni hisobga olishda
daromadni tan olish vaqtini aniqlash asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan daromad xo‘jalik subyektiga kelgusida iqtisodiy manfaat kelish imkoniyati mavjud vaqtda aks etadi, shu bilan birga ushbu manfaat ishonchli va aniq o‘lchanadigan bo‘lishi lozim.

Misol:


"GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJda ushbu schyotlarda sotilgan mahsulotlar va tovarlardan olingan daromadlar qayd qilib boradilar:
Dt - 4000 “Olinadigan schyot(to‘lov)lar hisobga oluvchi schyotlar” Kt- 9000 “Olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling