Islomdagi oqimlar
Download 100.22 Kb.
|
din 55
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shialik
6-mavzu.ISLOM TALIMOTI Reja
1.islomdagi oqimlar 2.kalom falsafasi 3.tassavuf talimot;tushunchasi, moxiyati,manaviy va poziysa 4.islomda xuquq falsafasi 1.MASHQ 3-TA 1.SHIALIK 2.XORIJIYLIK SUMIYLIK
1. Shialik — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Sh. 7-asr oʻrtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo boʻlgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia soʻzining toʻliq shakli "shi’at Ali" ("Ali partiyasi") boʻlib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yoʻnalishga aylangan. Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan boʻlsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli oʻziga xos jihatlar paydo boʻldi. Buning natijasida Sh. ham mustaqil oqim sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. shahrida musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari) hukmron boʻlish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning taʼlimotiga koʻra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida oʻtadi. Imomlik paygʻambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanadi. Sh.ka koʻra, paygʻambar vafotidan keyin xalifalikka haqli kishi Ali boʻlgan, Abu Bakr, Umar va Usmon esa bu huquqni undan zoʻrlik bilan tortib olishgan. Sh. tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qurʼonni ilohiy deb eʼtirof etadi, lekin ularning ayrim oʻta reaksion ruhdagi vakillari xalifalar davrida Qurʼonning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Sh. ilohiyotchilari Qurʼonning mazmunini majoziy sharhlash orqali oʻz taʼlimotlarini asoslaydi. Ular faqat Ali va uning avlodlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan iborat toʻplam tuzilib, u axbor deb atalgan. shahrida 8 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi. Bular — tavhid (Allohning yagonaligini eʼtirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi), nubuvvat (paygʻambarlik), imomat (imomlik — imomlar hokimiyatini eʼtirof etish), Amri maʼruf (yaxshilikka buyurish), Nahyi munkar (yomonlikdan qaytarish), tavallo (Alloh doʻstlarini doʻst tutish), tabarro (Alloh dushmanlaridan uzoqlanish). shahrida Ali va uning avlodlaridan iborat oʻn ikki imom hokimiyati tan olinadi. 874—878 yillar orasida 7—9 yoshida bedarak yoʻqolgan 12imom Muhammad al-Mahdiyni shialar "yashiringan" hisoblaydi, zamona oxir boʻlganda uning qaytib kelishini va adolat oʻrnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). shahrida 12 imomlik (isnoashariya) Ali ibn Abu Tolibdan boshlanib, uning Fotimadan boʻlgan oʻgʻillari Hasan va Husaynga oʻtadi va Muhammad al-Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun shahridagi isnoashariylar firqasi "oʻn ikki imomni eʼtirof qiluvchilar", deb nomlangan. Isnoashariylarning baʼzilari Alini Paygʻambardan afzal deb eʼtiqod qiladilar hamda Ali va uning 11 avlodi insonlarga rizq berib turadi, deb hisoblaydilar. Ular ning fikricha, Ali va uning avlodlari Paygʻambardan keyingi Allohning hujjatlaridir. Ularning buyruqlari, taqiqlari Paygʻambarning buyrugʻi, taqiqidir, ularga itoat qilish — Paygʻambarga itoat qilishdir, ularga boʻysunmaslik — Paygʻambarga isyon qilishdir. Ularning jasadlari nuroniyliklari sababli qabrlarda chirimaydi yoki baʼzilarining eʼtiqodiga koʻra, osmonga koʻtariladi. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf shahrilarida joylashgan Sh. imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. shahrida 1 ta diniy-huquqiy mazhab — jaʼfariylik mavjud. Shialar imom Husaynga motam tutadi, "shaxseyvaxsey" deb nom olgan motam yurishlari oʻtkazadi va h.k. Oʻrta asrlarda Sh. ichida ixtiloflar yuz bergan, natijada koʻp firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va boshqalar hozir ham mavjud. Sh. hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblandi. Iroq, Suriya, Livan, Afgʻoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka eʼtiqod qiladi. Samarqand va Buxoroda shia jamoalari mavjud. 2. — islomdatn ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar oʻrtasidagi kurash davomida 7-asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali Muoviya tarafdorlari (ummaviylar) bilan muzokara olib borishga koʻngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarining oʻrtasida norozilik tugʻdirgan. Qoʻshinning bir qismi (12 ming kishi) Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib chiqqan va keyinchalik Aliga ham, ummaviylarga ham bab-baravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh tarafdorlari X. deb nom olgan. X. harakati arablar tomonidan boʻysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arabmusulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular oʻzlarini haqiqiy musulmon deb hisoblagan. X. "dindan qaytgan" deb eʼlon qilingan siyosiy va gʻoyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz boʻlgan. X. taʼlimotiga koʻra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga boʻysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli boʻlsa ham) xalifa boʻlib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan boʻshatiladi va hatto qatl etiladi. X. fikricha, eʼtiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. Eʼtiqod, gunohkor kishilarni jazolash masalalarida X. murjiʼishshrta qaramaqarshi turgan. Keyinchalik X. bir necha mayda guruhlarga boʻlinib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar 7—9-asrlarda X.ga qarshi keskin kurash olib bordi. Buning natijasida X.ning koʻpi qirib tashlandi, qolganlari Shim. Afrikada oʻz davlatini vujudga keltirdi. X. xalifalikdagi koʻpgina qoʻzgʻolonlar (Zanjilar qoʻzgʻoloni, Abu Muslim qoʻzgʻoloni va boshqa qoʻzgʻolonlar)da qatnashgan. Hozirgi davrda X.ning ibodiylar firqasi magʻrib mamlakatlarida (Jazoir, Tunis va boshqa mamlakatlarda), Ummon, Tanzaniyada uchraydi 3. Download 100.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling