Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
Download 0.88 Mb.
|
Курс иши Radjabov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. ADABIYOTLAR SHARHI
Kurs ishini maqsadi: Xarajatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va va daromadlarni oshirish ha ularni hisobga olishni amalga oshirish.
Ushbu kurs ishining vazifalari:Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha va huquqiy-me’yoriy asoslari Xarajatlarni guruhlanishi Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi Korxonaning daromadi turlari 1. ADABIYOTLAR SHARHID.Q.Usmanova Buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, SamDU, 2020. -388 bet. Mazkur o‘quv qo‘llanma «Buxgalteriya hisobi» fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Unda Buxgalteriya hisobi va hisobotining konseptual asoslari, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalning hisob va hisobotda aks ettirilish xalqaro hamda milliy standartlarga asoslangan holda ochib berilgan. Oliy o‘quv yurtlarida 5230100 – «Iqtisodiyot», 5111000 – “Kasb ta’limi iqtisodiyot” 5231700 - “Kadrlar menejmenti” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu kitob 9-mavzusi: Xarajatlar hisobi nomlangan. Unda xarajatlar to‘g‘risida tushuncha va ular hisobini tashkil qilishning huquqiy me’yoriy asoslari, xarajatlarni guruhlanishi, egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobni tashkil qilish, xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobiga oid mavzular yoritilgan. S. Yuldasheva, I. Masteyeva, B. Maxkamov “Buxgalteriya hisobi asoslari” «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2007 Mazkur o‘quv qo‘llanma Germaniya texnikaviy hamkorlik tash kiloti (GTZ) hamda Germaniya taraqqiyot banki (KFW) ishtirokidagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta'li mini rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi doirasida ishlab chi qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan axborot-kommu nikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan. Ushbu kitob 9-mavzusi: Xarajatlar hisobi deb nomlangan. Unda daromad olishga xarajatlarning ta'siri, qo‘shimcha xarajatlarni taqsimlash usullari, mahsulot birligiga xarajatlarni taqsimlash tizimlari, buxgalteriya hisobi schyotlarida tannarxni aks ettirish haqida mavzular yoritilgan. R.D.Dusmuratov “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” Toshkent - «Fan va texnologiya» - 2013 Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim yo‘nalishining namunaviy dasturi asosida yozilgan. Muallif buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rolini batafsil bayon etgan va tahlil qilgan. Shuningdek, hisobning ahamiyati va axborotdan foydalanuvchilaming har xiI toifalari uchun taqdim etiladigan ma'lumotlarga batafsil to‘xtalgan. Buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, predmeti va uslubi,balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holdagi yoritilgan. Buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, analitik va sintetik hisobning xususiyatlari kabi o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan masalalar tushunarli va batafsil bayon qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni baholash, kalkulatsiyalash uslublari va ta'minot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga olishning xususiyallarini yoritish muhim o‘rin egallagan. Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati yetarli darajada bayon etilgan. Korxonaning hisob siyosati, buxgalteriya hisobini miIliy va xalqaro standartlarga muvofiq isloh qilish masalalari alohida o‘rin tutadi. Darslikdagi barcha materiallar yangi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, jumladan, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida bayon qilingan. Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.Shuningdek, kitobamaliyotdagi buxgalter-iqtisodchilar, tadbirkorlar va korxona rahbarlari uchun hamfoydali bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Ushbu 9-bobida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulatsiyalash dab nomlangan. Kalkulatsiyalashning mohiyati va ahamiyati, xarajatlarning turkumlanishi KaIkuIatsiyaning turlari, xarajatlar hisobi va kaikulatsiyalash obyektlari, kalkulatsiya birligi va kalkulatsiyalash bosqichlari, xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalash usullari mavzulari to‘liq yoritilgan. Hasanov Bahodir Akramovich, Xashimov Akram Abdievich, “Boshqaruv hisobi” darslik Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, byudjetlashtirish, segmentlar bo'yicha hisob va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo'nalishlariga bag'ishlangan. Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Kitobda rivojlangan davlatlarda qo'llanilayotgan va BMT tomonidan tavsiya etilgan boshqaruv hisobi tamoyillari hamda tashkiliy asoslaridan keng foydalanilgan."Boshqaruv hisobi" darsligi iqtisodiy oliy o'quv yurtlarining shu sohadagi o'qituvchilari, aspirantlari, magistrlari va yuqori bosqich talabalariga mo'ljallangan. Shuningdek, korxona boshqaruvchilari va mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin Ushbu 2-bobi xarajatlarni turkumlash va hisobga olish deb nomlangan. Unda xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi, ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisobga olishni tashkil etish, qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olishga oid ma’lumotlar to‘liq yoritilgan. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling