Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
Korxonaning daromadi turlari
Download 0.88 Mb.
|
Курс иши Radjabov
2.3. Korxonaning daromadi turlariDaromadlar - bu subyektning xo‘jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqqi, foizlar, litsinziya to‘lovlari va devdentlar shaklida foyda keltiradigan faoliyat, ya'ni tovarlarning sotilishi va xizmatlarning ko‘rsatilishi yoki boshqa shaxslarning xo‘jalik subyektning resurslaridan foydalanishi natejasida aktivlarning kelib tushishi yoki majburiytlarning kamayishi orqali ro‘y beradigan iqtisodiy resurslarning ko‘payishidir. Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: 1. Ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga ko‘chirilgan qiymati; 2. Yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (Milliy daromadning) qiymatidir. Barchamizga malumki raqobatdosh iqtisodiyotda tadbirkorlarning ko‘payishi manapoliyaga qarshi kurashning jadal suratlarda o‘sishiga sabab bo‘ladi. Tadbirkorlar foyda olish maqsadida yangidan yangi tovarlarni ishlab chiqarish yohud yaratishga intiladilar, bu esa kelajakda o‘zimizda import o‘rnini bosuvchi tovarlarni ko‘paytiribgina qolmay jaxon bozoriga chiqish va yurtimizni savdo sanoat bo‘yicha jaxonga tanitish imkoniyatini bersa ajabmas. Bunda bizdan talab qilinadigan narsa asosiy faoliyatimizni haqiqatdan ham talab yuqori bo‘lgan va bozorda tez sotiladigan umuman jaxon uchun eng kerakli va muhim hisoblangan tovarlarni mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish bilan bog‘lashimiz zarur. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar yaratib qo‘yilgan. Asosiy (operatsion) faoliyat bu korxona tashkilotning odatdagi faoliyati hisoblanib u xo‘jalik yurituvchi subyektning doimiy faoliyat turi hisoblanadi va ushbu faoliyat yuzasidan olingan daromadlar asosiy (opiratsion) faoliyatdan olingan daromadlar deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 20 avgustda 41 son bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 avgustda 483-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan "O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti" 2-son BHMSda asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlarga quydagicha tarif berilgan: Xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlar operatsion faoliyatdan daromadlar sifatida izohlanadi. Mahsulot sotishdan olingan yalpi tushum summasidan sotilgan maxsulot tannarxi summasini chegirib tashlasa, maxsulot sotishdan yalpi foyda yoki yalpi zarar ko‘rsatkichi kelib chiqib mahsulotni uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan yuqoriroq narxda sotishi shart bo‘ladi. Olingan yalpi foyda hisobiga korxonaning operatsion xarajatlari ham, qoplanishi hisobga olinishi kerak. Shuni hisobga olgan xolda hisobotda asosiy faoliyatdan foydani aniqlash uchun mahsulot sotishdan yalpi tushum summasidan operatsion xarajatlar olib tashlanadi. Operatsion xarajatlar tarkibiga mahsulot sotish bilan bog‘liq xarajarlar, mamuriy va boshqa operatsion xarajatlar kiritiladi. Operatsion faoliyat va moliyaviy faoliyat natijalari yig‘indisi xo‘jalik yurituvchi subyektlar umum xo‘jlik faoliyatidan olingan foyda yoki zarar ko‘rsatkichi sifatida aks ettiriladi. Operatsion faoliyatdan olingan daromadlar korxonaning ustavida belgilangan asosiy faoliyatidan olingan daromadlar tushuniladi. "Mahsulot (ish xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tartibi hamda molyaviy natejalarni shakillantirish tarkibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyatidan olingan daromadlari, o‘z navbatida, quydagi guruhlarga ajratiladi: Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda bevosita asosiy bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar Nizomga muvofiq faoliyatdan olingan daromadlar va favqulotda daromadlarga bo‘linadi. moliyaviy Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar deganda qimmatli qog‘ozlar, kiredet va qarzlarni berishdan, valuta operatsiyalaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga dividentlar,royalty, foizlar va ijobiy kurs farqlari ko‘rinishidagi daromadlar kiradi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, inovatsiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy faoliyat daromadlarini samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Islohatlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish, uni moderinzatsiyalash asosida subyektlarning daromad topishi imkoniyatlarini yanada asosiy vazifa qilib belgilandi. Chunki bozor munosabatlari iqtisodiy manfatlarga tayanib, unga daromad topish, foyda ko‘rish orqali erishiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishini taminlash va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishning muxim shartlaridan biri hisoblanadi. Bu maqsadga erishishi uchun esa, eng avvalo iqtisodiyotning barcha sohalarida shuningdek, xo‘jalik yurituvchi cubektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromad manbalarini kengaytirish, rivojlantirish zarur bo‘ladi. Asosiy faoliyatdan olingan daromad (foyda), bu maxsulot sotishdan olingan yalpi foyda bilan davir xarajatlari orasidagi tafovut va asosiy faoliyatdan ko‘rilggan boshqa daromadlarni qo‘shish yoki boshqa zararlarni ayirish orqali aniqlanadi: Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling