Atmosferaning tuzilishi va tarkibi Atmosferada kechadigan fizik kimyoviy jarayonlar. Havo muhitining ifloslanish oqibatlari


Atmosferada kechadigan fizik - kimyoviy jarayonlar


Download 28.77 Kb.
bet4/6
Sana09.01.2022
Hajmi28.77 Kb.
#268044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ekalogya Rustambek

. Atmosferada kechadigan fizik - kimyoviy jarayonlar «Issiqxona effekti» hodisasi. Bir qator mikrogazlar yerning issiqlik muvozanatining o'zgarishida muhim rol o'ynaydi va yer yuzida asta-sekin haroratni oshib borishini xarakterlovchi «issiqxona effekti» deb ataluvchi hodisani sodir qiladi. Bu hodisaning sodir bo'lishida asosiy o'rinni egallovchi gazlar yorug'lik nurlarini o'zidan o'tkazib yuborsa-da, infraqizil nurlarni tutib qoladi. Quyosh nuri atmosfera orqali o'tib, yerning yuza qatlamini isitadi va yer o'zidan issiqlik hamda infraqizil nurlarni qaytaradi. Atmosferadagi «issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlar miqdorining o'zgarmasligi natijasida yerning issiqlik balansi doimiydir. Agar ularning konsentratsiyasi havo tarkibida oshib borsa, shunga monand ravishda harorat balansi ham o'zgarib, yer yuzasining isishi sodir bo'ladi. «Issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlardan 3 tasi, ya’ni uglerod qo'sh metan va suv bug'lari eng ko'p ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan ularning konsentratsiyalari biosferaga antropogen ta ’sirlar natijasida tez oshib boradi. Issiqlik nurlarining «soya solish» xususiyati metan va ayniqsa, azot gemoksidi molekulalarida yuqori, ammo uglerod qo'sh oksidi molekulasida bu xususiyat nisbatan past. Uglerod qo'sh oksidi atmosferaga organik yonilg'ilarni - neft, gaz, ko'mir, o'tin boshqa yonilg'ilarning yonishi hamda organizmlarning nafas olishi hisobiga chiqariladi. Bunday mikrogazlar oqimi bo'lib dunyo okeanlari ham xizmat qiladi. Dunyo okeanlari suvining tubida yotqiziqlar ko'rinishida to'planadigan karbonatlar shular jumlasidandir. Uglerod qo'sh oksidining katta qismi fotosintez jaiayonida hosil bo'ladi va yangi hosil bo'lgan organik birikmalar tarkibiga kirib birikadi. Ozon qavatining yemirilishi. Ozon qavatining yemirilishi haqida olimlar 50-yillarning boshida ogohlantirishgan edi. Uning yemirilishi yuqori tovushli samolyotlar tashlaydigan azot oksidlari bilan bog‘liq degan fikrni ilgari surganlar. Ammo 1974- yilga kelib ozon ekranidagi «teshiklar» sun’iy kimyoviy birikmalar - ftor-xlor uglerodlar (FXU)ning ta ’siri natijasi ekanligi aniqlandi. Bu gazlar parfyumer sanoatida, sovutkich qurilmalari, kondensionerlar va o‘t o‘chirish vositalari ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Yer sharining har qanday regionidan atmosferaga tashlanadigan FXU butun atmosfera bo‘ylab tarqaladi va Antarktida ustida o ‘ziga xos ma’lum bir chegaralangan qutb girdobiga tushadi. Bu holat yopiq qozonni eslatib, butun qish va bahor fasllari davomida havo massasining almashinuvi sodir bo‘lmaydi va ozonning yemirilishiga ham hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Hozirgi kunda Antarktidadagi ozon teshigining yuzasi AQSH hududiga teng bo`lgan maydon o‘lchamiga yaqinlashgan. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, 1978- yildan 1984-yilga qadar ozon miqdori 3 % ga kamaygan. Antarktida ustidagi ozon qatlami tezlik bilan yemirilmoqda va hozirgi vaqtda uning qalinligi 1960-yillardagiga nisbatan 2 marta kamaygan. Yuz minglab zavodlar mo‘risidan chiqayotgan gazlar ozon qatlami qalqonining teshilishiga sabab bo‘lmoqda. Agar butun dunyodagi mamlakatlar havoga tashlanayotgan bunday zarar keltiruvchi moddalar chiqishini to‘xtatib qo‘yganda ham, ular atmosferada bir necha yil saqlanadi. Erkin holdagi xlor miqdori atmosfera qatlamlaridagi ozon teshigi mintaqasidan 100-400 marta katta. Ozon qavatining yemirilish muammosini hal etish maqsadida 1965-yilda «Ozon qavatini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasi imzolangan. 1987-yilda Monreal konferensiyasi bo‘lib, unda 56ta davlatdan vakillar qatnashdilar. Konferensiyada ozon qavatini yemirilishga olib keluvchi zararli frionlarni ishlab chiqarishni 50% ga kamaytirish, ularni xlorsiz moddalar bilan almashtirish, ftor va aerozollarni qo`llashni taqiqlash, uning o‘rniga boshqa ekologik jihatdan toza gazlardan foydalanish kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi va bayonnomalar imzolandi. MS «Toshkent» stansiyasida 1993-yilning noyabr oyidan boshlab kuzatish olib boriladi va olingan ma’lumotlar har kuni Sankt-Peterburgdagi markaziy observatoriyaga jo‘natiladi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad, xalqaro tizimda ma’lumotlar almashinuvidir. Qolgan stansiyalardan olingan ma’lumotlar yig‘iladi va 0‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tekshirish institutida tahlil qilinadi. Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, Toshkent ustida OUM 1989-yilda 10-12 %ga kamaygan. OUM fasllarga qarab o‘rganilganda uning kamayishi kuz faslida sodir bo‘lishligi aniqlangan. Markaziy Osiyo tog‘landa ozon qatiamining yemirilayotganligini Meteor-3 rusumli sun’iy yo`ldoshga o‘rnatilgan «TOMS» apparati ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. Ozonning minimumi Pomirda, ehtimol, Hindiqush va Himolay tog‘larigacha cho‘zilgan bo‘lishi mumkin. Respublikaning 8 ta sanoatlashgan shaharlarida kimyoning «nam» usulida yer yuzasidagi toksik ozonni kuzatish ishlari olib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra ozon miqdori 0,006 dan 0,056 gacha o ‘zgarib turadi. Shu bilan birga ozon konsentratsiyasining har yili 1-4 % ga oshayotganligi kuzatilmoqda. «Fotokimyoviy smog». «Smog» so‘zi birinchi marta 1905-yilda ishlatilgan bo`lib, uni ingliz tilidan tarjimasi tutun ma’nosini beradi. Sanoat korxonalari va transport vositalaridan ajralib chiqayotgan gazlar tufayli havoning og‘irlashib, sarg‘ayib tuman hosil bo`lishi kuzatiladi. Smog hosil bo`lganda havoda juda yomon qo`llansa hid paydo bo‘ladi. Uning miqdori qancha ko‘p bo`lsa, odamlar o‘zini shuncha yomon his qiladilar. Bunday hodisa birinchi marta Londonda kuzatilganligi sababli, u «London smogi» deb atalgan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, London smogining hosil bo‘lishida S 0 gazi asosiy rol o‘ynaydi. Smog vaqtida uning atmosferadagi konsentratsiyasi 5-10 mg/ m3 va undan ortiq bo‘lgan. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, qayerda oltingugurtga boy yoqilg‘ilar ishlatilsa, o‘sha joyda smog hosil bo`lishi ortadi. Smog hosil bo‘lish sabablarini o‘rganish natijasida shu narsa ma’lum bo`ladiki, yilning issiq kunlarida va kuzning dastlabki oylarida London smogidan farq qiladigan boshqa xil smoglar hosil bo`lishini kuzatish mumkin. Bunday smog birinchi marta AQSH ning Los-Anjelos shahri tepasida kuzatilganligi sababli, uni «Los-Anjelos» smogi deb ataladi. Bunday smog quyosh nuri ta’sirida yuz berganligi ma’lum bo`lgandan keyin unga «fotokimyoviy smog» deb nom berildi. Keyingi yillarda sanoat korxonalarini va katta transport yo‘llarini shaharlar tashqarisiga chiqarilganligi sababli London smogining hosil bo`lishi ancha kamaydi. Ammo hozirgi bir vaqtda dunyoning deyarli hamma katta shaharlari osmonida fotokimyoviy smogning hosil bo`lishi ortmoqda. Ma’lumki, London smogi hosil bo`lishida asosiy rolni S 0 2 va sanoat korxonalaridan chiqayotgan har xil chiqindilar o‘ynasa, bu smogning hosil bo'lishida asosiy rolni har xil fotooksidantlar, ya’ni oksidlovchilar o'ynaganligi sababli, uning hosil bo'lishida uni hosil qiluvchilar orasida ikkilamchi jarayonlar ketib, bu jarayonlar natijasida hosil bo'lgan moddalaming zaharliligi dastlabki moddalarga nisbatan bir necha marta ortib ketadi. Yana shunisi ham xarakterliki, fotokimyoviy smogni hosil qilishda ishtirok etadigan gazlar konsentratsiyasi London smogini hosil qiladigan gazlar konsentratsiyasidan ancha kam bo'lishi ham mumkin. Fotokimyoviy smog davrida havoning rangi ko'k-sariq rangga kiradi. Havoning hidi qo'lansa bo'lib qoladi va ko'rinishi keskin yomonlashadi. Fotokimyoviy smog sharoitida kishilarning hid sezish va ko'rish a’zolaridan suyuqlik ajralib chiqishi tezlashadi. Yuqori nafas organlarining faoliyati buziladi. Agar odamda doimiy davom etadigan bronxial astma va bronxit kasalligi bo'lsa, ular bunga juda sezgir bo'lib, deyarli doimo fotokimyoviy smog davrida takrorlanadi. Ko'pincha uy hayvonlari, it va mushuklarning o'limiga sababchi bo'ladi. O'simliklar zararlanib, dastlab barglarida suv to'planishi tufayli shishadi, so'ngra qovjirab quriydi. Fotokim yoviy smog imoratlarga ham salbiy ta’sir ko'rsatadi. Ularning temir-beton konstruksiyasi qismlarini yemiradi. Bo'yalgan joylaridagi bo'yoqlar yoriladi. Rezina va sintetik materiallar ishdan chiqadi. Transport qatnovi qiyinlashadi. Bunda o'z-o'zidan shunday savol tug'iladi, xo'sh, fotokimyoviy smogning hosil bo'lishida asosiy rolni nima o'ynashi mumkin? Kimyogarlar, mediklar va boshqa mutaxassislar kutilmaganda fotokimyoviy smogni kelib chiqishida asosiy rolni ilgaridan o'zining davolash hossalari bilan m ashhur bo'lgan, sog'liqni saqlash va boshqa davolash m uassasalarida foydalanib kelingan ozon bo'lib chiqdi. Ozonning zararli hossaga ega bo'lib qolishining sababi shundaki, uning konsentratsiyasi fotokimyoviy smogning hosil bo'lishida odatdagidan bir necha marta ortishidir.


Download 28.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling