Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti


Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari


Download 0.88 Mb.
bet4/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1645418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Курс иши Radjabov

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari.


Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) mahsulotning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevositabog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilanshartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita vabilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan
boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. “Tannarxga kiritiladigan xarajatlar tarkibi”.(2- rasm)

Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esaxarajatlarni inventar baholash usuli ham qo‘llaniladi.



    1. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi


Ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning
barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida tayyorlanayotganmahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:

  • mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi

  • korxonalari;

  • qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat,

  • geologiya va loyiha-qidiruv tashkilotlari;

  • xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;

  • ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha ilmiytadqiqot korxonalari;

  • avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari.

Ushbu schyotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling