Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobni tashkil qilish
Download 0.88 Mb.
|
Курс иши Radjabov
Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobni tashkil qilish.Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. YOrdamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi: turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish; transport xizmatini ko‘rsatish; asosiy vositalarni ta’mirlash; instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish; yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash. Yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisob varaqlar ochilgan: 2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish» hisob varaq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiytannarxi summasi aks ettiriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari– asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlardir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54- sonliqarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat: mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari; ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari; isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari; ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari; ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi; ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi yuritiladigan hisob varaqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlabchiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va «Yordamchi ishlab chiqarishlar» nomli 2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling