Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
Download 0.88 Mb.
|
Курс иши Radjabov
XULOSAIqtisodiyotni moderinzatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy mezoni mulklardan samarali foydalanish tufayli olinadigan daromad bilan belgilanadi. Xo‘jalik yuritishning xozirgi tizimi sharoitida foyda ko‘rsatkichi xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishni talab hamda ehtiyojga qarab ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishi, ya‘ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot foydalanuvchi talabiga javob bera oladigan bo‘lishi, jaxon andozalari talabi doirasida ishlab chiqilishi, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, ishlab chiqarish xaridor uchun xizmat qilishi lozim. Demak, asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir. Xo‘jalik hisobini muhim tamoyili xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘la mustaqillikka erishuvi va xarajatlarini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplashidir. Demak bu , xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahsulot sotishdan olgan mablag‘idano‘zining hamma xarajatlarini qoplaydi va undan tashqari daromadga ham ega bo‘ladi. Yuqoridagi omillarni bartaraf etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektda sof foyda miqdorini ya‘ni daromadning ko‘payishiga olib keladi. Oziq ovqat sanoati mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotini yitakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Iqtisodiyotimizning real sektorini moderinzatsiya qilish, texnik texnologik qayta jixozlash hamda ishlab chiqarishni dversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJning daromad manbalarining yildan – yilga salmog‘ining oshishiga olib kelmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar operatsion faoliyat daromadlari buxgalteriya hisobini amalga oshirishda xalqaro buxgalteriya hisobini standartlaridan samarali foydalangan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar tizimiga o‘tilishi yangi tizimning amaliyotga tadbiq qilinishi operatsion faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga olishda yangicha yondashuvni keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida mazkur yunalishni yanada chuqur tadqiq etishni talab qiladi. Yuqoridagi tahlil natijasida №2 BHMSga asosanhisob tizimini yuritilishini va №18 BHXS tahlili ko‘rib chiqildi. Mazkurstandartlarning farqli jihatlari shundaki, xalqaro hisob standartlarida schyotlar tizimida raqamlar ishlatilmagan holda faqatgina standart nomlaridan foydalaniladi. Xalqaro standartlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda operatsion faoliyatdaromadlari hisobi mahsulot qachonki buyurtmachiga borib yitgandagina daromad sifatida tan olinadi. Shuni takidlab o‘tish joizki, bugungi kunda respublikamizdaMHXS ning xo‘jalik yurituvchi subyektlarda joriy qilingan operatsion faoliyat daromadlarining oshishiga, xorijiy investorlarni jalb qilish yo‘nalishlarini takomillashishiga, qulay ishbilarmonlik muhitining yuzaga kelishiga olib keladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling